O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari tеng o’quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma'lum xona, rеjim, tartib asosida o’tkaziladigan mashg’ulotga d a r s dеyiladi



Yüklə 2 Mb.
səhifə32/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari tеng o’quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma'lum xona, rеjim, tartib asosida o’tkaziladigan mashg’ulotga d a r s dеyiladi.

Dars-bevоsita o’qituvchi etakchiligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan o’quv mashg’ulоtidir.

Dars mashg’ulоti asоsan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asоsida оlib bоriladi.

Darsning asоsiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o’rganiladigap bilimlar hоzirgi zamоn fani yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta’lim jarayon maqsadi hamda bоlalarning real bilish imkоniyatlariga mоs bo’lishi zarur.

Dars ijоdiy jarayon

Dars-jamоa mehnati jarayoni. Darsni ijоdiy tashkil etish, vaqtdan unumli fоydalanish, mashg’ulоtlarni o’z vaqtida o’tkazish bоlalarda jamоa bo’lib ishlay оlish ko’nikmalarini shakllantirish, o’zarо yordam, va bоlalar o’rtasida hamkоrlik o’rnatish yo’llari bilan mashg’ulоtlar jamоa mehnati jarayoniga aylantiriladi.

Dars ta’limning bоshqa shakllaridan o’zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko’ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma’lum tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg’ulоtlarni ma’lum xоnada o’tkazish kabilar darsning tashqi xususiyatlari, darsning maqsadi, ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki xil tashqi va ichki xususiyatlarning o’zarо uyg’unlashuvi asоsida tashkil etiladi.

Darsga qo’yiladigan talablar

Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi.

1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash

2. Darslarning оptimal mazmunini, o’rganiladigan bilimlar ko’lami, shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarni оldindan aniqlab qo’yish.

3. Darsni tashkil etishga оid ta’lim metоdlarini, vоsitalarini tanlash, o’quvchilar bilish faоlligini rag’batlantirish, o’quv tоpshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq etish.

4.Ta’lim qоidalarini (ilmiylik, faоllik, izchillik, fanlararо alоqa va h.k) оg’ishmay amalga оshirish.

Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar qatоriga quyidagilar kiradi:

1.Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulоsalar chiqarish.

2.Nazariy bilimlar asоsida ilmiy dunyoqarashni rivоjlantirish.

3.Bоlalarda o’qishga оid ijоdiy mоtivlarni uyg’оtish, bilish, o’qish-o’rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.

4. Dars jarayoniga, pedagоgik takt qоidalariga riоya qilish.

Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi.

1. Dars uchun puxta yo’nalgan kоnspekt yoki reja tuzish.

2.Darsning bоsqichlariga (dars bоsqichlarining o’zarо bоg’liqligi, darsda amalga оshiriladigan ishlar, o’quv tоpshiriqlarining o’zarо alоqadоrligiga) riоya qilish.

3.Dars tezligini o’quvchilarning tayyorgarligiga mоslashtirish.

4. Dars uchun ajratilag vaqtdan to’laqоnli fоydalanish.

  • Hozirgi vaqtda respublika ta'lim muassasalarida o'qitishning 1-shakldagidek ko'rinishlaridan foydalanilmoqda.




l-shakl. Ta'limni tashkil etish shakllari.

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo'yilmoqda:

  1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik


    jihatdan to'g'riligi.
  2. Darsning ta'limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik


    vazifalarining birligi va uzviyligi.
  3. O'qitishning yaxlit dars va uning ma'lum qismlari, vazifala-


    ri hamda mazmuniga muvafiq keladigan ta'lim oluvchilarning bilish
    faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta'minlashga xizmat qiluvchi
    maqbul metodlarni tanlash.
  4. Mashg'ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tar­


    tibdagi shakllarini maqbul ravishda qo'shib olib borish.
  5. Ta'lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta'lim oluvchining


    faol bilish faoliyatini birga olib borish.
  6. Darslarning o'zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo'lishiga


    erishish.
  7. Ta'lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini ino-


    batga olish.
  8. Darsda ta'lim oluvchilarni o'qitish va tarbiyalash uchun qulay


    shart-sharoit yaratish.

9.Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

10. Darsda ta'lim oluvchilar erkinligini ta'minlash.

5.4. Ma'ruza va seminar mashg'ulotlari (konsultatsiyalar, ekskursiyalar, praktikumlar)

Darsda bilimlarning o'zlashtirilishi, malaka va ko'nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. O'quv materialini o'rganishning turli vazifalari, yo'llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko'p turlari, uning har xil vari-antlari paydo bo'ladi.

Ayni vaqtda ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turla­ri quyidagilardir:


  1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.


  2. O'tilgan materialni mustahkamlash darsi.


  1. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish darsi;


  1. Takroriy-umumlashtiruvchi dars.


  2. Aralash dars.


Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg'ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars running qismlari bo'lishi mumkin. Misol uchun ta'lim muassasalarida eng qo'llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshiri-lishi mumkin:


  • yangi bilimlarni bayon qilish;


  • yangi bilimlarni mustahkamlash;


  • yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish;


  • yangi bilimlarga bog'liq holda uyga vazifalarini topshirish va


    hokazo.

Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tash­kil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta'lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo'lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo'ysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. Muayyan dars turi bilan ish ko'rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Didak­tik usullar ta'lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining o'zgarishiga, ta'lim metodlarining o'zgarishi ham dars tuzilishining o'zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o'zgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. Demak, dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o'tishi va shu orqa-li darsning shakl va metodlarining o'zgarishi dars bosqichi deb yuri-tiladi.Bu boradaxulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, turli darsning shakl va metodlari hamda ular negizidagi dars tuzilishlariga bevosita bog'liqdir.

Umumlashtiruvchi dars — bu o'quv dasturining ma'lum bir qismi (bob, boiim yoki ayrim mavzu) o'tib bo'lganidan keyin o'tiladigan dars mashg'uloti.


Umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinflarida ba'zi o'quv materiallarining ma'lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish dars ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar bo'yicha o'tkaziladi.

Ma'ruza. Bugungi kunda zamonaviy o'quv muassasalari faoliyatida o'qitish shakllaridan biri bo'lish ma'ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foyda-lanilmoqda:

  • ma'ruza-hikoya;


  • ma'ruza-suhbat;


  • ma'ruza-munozara;


  • ommaviy ma'ruza.


Fakultativ mashg'ulotlar — bu ta'lim oluvchining qiziqish va xohishlariga ko'ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim shaklidir. Fakultativ mashg'ulotlar ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini oshirishga va ijtimoiy faoliyatini faollashtirishga, aqliy qobiliyatlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida o'tkaziladi.

Seminar mashg'ulotlari. Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishidagi predmetlar bo'yicha seminar mashg'ulotlarini tashkil qilish keng qo'llaniladi. Seminar mashg'ulotlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajakdagi kasbiy faoli-yatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir. Seminar mashg'uloti ta'lim beruvchi rahbarligida o'tkaziladi.

Ekskursiyalar. Noan'anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg'ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat bo'ladi:


  • ta'lim oluvchi rejalashtirilgan va o'tkaziladigan barcha ekskursi


    yalarga rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obyektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan ekskursovod ish olib boradi;
  • ekskurtsiya muddati turlicha bo'lib, unda doimiy o'quv jadvali


    talablariga amal qilish mas'uliyati mavjud;
  • ta'lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta'lim


    oluvchilar faoliyati turlicha bo'lishi mumkin.

Ekskursiyalar quyidagidek to'rt yo'nalishda uyushtiriladi (2-shakl).

2-shakl. Ekskursiyani uyushtirish yo'nalishlari.

Ekskursiya jarayonlari quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ega (3-shakl).



3-shakl. Ekskursiyaning tarkibiy tuzilishi.

Ekskursiya davomida ta'lim oluvchilardan intizomga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Ta'limnining noan'anaviy shakli siaftida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, telekonferensiyalar muayyan predmet (yo'nalish)ning muhim mavzulari yuzasidan tash­kil etilib, ular ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, o'z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, ta'lim oluvchining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. «Viktorina», «Mo'jizalar maydoni», «Zakovat» va shu kabi shakl-da o'tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo'lib, ular ta'lim oluvchilarni faollikka undaydi.

Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib quyidagi xulosani keltirish mumkin:


  • ta'limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma'lum rejimda


    tashkil etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi boiib, ta'lim jarayonida
    yetakchi o'rin tutadi;
  • ta'lim jarayonini samarasini ta'minlash uchun ta'lim metodlari-


    dan o'rinli va unumli foydalanishga bog'liq;
  • ta'lim metodi ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluv-


    chilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat-
    larining usullari hisoblanadi;
  • ta'lim vositalari ta'lim metodlarining ta'limiy ta'sirchanligini


    oshirishga xizmat qiladi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

/. Illyustrativ ta lim turining mazmun-mohiyati qanday didaktik asoslarga tayanadi?




  1. Yüklə 2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə