O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə31/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Bilimlarni egallash bosqchlari bilimlarini qo`llash

mustahkamlash

anglab etish

idrok etish


89.Agar ta’lim-tarbiyada maqsad talabalarni asl xayotga tayyorlash bo‘lsa , bunda o‘qituvchilar darsni bir test bilan tugatib qo‘ymasdan yanada yaratuvchan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Tabiiyki, bu ma’ruza ba’zi o‘qituvchilarga yoqmasligi mumkin , ammo ulg`aygan yoshlarning xayotiga nazar tashlasak, nima ko‘proq muhimi mustahkam bilimmi yoki uning amaldagi ijrosimi?


O‘zlari notug`ri harakatlarini qilib kasblarini yo‘qotishi mumkin. Bilimning harakat bilan bog`liqligidir. Sinf xonaning vazifasi shunchalik muhim.
Ta’limda an’anaviy metodlar o‘z o‘rniga ega. Tushunish uchun metodlar mashaqqatli va yaxshi roq yo‘ldir. Talabalar ijro vazifasini mahorat bilan bajarishlari lozim. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni ular bilishi uchun vazifaning boshida talabalarga rubrikalar beriladi. Harakat vazifasi ikki turda o‘tkaziladi. Vazifaning birinchi turi RAFT akronim ko‘rinishida bo‘ladi.:
R=Rolvakon tekst
A=murojaatdagi audensiya
F=Format
T=Mavzu
RAFT talabalarga ifodaning yaratuvchanlik formasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. RAFT sinf uchun qo‘llaniladi va kerak bo‘lsa turli mavzular keltirilishi mumkin.
Masalan, kirishimli talabalar Ikkinchi Jahon urushini tushunishlari kerak bo‘lsa, RAFT quyidag iholatda bo‘lishi mumkun:
Rol; talabalarning Evropa teatlarida Amerikalik soldatlar bo‘ladi.
Audensiya: uydaota-onavado‘stlar.
Format; voqea tasviri bor matnlar.
Mavzu: 1944 yildan 1945 yilgacha urish maydonidagi shart-sharoitlar.10
4.Ta’limning gnoseologik asoslari. O`quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog`liq.
Gnoseologiya(yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o`rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insongaxos bo`lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqchlariga turlcha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o`quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi. Muhammad al-Xorazmiy (IXasr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo`shgan. U birinchi bo`lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamdaerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko`rinishidaaks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.Abu Nasr Forobiy (Xasr) Kindiy g`oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o`rganadi, o`zlashtirganlarini o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilimlarga yo`naltiradi. Alloma fanlar klassifikasiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishgaoid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo`lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug`ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartgaamal qilish kerak:

  1. fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;

  2. ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;

  3. xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg`ondan ajratish vaxatoni tuzatishni bilishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to`xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikrcha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo`lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o`rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosidaanglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablargaajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo`li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o`zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo`ycha va dorilar ta’sirini kuzatish asosidaaniqlagan.CHex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g`oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi. YA.A.Komenskiyninng tabiatgabog`liqligi haqidagi g`oyasi – g`arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o`quv jarayoniga ta’sirini ko`rsatib berishga urinishlaridan biridir.XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o`rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko`rgan. Olimning fikrcha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo`ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak. Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashi xususiyatini hisobgaolib ekzistensiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagcha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emosional tarbiyalashdir.
Ekzistensializm rasional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko`ra san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi. Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AqSHda, alohida rivojlandi. Uning etakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g`oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.D.Dyui fikrcha, bilish va bilim inson o`z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni engish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko`rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo`li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
Harakatlar pedagogikasi” konsepsiyasi ko`p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko`zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqchni ko`rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlcha yondoshishlar mavjud. Xususan:
1. Sosiologik yondoshish.Unga ko`ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlargaetkazishdan iborat. O`quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo`lgan bilimlarni o`rganadilar. Ta’limning mazmuni o`quvchilarning ajdodlar tajribasini o`zlashtirishgaxizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktikyondashish deb atash mumkin.Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqchlari (o`quv materialini o`rganishni, uni anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo`llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko`ra ta’lim mazmuni o`quvchilar tomonidan bilim egallash bosqchlarining ketma-ketligigaamal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Konsepsiya tarafdorlari bilish yo`lini quyidagcha formulaasosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga vaabstrakt fikrlashdan amaliyotga.
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik ondashish bilimlarni o`zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g`oyalarga tayanadi.
Bu konsepsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo`gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishidaasosiy omil bo`lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog`liq. Unga ko`ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to`la shakllanmagan, lekin o`quv jarayonini qurishgaasos bo`laoladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo`ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so`zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g`oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishgaolib keladi.
XIXasrning 40-yillaridadialektik materializmnazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettiraolishiga imkon berishi zarur degan g`oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g`oyasiga ko`ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o`quvchi o`zlashtirgan bilimlar hajmi o`rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishgaolib keladi. Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo`ymoqda.
2. O`quvchi tomonidan o`zlashtirilgan o`rganishningamaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o`rganishning o`quvchi egallab olishi kerak bo`lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o`rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o`quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog`liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o`quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko`rsatkchlariga namoyon etishi mumkin.
3. O`quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko`zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o`rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo`lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
XXasrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammolarini ham o`rganishda MDH davlatlaridaaksiologik yondashuv ko`zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo`lib, u XIXasrning oxiri XXasr boshlarida shakllangan.
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.SHiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar1.
Hayot, sog`liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go`zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o`zigaxos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g`oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o`tgan. O`zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o`zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibigaolib chiqmoqda.
Insonparvarlik g`oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. SHaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiasoschilari ushbu masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining g`oyalari XXasrning 80-yillarida, pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedagogikasida o`z aksini topdi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o`qituvchi va o`quvchilar) o`rtasida insonparvarlik tamoyiligaasoslangan o`zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o`tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, g`.g`ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o`z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g`oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va“XXI asr ta’limi Konsepsiyasi”asosini tashkil etadi.
Pedagogik hamkorlik mazmuni va metodikasi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o`rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
SHaxsga yo`naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g`oyalar muhim o`rin tutadi:
1. SHaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangcha qarash: bola maktabda – to`la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o`z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g`oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo`lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o`z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o`qituvchi va o`quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o`z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo`lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to`g`ridan-to`g`ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o`quv fanini o`quvchiga emas, balki bolani o`quv faniga yo`naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o`z chigaoladi: materialni o`rtacha o`zlashtiruvchi o`quvchilarga mo`ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko`ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. SHaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o`zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo`lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o`zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag`batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo`lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o`zimga yoqmayman, Men hech narsani bajaraolmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo`nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o`qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishigaolib keladi. O`qituvchining vazifasi har bir o`quvchi timsolida komil shaxsni ko`rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangcha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g`oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabigaaylantirish, o`quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo`yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg`unlikdaolib borish.
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g`oyalar asosida shaxsga yo`naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o`zi o`zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə