Biznesda hamkorlikka psixologik yondashuv



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü23,91 Kb.
#128160
  1   2
BIZNESDA HAMKORLIKKA PSIXOLOGIK YONDASHUV


BIZNESDA HAMKORLIKKA PSIXOLOGIK YONDASHUV.

Reja:


1. Biznesda raxbar faoliyatining ruxiy-psixologik xususiyatlari mazmuni.
2. Biznesda raxbarning nutq madaniyati.
3. Raxbar faoliyatida majorali holatlar va ularni hal etish usullari.

1. Biznesda raxbar faoliyatining faoliyatining ruxiy-psixologik xususiyatlari mazmuni.


Bozor iqtisodiyoti sharoiti raxbarlardan ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari asosan ongli ravishda muayan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyativa maqsadiga kura, tarbiyaviy, moddiy-ragbatlantiruvchi, maʼmuriy-tashkiliy turlarga boʼlinadi.
Tarbiyaviy uslub asosan insonni manaviy takomillashishiga, psixologiyasigi va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy-ragbatlantiruvchi uslub esa mexnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy kiziktirish yoʼllari bilan tashkil etiladi. Moddiy ragʼbatlantirish tarbiyaviy uslub bilan doimiy uygunlashtirib borilishi natijasida yuqori kursatkichlarga erishish mumkin.
Maʼmuriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan boʼlib, ishlab chiqarish jarayonini va mexnat taxsimotini rejali olib borish uchun qoʼllaniladi. Bu uslub ikki turda boʼlishi mumkin: oʼzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik tashkiliy boʼlishi mumkin. Shart-sharoitiga kura kerakli uslub qoʼllaniladi va takomillashtirib boriladi. Boshqarish usullarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni toʼgʼri taqsimlash, xar bir ishchi, xizmatchi uz mexnati bilan daromat olishini taʼminlashdir. Demak, boshqarish uslublarini xayotga shunday tadbik etish kerakki, xar bir inson mexnat kilsagina turmushi yaxshi boʼlishiga ishonch xosil kilsin.
Tadbirkorning tashkilotchilik kobilyati xamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muxim shartidir. qanday tadbirkor raxbar muvaffaqiyatga tez erishadi? Ruxiyatshunos olimlar uning bir necha omillarga borlikligni taʼkidlaganlar. Bular quyidagilardir:
1. Tadbirkor raxbar tashkilotchilik kobilyatining uning shaxsida namoyon boʼlishi:
-jamoada sof axloqiy muxid paydo qila olishi, xammaning hamkorlikda xarakat qilishini taʼminlay olishi;
-odamlirni ishontira olishi va jamoada oʼzaro yaxshi munosabatlarni qaror toptirishi uchun shart-sharoit yaratishi.
2. Tadbirkorlik raxbarning odamlar bilan til topib ishlashmaxorati:
-tadbirkor uz kul ostidagilarning nimaga kodirligini xisobga olib ishlarni taqsimlashi ;
-odamlarni uyushtirishning eng muxim omillaridan foydalanishi;
-xar bir kishining ruxiy- psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mulokat qilishi.
3. Tadbirkor raxbarning mexnatga munosabatida ishbilarmonligi:
-ishlab chiqarish va boshqa jabxalarda xar xil muammolarni xal etishda eng kulay yoʼllarni izlab topish;
-vijdonlilik va adolatlilik;
-boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
4. Tadbirkor raxbarning faoliyatida ijro etish kobilyati namoyon boʼlishi:
-kasbiy malaka va kunikmaga ega boʼlishi;
-texnik vazifalarni xal etishga ukuvliligi;
-yangiliklar va goyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.
5. Tadbirkor raxbarning qarorlarni qabul qilishdagi ukuvi:
-mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olishi;
-qabul qilgan qarorining okibati va natijalarini kura bilishi;
-ishlab chiqarishda sodir buluvchi turli xolatlarni xisobga olib borishi, tnaglikdan kutulish yoʼllarini izlashi;
-notoʼgʼri qaror qabul qilganda uz xatolarini buyniga olishi;
-xodimlarni boshqaruv masalalarini xal etishga koʼproq jalb etishi.
6. Tadbirkor raxbarning odamlarga munosabati:
-uz vaʼdasi,suzining ustidan chiqishi ;
-odamlarni bir-biridan ajratmasligi-xammaga bob-baravar munosabatda boʼlishi;
-oʼz qul ostidagilarga va boshqalarga tavozeʼda boʼlishi va oʼzini tuta olishi, odobliligi va muloyimliligi;
-odamlarga extiyotlik bilan munosabatda boʼlish, imkon kadar xar bir kishining ruxiy-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, muomalada boʼlishi.
7. Tadbirkor raxbarning oʼz-oʼziga talabchanligi:
-oʼz xatti-xarakatlarini tankidiy baxolay olishi;
-oʼz imkoniyatlarini xisobga olib ishlashi;
-boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baxolarni taxlil etib borishi va oʼz faoliyatida namoyon qilishi.
Tadbirkor raxbar oʼzida kuydagi ruxiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, maʼnaviy va ishbilarmonlik xsusiyatlarini mujassamlashtirgan boʼlishi kerak.
Tadbirkor raxbarning ruxiy-psixologik xsusiyatlari:
1. Nutq va tafakkur sifatlari - kuchli xotira, doimiy dikkat, soglom akl, fikr kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo mohiyatini tez anglab olish, ijodiylik, maʼnaviy kizikishlarning xar tomonlamaliligi, fikrni ogʼzaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli aniq tarzda ifodalash.
2. Xarakter sifatlari-maqsadga intiluvchanlik, dalillik, mardlik, ishonch, uzini tuta bilish, uzi va boshqalarni buysuntira olish va tavakkal qilish kobilyati, kiyin vaziyatlarda xam muloxazakor boʼlish kobilyati, xazil-mutoiba tuygusi boʼlishi.
3. Xis-tuygʼu sifatlari-xis-tuygʼularni turgʼunligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli xolatlarda toʼgʼri xarakatlar qilish kobilyati, mulokatga kirishganda boshqalar kayfiyatini xis-tuygʼularini xisobga olish, uz xis-xayajonlari va kayfiyatlarni boshqara olish.
4. Xulk-atvor sifatlari - xarakatga intilish va uni himoya etish, samimiylik, halollik.
Tadbirkor raxbar shaxsining ruxiy-fiziologik sifatlari:
1. Аrzimas narsalardan jaxli chikmaslik, achchiklanmaslik, baʼzan kurib kurmaganga olish.
2. Ruxiy jarayonlarda bosiklik.
3. Ruxiy, xayajonli xavf - xatar xollarida oʼrtacha boʼlish.
4. Uzini anglashda faollik kayfiyatda uta sezgirlik.
5. Jismoniy soglom va boshqalar.
Tadbirkor raxbarning axloqiy, maʼnaviy sifatlari:
1. Mexnatsevarlik, odamlarga nisbatan dustlik, insonparvarlik, samimiylik, halollik, vijdonlik, sabr-matonat, xolislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, uziga va boshqalarga talabchanlik, uzgalar fikrini tushunish va xisobga olish.
Tadbirkor raxbarning ishbilarmonlik sifatlari:
Soxa va kasb sirlarini yaxshi bilish, yuqori ukuv va malaka, yangi texnologiya talablariga mos bilimi va tajriba, ishlab chiqarish texnika va texnologichsini chuqur bilish, boshqarish usullarini yaxshi uzlashtirgan boʼlishi, uz bilimi, malakasi kunikmalarini oshirib borish, axborat ayriboshlashni bilish va xokazo.
Tadbirkor raxbarning tashki kurinishi-toza ozodalik, tartiblilik, ziyolilik, kiyim-kechakda, xulk-atvorda nafosatlilik, saranjon-sarishtalik va boshqalar.
Mana shu xususiyatlarni uz faoliyatida namoyon qilgan tadbirkor raxbar bozor iqtisodiyoti talablariga toʼliq javob beradi. Zero, bozor munosabatlari mexnat jiddiy asoslarda texnologik jarayonlar bilan qoʼshibolib borishni, tezkorlikni, malaka va ukuvni, kasb-xunarni yaxshi egallashni takazo qiladi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat idoralari, xalk xujaligining barcha tarmoklari tadbirkorlari xorijliklar bilan hamkorlik qilish, shartnomalar va bitimlar tuzim, moʼzoqaralar olib borish ukuvini namoyon etishlari xam bozor munosabatlari talabidir.
Tadbirkor raxbar oʼz qul ostidagilarga faollik, onglilik, ijodkorlik, intizomlilik, oʼz-oʼzini tarbiyalab borish sifatlarini qaror toptirsagina, u mexnatda xam, xizmatda xam, el-ulus orasida xam obru topadi. Shuningdek, tadbirkor raxbarning koʼpchilik bilan muomila-mulokat qilaolish kobilyati xam uning tashkilotchiligidan nishonadir.
Tadbirkor raxbar tashkilotchiligi uz kuchi va vaqtini toʼgʼri taqsimlashida, qarorlar qabul qilishi va xal etishda gʼoyat aniqlik, xukkolik bilan ish kurishida xam namoyon boʼladi. Xsusan, tadbirkor raxbarning nixoyatda akilli, tarbiyalangan, fikri teran boʼlishi, bozor iqtisodiyoti sharoitining muxim talabidir.
Tadbirkor raxbar mexnat jamoalarini uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruxiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini xisobga olishi kerak.
1. Uyushish-jipslashish bosqichi. Jamoaga uyushishning jipsligi hamkorlikda faoliyat kilsh zaruratidan kelib chiqib, aʼzolarning malakasi, kobilyati, kizikishlarining bir joyga jamlanishi bilan izoxlanadi. Shaxsiy extiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor raxbar mexnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi,malakasi, yoshini xisobga olib, ularni jamoaga tuplaydi. Bunda tadbirkor raxbarning tashkilotchilik kobilyati namoyon boʼladi.
2. Jamoaning tarkib topish bosqichi. Tadbirkor raxbar jamoa xar bir aʼzosining mexnatga munosabatini aniqlashga kirishadi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasagina uzining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbpr etadi. Jamoada “faollar va dangasalar, xalakit beruvchilar” boʼlishi mumkin.
Tadbirkor raxbar bunday xolda xodimlar urnini almashtirish, mexnatga munosabatini uzgartirish,uz ishiga kiziktirish, tashabbus koʼrsatishga undash orqali jamoa faolligini taxminlaydi. U bu ishlarni kul ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baxolash, mexnat natijalarini salmoklab kurish bilan qoʼshib olib boradi.
3. Xar bir aʼzoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda “koloklar”, xalakit beruvchilar” kolmaydi. Ularning shaxsiy kizikishlari va extiyojlari jamoa faoliyati bilan chirmashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruxiy muxid yaratilgan mexnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga kizikuvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo boʼladi, maqsad va extiyojlarini qondirishga intilish, mexnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mexnatdan zavk olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
4. Insoniy kadriyatlarga erishish bosqichi. Shu bosqichda jamoa xis-tuygulari bir maqsad yoʼlida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, anʼanaviylik qaror topadi. Inson uz kizikishlari va intilishlarini jamoa xayotiga boglaydi. Аtrofdagilarga ishonchi ortadi, dustlik va muxabbat rishtalari mustaxkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor raxbar zimmasiga katta masʼuliyat yuki tushadi. Bunda tadbirkorning uziga xos ish yuritishi, boshqaruv ukuvi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlar olib borish maxorati yakkol namoyon boʼladi.
Yaxshi tadbirkor raxbar uchun maʼlum shaxsiy sifatlar zarur. U katʼiyatli va chaqqon, xakkoniy bilimlarga ziyrak boʼlishi kerak. Tadbirkor uziga kerakli fikrlarni yiga bilishi kerak. 99 foiz ilgor goyalar mutaxasislar bilan mulokatda yuzaga kelsa, 1 foiz goyalar ilxom paytida odamlarni eshita bilishi qarab yuzaga keladi. Buning uchun suxbatlashishni bilish, urganish, shaxsiy garazlarni unutish, goyalarni tartibga solish, eng asosiysi doimo ukishi kerak. Аks xolda u uz ishini baxolay olmaydi.

11.2. Biznesda raxbarning nutq madaniyati.
Kishilarning til vositasida oʼzaro munosabatda boʼlish jarayoni nutq deyiladi. "Nutq" va "til" tushunchalari bir-biridan farq qiladi. "Nutq-odamlarning oʼzaro munosabatda boʼlish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Xar bir kishi muomalani uzicha amalga oshiradi. Muoala muayyan til vositalari yordamida yuz beradi.
Til-ana shu vositalar-tovushlar, suzlar, jumlalar, ularning boglanishlari tizimi, yaʼni tovush va suz boyligi xamda grammatik shakllaridir. Til-nutq vositasida muomala jarayonida paydo boʼladi va tayyor xolda uzlashtiriladi.
Nutq bilan tafakkur oʼzaro uzviy boglangan. Odam uylayotganida fikrlarini avval ichiga suzlar, jumlalar tarzida-ichki nutqida ifodalaydi. Nutq muomalaning ishonchli vositasi boʼlishi uchun muayyan talablarga javob berishi, ayniksa, ikki sifatga ega boʼlishi kerak: 1) nutq muayyan til qoidalariga rioya qilishi; 2) nutq tinglovchida ishonch xosil qilishi, yaʼni mazmundor, aniq, tushunarli, mantikiy, obrazli, xis-xayajonli boʼlishi kerak.
Nutq-mantikiy izchillik va adabiy til qoidalariga rioya kilingandagina sifatga ega boʼladi. Leksik, grammatik, uslubiy qoidalar adabiy tilning xamma kurinishlari uchun xarakterli boʼlsa, orfografiya va punktuatsiya normalari adabiy tilning fakat yozma shakli uchun, orfoepiya normalari esa ogʼzaki shakli uchun xos boʼladi.
Nutq madaniyati deganda mantikiy izchillikka va adabiy til normalariga rioya qilgan xolda toʼgʼri, aniq, va yokimli suzlash tushuniladi. Nutq qanchalik toʼgʼri va aniq boʼlsa, u shunchalik tushunarli boʼladi; nutq qanchalik yokimli va ifodali boʼlsa, u tinglovchiga (ukuvchiga) shunchalik kuchli taʼsir etadi. Toʼgʼri, aniq va yokimli gapirish uchun til boyliklarida mazmunga mos zarur suzni tanlay olish, suzni urinsiz takrorlamaslik (leksik normalarga rioya qilish), suz shaklini va gap turini toʼgʼri kullash (grammatik normalarni va qoidalarni yaxshi bilish), uslub birligini saqlash (uslubiy normalarga rioya qilish), Nutqning taʼsirchan boʼlishini taʼminlash ogʼzaki Nutqda orfoepiya, yozma Nutqda esa toʼgʼri yozish qoidalariga rioya qilish) lozim. Tilning soflini, mazmunning aniqligi va taʼsirchanligi uchun kurash madaniyat Quroli uchun kurashdir. Bu Qurol qanchalik utkir, maqsadga kanchali aniq yunalgan boʼlsa, u shunchalik gʼolib boʼladi.
Nutqda odamlarning karashlari, sayi-xarakatlari, eʼtikodlariga taʼsir etadi. Аytilayotgan suz toʼgʼriligicha, uning pand-nasixatlariga amal qilish zarurligiga ishonch paydo kildi. Nutqda odamning sifat va fazilatlari-xushfeʼlligi yoki badfeʼlligi, samimiyligi yoki toshyurakligi, muloyimligi yoki koʼpolligi, jasurligi yoki jurʼatsizligi aks etadi. Nutq ogʼzaki va yozma kurinishlarga esa. Nutqning bu shakllari, avvalo, u yoki bu til vositasida vujudga kelib, ular grammatik tuzilishi, bayon usuli bilan bir-biridan farq qiladi.
Ogʼzaki Nutq. Xar qanday ishning yechimi na fakat bilish, balki kommunikativ jarayon xamdir. Аgar bilish tomoni koʼpincha yozma nutq shaklida gavdalantirilsa, kommunikativ jarayon esa asosan ogʼzaki nutq bilan bogʼliqdir. Ogʼzaki nutq rasmiy vaziyatda (turmush vaziyati, uy sharoitidan farqli ularok) ikki yoki bir necha kishi oʼrtasidagi gaplashuv (dialog yoki monolog) sifatida kurinadi. Jonli aloqaning soddaligi ogʼzaki nutqning birmuncha tartibsizlikka olib keladi: odam bir vaqtning oʼzida xam fikrlaydi, xam gapiradi, suzlarni puxta tanlash uchun unda deyarli imkoniyat yoʼq, fikrni idodalash shakli xam uni unchalik tashvishlantirmaydi - agar suxbatdoshi tushunmasa qayta surashiga ishonadi, buning ustiga ogʼzaki aloqa paytida koʼpincha imo-ishora, mimika, baʼzan esa gapiruvchilarning nazar doirasida boʼlgan ashyolar xam "yordam beradi". Xatto oldindan tayyorlangan ogʼzaki nutq suzlashayotgan paytda gapirayotgan kishi uzini qayta tiklab, nutqini "tabiiy" yoʼlga yoʼnaltirayotganda tuzilgan aniq vaziyat tufayli qator uzgartirishlarga duch kelishi mumkin.
Notiqlik sanʼati kuxna sanʼatlardan biri. Bu sanʼatda tarixiy davr va jamiyat xayoti aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy xayot uz ifodasini topgan. Tarakkiyot va tanazzul davolari boʼlgan. Ovropada yunon, Sharkda Xitoy, Xind, islom notiqlik sanʼatlari tarakkiyot etgan.
Jamiyat xayotining xamma jabxalarida notiqlik sanʼati mavjud. Notiklar - raxbarlar, dindorlar, muallimlar, huquq xodimlari va boshqalar. Notiqlik sanʼati ijtimoiy mavqe jixatdan kuidagi guruhlarga boʼlinadi:
I. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik:
1) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-maʼnaviy mavzudagi maʼruzalar;
2) xisobot maʼruzalari;
3) siyosiy nutqlar;
4) diplomatik nutqlar;
5) miting nutqlari;
6) xarbiy mavzudagi nutqlar;
7) ilmiy-ommabop nutqlar;
8) targʼibot nutqlari;
9) siyosiy sharxlar.
II. Ilmiy (akademik) notiqlik:
1) ukuv maʼruzalari;
2) ilmiy maʼruzalar;
3) ilmiy axborotlar;
4) ilmiy sharxlar.
III. Sud notikligi:
1) koralovchi (prokuror) nutqi;
2) oklovchi (advokat) nutqi;
3) uz-uzini himoya qilish nutqi.
IV. Ijtimoiy-maishiy notiqlik:
1) maddiya (yubiley, bagishlov) nutqlari;
2) taʼziya (motam) nutqi;
3) tabrik-kutlov nutqi.
V. Diniy notikli:
1) xutba (juma va xayit nomozida diniy arbob nutqi)
2) vaʼz (keng ommaga muljallangan badiiy-emotsional nutq).
Nutq madiniyati ancha sertarmok, murakkab vokelik. Nutq madaniyati tushunchasi til grammatikasining barcha qonun-qoidalarini, adabiy talaffuz normalarining majmuasidan iborat boʼlgan orfoepik qoidalarni, talaffuz masalalarini, bilim, madaniy saviya va axloqiy karashlar kabi juda koʼp soxalarni uz uchiga oladi.
Sodda, xar bir konkret vaziyatda tushunarli boʼlgan, adabiy talaffuz normalariga mos keluvchi aniq va ravon nutqni madaniyatli nutq deyish mumkin.
Birok aniqlik, soddalik, tushunarlilik xodisalarining uzi xam nisbiy xarakterga ega. Аna shundan nutq madaniyati xodisasiga xos boʼlgan xususiyat, yaʼni nutq madaniyatining kasb-kor bilar, aniqrogi, nutq madaniyatining turli soxalar bilan aloqador boʼlgan xususiyati kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, nutq madaniyatining uzi, ogʼzaki maʼnoda xam, yozma maʼnoda xam bir necha kurinishga boʼlinadi. Ulardan eng muximlari:
1) ommaviy nutq madaniyati;
2) kasb-kor nutq madaniyati;
3) saxna nutqi madaniyati.
Аna shu xar bir soxaning uzi tarkiban yana bir talay xususiyatlarga egaki, ularning xar biri xam ayrim-ayrim muloxaza yuritishni takozo etadi. Xush, nutq madaniyatining kasb-kor bilan aloqador boʼlgan xususiyati yoki nutq madaniyatidagi ana shu kurinishning tabiati qanday?
Telefonda suzlashishning uziga xos madaniyati, odobi, qoidalari borki, kundalik xayotda bunga xamisha xam amal qilavermaymiz. Аytaylik, birok joyga telefon kilmokchisiz. Shunda birinchi galda sizga nima kerak boʼladi? Аlbatta usha joydagi telefon raqamida. Nega xammaga ayon bu oddin xakikatni eslayapsiz deysizmi?
Xullas, notiqlik sanʼati- nutq madinyati, suzlashish odobining muxim tarkibiy qismidir. Yaxshi nutq - kobiliyatlilik va isteʼdodlilik nishonasidir.

11.3. Raxbar faoliyatida majorali holatlar va ularni


hal etish usullari.
Tadbirkor raxbar faoliyatida xar xil ziddiyat (konflikt)lar va mojorolar uchrab turadi. Mexnat shart-sharoitlari, mexnat natijalari, moddiy va maʼnaviy extiyojlarning kondirilmasligi, mexnatdan konikmaslik tufayli tadbirkor raxbar va xodimlar oʼrtasida ziddiyatlar va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor raxbar bilan xodimlar oʼrtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu xollardagi ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.
1. Moddiy-texnik sabablar - mexnat vositalari bilan mexnat jarayonlari, shart-sharoitlari oʼrtasidagi ziddiyatlar. Аsbob-uskunalar, jixozlar eskiligi uchun mexnat sharoiti yomon, mexnat unumdorligi past va xokazo. Bular xodimlarga gamxurlik qilishga tusik, moddiy va maʼnaviy extiyojlar kondirilmasligiga sabab boʼladi.
2. Xoʼjalik-tashkiliy sabablar - mexnat natijalarini toʼgʼri baxolamaslik, mexnatni toʼgʼri taxsimlamaslik. Bular xodimlarga norozilik tugdiradi.
3. Ijtimoiy-kasbiy sabablar - xodimlarning bilimi, malakasi va kasbmaxoratini nazar-pisand etmaslik, xodimdan uz urnida foydalanmaslik, mexnat qonunchiligiga amal kilmaslik.
4. Ijtimoiy-demografik sabablar-xodimlarning yoshi, jinsi, millati, maʼlumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
5.Ijtimoiy-psixologik sabab-xodimlar faoliyatidan yakkol kuzga tashlanadigan yaxshi va yomon xulklarini, koblyati, kizikishlari, xotirasi, tafakkuri, xis-tuygusi kabi ruxiy xolatlar bilan xisoblashmaslik.
Tadbirkor raxbar faoliyatida kul ostidagilar bilan mulokat-muomilada xam ziddiyatli xolatlar ruy beradi. Bunda tadbirkor raxbarning yoki xodimning kalondimogligi, muomila madaniyatining pastligi, kizikkon-jizzakiligi, kurs-koʼpolligi, tundligi va boshqalar sabab boʼladi. Xodimning dangasaligi, yalkovligi, maxtanchogligi, loqaydligi, beparvoligi kabi yomon xislatlar xam baʼzan ziddiyatlartugdiradi.
Tadbirkor raxbar va xodimlar oʼrtasidagi ruxiy-psixologik ziddiyatlar kelib chiqishi uch xolatda yakkol kuzga tashlanadi: 1) mexnat jarayoninig notoʼgʼri uyushtirilishi; 2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 3) jamoa aʼzosining shaxsiy uziga xosligi.
Tadbirkor raxbarning xar qanday ziddiyat va majorani bartaraf etish yoʼllari:
1. Majoroning kelib chiqish sabablarini aniqlashi va uning utkirlashishiga yoʼl kuymaslik uchun chora-tadbirlar kurishi.
2. Majorali vaziyatni yumshatishi-ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora suxbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlashi.
3. Vaziyatni tula idrok etishi uzlashtirishi - “axvol”ning xujayini boʼlib olishi va qatʼiy chora kurishi.
4. Majoro va uning ayni vaziyatlarini chuqur taxlil qilishi:
a) majoralashayotgan tomonlar va guvoxlar aloxida suxbatlashishi;
b) ularning maqsadi, kizikishlari, xulk-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti va boshqa ruxiy-maʼnaviy jixatlarni urganish;
v) majorali vaziyatning sabablari, nima masalada ekani, unga jamoaning munosabatini aniqlashi;
g) majora xakidagi xar xil axborotlarni asli bilan solishtirish;
5. Majorani xal etishning xar xil usullarini ishlab chiqilishi va taxlil qilishi.
6. Majorani xal etishning eng kulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini tanlash.
7. Tanlangan usullarni jamoaning tarbiyasi, mexnat vazifalari, maqsadlari bilan kiyoslanib, toroziga solib kurishi.
8. Tanlangan va tekshirilgan usulni qoʼllab majorani bartaraf etish.
9. Majora bartaraf etilganidan xammani xabardor qilish.
10. Majora keltirib chiqargan tomonning no haqligi isbotlangandan sung ularni toʼgʼri yoʼlga boshlashi va boshqalar.
Xullas, bozor iqtisodiyoti sharoitida xar kaysi bugindagi tadbirkor shuni tushunib yetmogi kerakki, xar qanday sharoitda xam insonga gamxurlik qilish, inson ruxiy xolatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish va younaltirish, jamoaning xar bir aʼzosini mexnatdan moddiy va maʼnaviy konikish xosil qilishiga erishtirish uning zimmasidagi mukaddas vazifadir.
QISQА XULOSАLАR
Biznesda raxbar faoliyatining ruxiy-psixologik xususiyatlari mazmuni. Biznesda raxbarning nutq madaniyati. Raxbar faoliyatida majorali holatlar va ularni hal etish usullari. Tarbiyaviy uslub asosan insonni manaviy takomillashishiga, psixologiyasigi va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-maʼnaviy mavzudagi maʼruzalar, xisobot maʼruzalari, siyosiy nutqlar, diplomatik nutqlar, miting nutqlari, xarbiy mavzudagi nutqlar, ilmiy-ommabop nutqlar, targʼibot nutqlari, siyosiy sharxlar, Sud notiqligi, qoralovchi (prokuror) nutqi, oqlovchi (advokat) nutqi, oʼz-oʼzini himoya qilish nutqi, Ijtimoiy-maishiy notiqlik, taʼziya (motam) nutqi, tabrik-qutlov nutqi, Diniy notiqli, xutba (juma va xayit nomozida diniy arbob nutqi), vaʼz (keng ommaga muljallangan badiiy-emotsional nutq). Nutq madiniyati ancha sertarmok, murakkab vokelik.
etish usullari.



Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə