O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə62/69
tarix28.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#103404
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga
aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat'iylik, tirishoqlik
v.b.) shaxslarda ma'lum darajada barqaror bo’lib, ularning muayyan xususiyatiga
ham aylanib qoladi.


Pilotaj tadqiqot – tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy
tadqiqotgacha o’tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.


Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini
aniqlovchi va o’lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.


Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy
tomondan o’rganishning asosiy yo’l-yo’riq va usullari.


Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish
usullarini qo’llash jarayoni.


Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo’llash tizimi. U turli
sohalarda diagnostika, konsultatsiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.


Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi o’z muammolarini yakka
tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.


Polilog – guruh ichidagi munozara bo’lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi
kuzatiladi.


Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok
etishga qaratilgan jarayon.


Professiografiya - mehnat sub'ektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni,
vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o’zaro munosabati va bog’liqligini o’rganish
va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.

Professiogramma - kasbning turli ob'ektiv xarakteristikalarining tasnifi.

Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.

Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o’tish va moslashish
imkoniyatining past darajada kuzatilishi.


Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida
mavqye, martabaning inobatga olinishi


Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi
imkoniyati.


Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o’ziga yaqin tutgan
guruhi.

Sangvinik – temperament turlaridan bo’lib, chaqqon, harakatchan,
taassurotlari tez o’zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik
xislatlari bilan xarakterlanadi.

Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan
muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga
qaratilgan xizmatlari turi.

Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va
yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo’lishi.


Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o’zaro
munosabatlarni o’rganishga qaratilgan fan.


So’rov – asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita
yoki bavosita ma'lumot olinadi.


Ta'lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta'lim tizimda qobiliyati,
iqtidori, iste'dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat
turi.

Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo’llaniladigan metodlardan
biri bo’lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.


Tushuncha – narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta
so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.


Tushunish – biror narsaning ma'nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati,
asosiy erishilgan natijasi.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə