Iqtidorlik haqida umumiy tushuncha Iqtidorlilik borasida falsafiy-tarixiy ta’limotlar Birinchi eksperimental tadqiqotlar



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü34,31 Kb.
#139860
  1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtidorlik haqida umumiy tushuncha Iqtidorlilik borasida falsafi-fayllar.org


Mavzu: Intelektual iqtidorlik


Reja:

  1. Iqtidorlik haqida umumiy tushuncha

  2. Iqtidorlilik borasida falsafiy-tarixiy ta’limotlar

  3. Birinchi eksperimental tadqiqotlar

  4. Intellektual iqtidorlilik

Iqtidor – bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bо‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.

Psixologik lug‘atda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:


  1. iqtidor bu – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning о‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;


  2. iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va о‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;


  3. iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;


  4. iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining о‘ziga xosligi va ularning namoyon bо‘lishi darajalari;


  5. iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.


Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi.


Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bо‘lib, muammoning yoki biron-bir masalaning yechimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat о‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bо‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal kо‘radilar. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni о‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:
  • qiziquvchanligi;


  • nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;


  • erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob о‘qish, matematikaga qiziqishi;


  • yuqori darajadagi bilish faolligi va о‘quv faoliyati;


  • masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;


  • tafakkurning unumdorliligi;


Pedagogik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar — maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida kо‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt о‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib ma’lum bir yо‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bо‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bо‘ladi. Aniq namoyon bо‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat “aktual”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial”qobiliyat deyiladi. Kо‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar (masalan, yosh V.A.Motsart, F.Galton, I.Mechnikov, K.Gauss, N.Vinner, G.Leybnits, V.Gyugo) erta yoshdayoq о‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va aksincha kо‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bо‘lmagan bolalar yetuklik davrda muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga kо‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin.


Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir. Potensial qobiliyat haqiqatdan ham ma’lum bir vaqtgacha namoyon bо‘lmagandir. Balki, ota-onalar pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi о‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari yetmagandir. Yoki aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar, va hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar.
Boshqa, xususiyatlarni esa qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammamizga
xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qо‘yadigan ota-onalar, о‘qituvchilar, oliy о‘quv yurtlari professor о‘qituvchilari, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400 ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi о‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlandi. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim deb hisoblaydi.
Shaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi va faoliyatidagi fazilatlari kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki davlat arbobi bо‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bu savolga javob topish birmuncha mushkuldir. Psixologlar bolaning kelajagini “bashorat” qilish imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin asoslangan prognozlar berishga hali erishilgani yо‘q. Shu bilan birga jahon pedagogika va psixologiyasi sohasidagi tajriba shuni kо‘rsatadiki, bolaning imkoniyatlariga ishonchning pedagoglar va ota-onalarning mahoratiga yо‘g‘rilganligi mо‘jizalar sodir etishga qodir. Ba’zi hollarda hayotda insonga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatdan ham kо‘ra u ana shu xususiyatni qanday rivojlantira olgani muhimdir.
Ulg‘aygan sari bolalarda aqliy salohiyatini о‘sib borishini kuzatish mumkin. Xayotining birinchi 10 yilligida bolalar aqliy faoliyatining eng qiyin davri, kо‘plab yangiliklarni о‘zlashtirish, his-hayajonga tо‘la davr bо‘ladi. Bundan tashqari bolalar yoshligi tufayli nerv sistemasi sezgir bо‘ladi. Hatto oddiy hisoblagan holatlarimiz ham ularning tez qabul qilishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bolalarni iqtidori turli yoshlarda namoyon bо‘ladi. Agar bolaning konkret rivojlanish vaqti о‘tkazib yuborilsa, bu kelajakda uning iqtidorini rivojiga tо‘sqinlik qiladi.
Bola iqtidorini sezgan ota-ona va о‘qituvchilar, bunday bolani e’tiborsiz qoldirmasliklari kerak, chunki kelajakda u о‘zini qandaydir iqtidorini kо‘rsatishi mumkin.
О‘z tengdoshlaridan ilgarilab ketgan о‘quvchilar qiyinchilik kо‘rmaydi, degan xayol notо‘g‘ri, bunday bolalarni uyda va maktabda kо‘p qiyinchiliklar kutadi. Kо‘pincha bolalar ularni aqliy faollashuvi ota– onalarning qо‘rquvi va bezovtalanishiga sabab bо‘ladi, asosiysi bolalarga buni bildirmaslik kerak. Boshqa oilalarda bolalariga berilgan iqtidor ularni yaxshi kelajagini ta’minlaydi. Bolalarni rag‘batlantirishadi va ular bilan g‘ururlanishadi. Bunday bolalarda о‘ziga yuqori baho qо‘yish va mensimaslik holati yuzaga kelishi mumkin. Iqtidorli bolalarni о‘qitishda ehtiyot bо‘lish zarur. Ular atrofdagilarni qо‘llashi va tanqidiga juda sezgir bо‘lishadi. Oila sharoitida ham iqtidorli bolalarni «g‘alatiroq» hisoblashlari mumkin.
Shunday qilib iqtidorli bolalar aqliy salohiyatining boshlang‘ich davridayoq muammolarga duch kelishadi. Ularni nafaqat uyda, balki maktabda ham tushunmasliklari mumkin. Maktabda ularni boshqa bolalar bilan birga о‘qitilishi, achinarlisi ular bilgan, ularga endi qizig‘i yо‘q mavzularni о‘qitilishi zeriktiradi. 1-sinfdan ular о‘qish, yozish va hisobni biladilar, boshqa о‘quvchilar alifbe va hisob – kitobni о‘rgangunga qadar iqtidorli bolalar bekorchi bо‘lib qoladilar. Albatta xammasi pedagog mahoratiga bog‘lik, lekin qanchalik pedagog alohida yondashuv bilan butun sinfga dars о‘tmasin, u kuchli о‘quvchilargagina diqqat – e’tiborini qaratishi qiyin. Aqlli va faol о‘quvchi о‘qituvchining diqqatini berilgan vazifalarni tez va oson bajarishi bilan qaratib, о‘qituvchi va tengdoshlariga og‘irligi tushishi mumkin. Bunday о‘quvchilardan kamroq dars sо‘ralishi kuzatiladi, faolligi kerak emasligini kо‘rgan о‘quvchi boshka predmetlarga chalg‘ishi bilan о‘qituvchining mamnuniyatsizligini keltirib chiqaradi. Bora – bora о‘qishni sevuvchi faol bola maktabda о‘zini ortiqcha sezadi va maktab unga kerakmasdek bо‘lib qoladi. Muammoning sababi, iqtidorli bola bilimga chanqoqligi tufayli kо‘proq ma’lumot olishni va kо‘proq dars о‘zlashtirishni hohlaydi, о‘rta ta’lim maktabi dasturi esa u hohlagan bilimni berishga qodir emas.
Iqtidorli bolalarga alohida yondashilmasa oxir-oqibat о‘rta maktab talabiga javob beradigan bо‘lib qoladi. Natijada uning mustaqil fikrlashi, bilimga chanqoqligi va real imkoniyatlari e’tibordan chetda, talabsiz qoladi.
Odatda, iqtidorli bolalardan, boshqa bolalarga nisbatan kо‘proq talab qilinadi. Bunday bolalarda shu davrda tengdoshlari bilan qiyinchiliklar tug‘ilishi, boshlang‘ich maktabni tugatayotganda boshqa bolalar ularni о‘zlaridan uzoqlashtirib, hatto xafa qiladigan laqablar ham qо‘yishadi, bunday vaziyatda iqtidorli bolalar jamoadan ajralib qolmaslik uchun ulardan ortiqroq bilishi va harakatchanligini kо‘rsatmaydi.
О‘rta ta’lim maktabida о‘qishga halaqit qiladigan iqtidorli bolalarni asosiy kо‘rsatgichlaridan biri ular uchun berilgan oddiy vazifalarni bajarmasligi va о‘qishga qiziqish yо‘qligidir. Bunday bolalar о‘zlari bemalol о‘zlashtiradigan mashg‘ulotlarni kimdir boshqarishini hohlamaydilar, hatto boshqarilsa xafa ham bо‘ladilar.
Iqtidorli bolalarni о‘qitishni birgina yо‘li iqtidorli sinflar yoki maktablarni tashkil qilinishidadir. Shundagina iqtidorli bolalar maktabni tezroq tamomlab, tezroq о‘zlari hohlagan oliygohlariga kirishlari mumkin. Bu ularga oldilariga qо‘ygan maqsadlariga tezroq erishishlariga sabab bо‘ladi. Iqtidorli bolalar о‘z oldilariga qо‘ygan maqsadlarga erishishi, Vatanimiz kelajagi va ravnaqi uchun salmoqli hissa bо‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi kattalarni tarbiya muammolariga e’tiboriga emas, balki bolalarga berayotgan e’tiboriga bog‘liqdir.
Iqtidorlilik muammosi boyicha ilk tadqiqotlar asr boshlarida boshlangan. Bu kabi tadqiqotlar 1905-1912 yillar mobaynida Moskva, Petrograd, Kievda o’tkazilib, bu tadqiqotlar milliy xarakterga egaligi bilan Amerika, Angliya va Nemis psixologlarining qarashlaridan tubdan farq qiladi.
Bu borada tadqiqot olib borgan psixologlar qatoriga shaxs tuzilishiga qiyosiy yondashuvni olib kirib uni rivojlantirgan G.I.Rossolimini kiritish mumkin (1910 y). G.I.Rossolimo o’zining "Bola qalbini tadqiq qilish rejasi" ishda jaqon psixologiyasida birinchilardan bo’lib bolani kuzatish sxemasini taklif qiladi.
1909-1910 yillarga kelib esa G.I.Rossolimo tomonidan iqtidorli bolalarni diagnostika qilish tizimi yaratildi. Bu tizim o’zining to’liq va aniqligi bilan ajralib turardi. Bu tizim quyidagi asosiy funksiyalarni tadqiq qilishga qaratilgan:
  1. diqqat;

  2. iroda;

v) idrokning yaxlitligi;


g) eslab qolish;
  1. assosiativ psixologiyaning tafakkur qaqidagi qarashlariga muvofiq keluvchi assosiativ jarayonlar.


Assosiativ jarayonlarni diagnostika qilish qoyidagi sifatlarni o’zida mujassamlashtiradi:


    1. fikrlash;


    2. kombinasiyalashgan qobiliyatlar;


    3. fikr tezligi;


    4. tasavvur;


    5. kuzatuvchanlikni boqolash.


Bu jarayonlarni o’rganish uchun eksperimental psixologiyaning asosiy manbalariga tayangan holda diagnostik masalalar ishlab chiqildi. Ushbu metodika yordamida iqtidorlik darajasining dastlabki grafigi taqdim qilindi. Shunday qilib bilish jarayonlarini diagnostika qilish va ularning darajasini baqolash asosida XX asrga kelib iqtidorlilik darajasini baholashga urinishlar boshlandi.


G.I.Rossolimo bolalarda psixosomatik tadqiqotlar olib boriladigan bolalar psixologiyasi va nevrologiyasi institutini tashkil qiladi. Uning rahbarligi ostida "Psixologiya va bola" jurnali nashr qilina boshlandi. 1912 yil G.I.Rossolimo Lomonosov jamiyatiga a'zo bolalar orasidan yuqori iqtidorli bolalarni saralab oladi.
XX asr boshlariga kelib iqtidorlilik muammosini rus pedagoglari ham tadqiq qila boshladilar ularning ilmiy-metodik maqolalarida qobiliyatlarning "etishmasligi" yetakchi sifatlarning "tormozlanishi"ni yetishmasligi haqidagi g‘oyalar ilgari suriladi. Keyinchalik esa ularning tadqiqot muammolari qatoridan quyidagi jarayonlar o’rin egallay boshladi:
  • iqtidorlilarni rivojlanishning ijtimoiy shartlari;


  • iqtidorlik tushunchasini aniqlashtirish;


  • iqtidorlikni kelib chiqish va tuzilishi.


Rus olimi V.M.Ekzemplyarskiy iqtidorli bolalarni o’rganish uchun diagnostik metodika qo’llangan. U iqtidorli bolalar uchun maxsus maktablar yaratish qamda ularni o’qitish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish lozimligini taklif qilgan. 1920 yillarning boshlarida tadqiqotchilar ya'ni bu muammoni o’rganuvchilar faqatgina yaxshi taraqqiy etgan qobiliyatlarnigina o’rganishga moyil bo’lib, ular orasidagi o’zaro boqliqlikni tadqiq qilishganligini ta'kidlagan. U iqtidorlilikni faqatgina intelektual soha bilan bog‘langan tadqiqotlarga o’z tanqidiy munosabatini bildirgan. U o’z ishlarida shaxs iqtidorliligini diagnostika qilish muammosiga asosiy e'tiborni qaratgan.


1920 yillar oxiri 1930 yillarning boshlarida iqtidorlilik muammosini o’rganishga doir ishlar birmuncha jonlanganligi kuzatiladi. Jumladan, katta hqajmdagi psixologik diagnostik metodikalar, iqtidorlilikni aniqlovchi testlar ishlab chiqildi va amalga tadbiq qilindi. Bularning barchasi Yevropa, Amerika tadqiqotlari asosida amalga oshirildi.
Agar bu tushuncha Rossiyada og‘qzaki o’rganilgan bo’lsa, XX asrga kelib Amerika, Angliya, Germaniyada bu muammo chuqurroq o’rganilgan. Pedagog va psixologlar orasida iqtidorlilikni tuzilish komponentlarini o’rganish kuchaydi. Masalan, Germaniyada psixikaga ko’nikish va moslashishning eng yuqori shakli sifatida qaralib, aqliy iqtidorning muqim tarkibi sifatida qaraladi.
V.Gitern buni quyidagicha izohlagan: Aqliy iqtidor-bu tafakkurni yangi talablarga ongli yo’naltirish va yangi topshiriqlar va qayot sharoitiga moslashish qobiliyatidir. Bu izoq muammoni moqiyatini ochib bergan va iqtidorlikni yangi
topshiriq sharoitlarga moslashish sharti sifatidagi muammoni yechimini topib bergan. Ushbu tavsifnoma iqtidorlilik darajasini ajratishga imkon berdi.
V.Shtern qo’shimcha qilib: "Turli sharoit va sohalardagi yangi talablarga tez moslasha oladiganlar aqliy iqtidor egalaridir". Iqtidorlikni aqliy faoliyat bilan bog‘lash natijasida bilish jarayonlarini rolini ortishga irodaviy emosional sohalar kabi individual tavsifnomalarni rolini cheklanishga olib keldi.
1912 yilda V.Shtern bolaning xronologik yoshidan qat'iy nazar uning tengqo’rlari kabi "oddiy" bola ekanini isbotlovchi matematik tenglikni ishlab chiqdi. Natijada u oddiy hisob-kitoblar orqali xronologik yosh va aqliy yosh o’rtasida aloqa borligini isbotladi: u bu ko’rsatkichni intelekt koeffisenti deb nomladi (IQ). U bolaning intelektual taraqqiyotidagi rivojlanishi yoki orqada qolishni inobatga olib intellekt va intellektual farqlarni bola intellektual taraqqiyotini intensivligi va tempini tekshiradi. Formula quyidagicha bo’lib. IQ=(AqqXq)·100 aqliy yosh (AE) va (XE) xronologik yosh orasidagi muvofiqlik aniqlanadi.
Iqtidorlikni aniqlash uchun aqliy taraqqiyot shkalalari ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri Bine-Simon shkalasidir. Ushbu diagnostik shkalaning 2 ta muhim tamoyili uni yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Birinchisi diagnostik topshiriqlar yordamida aniqlanuvchi barcha bilish jarayonlariga integral ekvivalentlarning topilganidan iborat. Ikkinchi tamoyil esa bolaning intellektual imkoniyatlarini, intellektual taraqqiyot bilan muvofiqligini o’z ichiga oladi. Bu esa o’z navbatida iqtidorlikni bir qator faktorlar bilan boqlab o’rganish imkonini berdi. 30 yillar boshlariga kelib shkala L. Termen tomonidan modifikasiyalangan Stenforr-Bine shkalasi Moskva, Kursk, Vorenejlarda
qo’llanilib sinovdan o’tkazilgan.
Xar bir ilmiy tadqiqotlar, agar uning natijalari eksperimental tekshiruvdan o‘tmasa, tugallangan deb xisoblanmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir:
- qabul qilingan ob’ekt modelining adekvatligi to‘g‘risidagi ishonchning yo‘qligi;
- vazifani qo‘yish va uni yechish bosqichidagi yo‘l qo‘yishlarga ishonchning yo‘qligi;
- yechish bosqichida xatoliklarni paydo bo‘lishi mumkinligi.
Eksperimental tekshirishlarning ma’suliyati va murakkabligi, xozirda aloxida ilmiy yo‘nalishni yaratilishiga olib keldi, bu yo‘nalish eksperimentlar nazariyasi deb ataladi.
Eksperimental tekshirishlar ikkita o‘zaro farqlanuvchi natijalarga olib kelishi mumkin.
Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning natijalari foydalanish uchun beriladi.
Ikkinchi xolatda qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan farqlar kuzatiladi. Bunda tadqiqotlar siklini qaytarish zarur bo‘ladi.
Shuni tushunish muximki, siklning mavjudligi (ba’zida sikldan bir necha bor o‘tishga to‘g‘ri keladi) fan imkoniyatlarining yetishmasligidan emas, balki uning moxiyatidan kelib chiqadi. Fan gipotezlarni ya’ni oldindan aniq bo‘lmagan taxminlarni tekshiradi.
Eksperiment tadqiqotlar - ilmiy tadqiqotlarning eng muxim tarkibiy qismidir.
Eksperiment - ilmiy ishning ko‘rinishi bo‘lib, u ob`ektiv qonuniyatlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi va o‘rganilayotgan ob`ektga maqsadga muvofiqlashtirilgan ta`sirlardan iborat bo‘ladi. Eksperiment, bu maxsus o‘tkaziladigan ilmiy tajriba yoki aniq xisobga olinadigan sharoitlarda xodisalarni kuzatishdir.

Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə