O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə61/69
tarix28.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#103404
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Motiv – ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi
sabab.

Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.

Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining
avtomatlashgan usullari.


Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadigan fan.


Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo’lib, inson
shaxsini mehnat sub'ekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shartsharoitlari,
yo’llari va usullarini ilmiy jihatdan o’rganadi.

Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga
qaratilgan maqsadli faoliyat.


Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo’lib, mehnat egasining kasbiy
tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus
xususiyatlari bilan belgilanadi.

Mehnat sub'ekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o’zgartirishga
layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.


Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir-biriga ta'sir etishi.

Melanxolik - temperament turlaridan biri bo’lib, psixik faollikning sust, tez
ta'sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta'sirotga
berilishi bilan xarakterlanadi.

Monologik nutq – bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda
ifodalash nutqi.


Monolog – ma'ruzachi tomonidan nutq so’zlanishi, ma'ruzachi aktiv,
tinglovchi passiv bo’lgan jarayon.


Mobil shaxs - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish
imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.


Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi
turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqyeni namoyon qilishi.


Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular
orasidagi munosabatlarning o’zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko’zda
tutilishi.

Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa
shaxsga yo’naltirilishi.


Nizolar – o’zaro ta'sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi,
bunda fikrlar, pozitsiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.


Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko’ra farqlari:
shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo’lish xususiyatiga
ko’ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqye yoki darajaga ko’ra: vertikal va
gorizontal; yo’nalishiga ko’ra: destruktiv va konstruktiv.


Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya'ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi
bosqichlar.


Nizo hal etish yo’llari – komromiss, ya'ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan
chekinish; orqaga surish; qochish.


Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo’lib, faoliyat bajarish jarayonida
uzoq xotiradan vaqtincha foydalaniladi.


Oila – turmush qurish, qarindosh-urug’chilik asosidagi kichik guruh.

Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi
bo’lib, uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar
ko’rinishida aks ettirishdan iborat.

Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar,
xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi jarayon.

Psixologiya – odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’uhissiyot
va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə