O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


DARS - TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY



Yüklə 2 Mb.
səhifə31/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

DARS - TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY

SHAKLI SIFATIDA

Reja:

  1. Ta'limni tashkil etishning xilma-xil turlarini va ulardagi umu-
    miylik va xususiylik haqida bilim berish.

  2. Hozirgi zamon darslari va ularga mos ta'limni modernizatsiya


    qilish asoslarini talabalar ongiga singdirish.
  3. Ta'limni tashkil etishning an'anaviy va zamonaviy shakllari


    haqida bilimlar majmuyini hosil qilish.
  4. Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar hamda ularning mazmun-


    mohiyatini ta'lim oluvchilar ongida shakllantirish.

5. Darsdan tashqari mashg'ulotlar va ularning mazmun-mohiyatini


yoritish.

6.Turli o'quv ishlarida o'qituvchi faoliyatini yoritish.




Mavzu bo'yicha tayanch iboralar: Ta'lim turi, illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta'lim, pedagogik tizim, arxiaik, qadim-gi, avestit, yunon, o'rta asr, yangi, dogmatik, sxolastik, internet. «Avesto», Suqrotona suhbat, yordamchi savollar, dogmatik o'qitish, pedagogik konsepsiya, haqiqiy g'oyalar va bilimlar, dasturlashtiril­gan ta'lim, kompyuterli o'qitish, muammoli o'qitish, dastur, innovat-sion ta'lim, masofaviy ta'lim, ta'limni modernizatsiya qilish, ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, uy vazifalar, darsdan tashqari mashg'ulotlar, individual dars, individual-guruhli dars, sinf-dars, ma'ruza-seminar, auditoriyadan va sinfdan hamda maktabdan tashqari dars, dolton-reja, loyihali ta'lim.

5.1. Ta'lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta'lim) va shakllarining tavsifi.

Didaktik g'oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o'ziga xos tizimlar ko'rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta'lim turlari o'quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi.

Dogmatik o'qitish - bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib, u o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda G'arbiy Yevropada ularning ilk ko'rinishlari iste'molda bo'lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin tutgan. Bu borada musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajada-gi ma'naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga hamda mazmun-mohiyatga ega bo'lgan. Ularning g'oyalari bo'yicha o'z faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukmiy fikr shakllangan. «Haqiqiy g'oyalar» deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishdan iborat bo'lgan.

Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish.

Kamchiliklari: ta'lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va hal etish uchun ko'p vaqt sariianishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta'lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.

Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan ta'lim) harakat (operatsiya) lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keJuvchi «dastur» terminidan keiib chiqadi.

Dastur - bajariiadigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo'lib, lining yordamida ta'lim oluvchilarga ta'lim-tarbiya berishda o'quv rejasi va dasturlarini og'ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Dasturiy ta'limning asosiy xususiyatiari quyidagilardan iborat:

o'quv materialining alohida qismlarga ajratilishi; o'quv jarayonining bilimlarini o'zlashtirish bo'yicha bilimlarning muayyan miqdorlari (bo'laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo'Igan ketma-ket bosqichlardan iborat bo'iishi; har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi; nazorat topshifiqlarini to'g'ri bajargan ta'lim oluvchining yangi materiaini o'zlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish; to'g'ri javobni topishda ta'lim oluvchining yordamchi va qo'shimcha tushuntirishlarni olishi; har bir ta'lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli boigan mavzuJar bo'yicha o'quv materiallarim o'zlashtirishi; natijaiar monitoringi, ya'ni barcha nazorat topshiriqlarining bajarilish natijalarining qayd etilishi; ta'iim jarayonida ta'lim beruvchtning ta'lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va individual yondashuvni amalga oshirishi;

Kompyuterli ta'lim.

Ma'lumki, o'qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta'lim vujudga keldi. Kompyuter — (ing. «computer» - hisoblayman) - oldindan berilgan dastur bo'yicha ishiaydigan avtomatik qurilma. Ta'lim-tarbiya

5.2. Ta'limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma-xil turlari

Dunyoda shunday ta'lim tizimi yuzaga ke]ganki, uning xilma-xil turlari mavjud bo'lib, ularni ko'pchilik «qo'IIab turuvchi, ta'minlovchi, yordamchi o'qitish» deb ataydilar

Innovatsion ta'lim - bu boiajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u avval olgan bilimlar asosida ta'limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.

Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib


borishini ta'minlaydi;


  • ilg'or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiya­


    larini joriy etish uchun o'rta umumta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar
    ta'limi va oliy o'quv yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil
    etish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z
    vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro'yobga chiqarishga erishiladi;
  • ta'lim jarayonining istiqbolini oldindan ko'ra bilish, ya'ni ta'lim


    beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o'qitish emas, balki
    ta'lim oluvchini uzoq kelajakni mo'ljallashga (istiqbolli reja tuzish-
    ga)o'rgatishdan iborat boiib, unda ta'lim oluvchi ijtimoiy hayot va
    kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyiha-
    lashtirishni amalga oshira olishi zarur;
  • ta'lim oluvchining hamkorlikda ta'lim olish va optimal qarorlar-


    ni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivili-
    zatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish)
    da faol ishtirok etishni ta'minlash.

Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda.


  • Masofaviy ta'lim - bu masofadan turib o'qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamo­naviy ta'lim texnologiyasidir. U o'quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun'iy yo'ldoshi, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlar-ga taqdim etiladigan ta'lim xizmatlari majmuyidan iborat.


5.3. Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Individual ta'limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta'lim beruvchi ta'sirining cheklanganligi (bunda ta'lim beruvchining vazifasi ta'lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo'ladi); boshqa ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta'lim oluvchining yoki ta'limning ijtimoiylashishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta'limning individual-guruhli shakli paydo bo'ldi. Bu ta'lim turidan XVI asrga kelib Yevropada keng foydalana boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ta'lim turidan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo'la oladi. Avesto davri jami-yatidagi maktablarda individual o'qitish jamoaviy o'qitish bilan bir-ga olib borilar edi. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o'zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash») boiimida ta'lim oluvchilarga jamoaviy o'qitish haqidao'z fikrini bayon etgan.

XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta'lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta'lim oluvchilarni o'qitishning guruhli (jamoaviy) turi deb ataladi. Ular G'arbiy Rossiya (hozirgl Belorus va Ukrainaning g'arbiy qismlari)dagi birodarlik maktabla-rida ilk bor qoilanilgan va undagi o’qish sinf-dars shaklining asosi bo'lgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomoni-dan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o'quv yili, o'quv kuni, dars mashg'ulotlari orasidagi tanaffus, o'quv ta'tillari kabi tushun-chalarini kiritgan. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo'lsa-da, bugungi kunda ham keng ko'lamda iste'molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni o'quv ishlarini tashkil etishning o'ziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat boiadi:

* bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo'lgan ta'lim oluvchilar (o'quvchilar) sinfni tashkil etadi.


Bu sinf maktabda o'qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoiadi;
  • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jad-


    vali bo'yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yil-
    ning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak
    bo'ladi;
  • mashg'ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;




*dars odatda bir fan yoki mavzuga bag'ishlangan bo'ladi, shu bois, ta'lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

• darsda ta'lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta'lim beruvchi


rahbarlik qiladi, u o'z fani bo'yicha o'qish natijalarini, har bir ta'lim


oluvchining alohida bilimini baholaydi. O'quv yili oxirida pedagogik
jamoa, ya'ni ta'lim beruvchilar xulosalari bo'yicha ta'lim oluvchini
keyingi sinfga o'tishi haqida qaror qabul qilinadi.

Sinf - dars tizimi atoqli olim K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog' langan quyidagi uchta qismini ajratib ko'rsatdi:


  1. Ilgari o'rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni


    amalga oshirish va ta'lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga
    maqsadli ko'rsatmani yaratishga qaratilgan qism. K.D.Ushinskiyning
    fikricha, darsning bu qismi darsga go'yoki «eshik» hisoblanadi.
  2. Asosiy masalani hal etishga yo'naltirilgan qism. Bu qism dars­


    ning muhim markaziy qismi hisoblanadi.
  3. Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko'nikma


    va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning
    xulosalash va umumlashtirish qismi bo'lib hisoblanadi.

I. Afzalliklari:

• yaxlit o'quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli (tizimli) ketishini

ta'minlovchi aniq tashkiliy tizim;

• jarayonlarning oddiy boshqarilishi;

• muammoning jamoa bo'lib muhokama qilinishi, masalaning


yechimini birgalikda izlash jarayonida ta'lim oluvchilar o'rtasida
o'zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;

• ta' lim beruvchining ta' lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doi-


miy emotsional ta'sir ko'rsatishi;

• ta'limning emotsionalligi (zero, ta'lim beruvchi bir vaqtning

o'zida ta'lim oluvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o'quv


faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning
yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o'zlashtirish sari harakatlarning
muntazamligi va izchilligi.

II. Kamchiliklari:


  • tizimning bilimlarni asosan o'rta darajada o'zlashtiruvchi ta'lim


    oluvchilar uchun mo'ljallanganligi, bo'sh o'zlashtiruvchi ta'lim oluv­
    chilar uchun qiyinchiliklarningyuzagakelishivakuchli o'zlashtiruvchi
    ta'lim oluvchilarning qobiliyatlarining rivojlanish sur'atining ortga
    surilishi;
  • ta'lim beruvchi uchun o'qitish mazmuni va o'qitish sur'atlari


    hamda metodlari bo'yicha individual ishlarni tashkil etish, shuning-
    dek, ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda
    qiyinchiliklarni yuzaga kelishi;
  • katta va kichik yoshli ta'lim oluvchilar o'rtasidagi munosabat­


    larning qaror topmasligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishda farq bo'lgan ta'lim oluvchilarni o'qitishda individuallashtirishga e'tibor qaratish masalasi ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunga mos ravishda ta'limning tanlab o'qitish shakli yuzaga keldi. Bu AQShda Batov va Yevropada Manncheyms tizimlarida yaqqol seziladi. XX asr boshida Yevropa va AQShda ta'lim oluvchilaming indi­vidual, faol, mustaqil o'quv ishlarini ta'minlashga qaratilgan ko'plab ta'lim tizimlarining samaradorligi sinab ko'rilgan. Ular orasida 1905-yili Massachusets shtatining Dalton shahrida o'qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo'llanilgan ta'limning individuallash-tirilgan tizimi e'tirof etilgan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan peda-gogikaga va maktab tarixiga kirdi. Bu ba'zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataladi. Bu tizimning mazmun-mohiyati quyi-dagilarda namoyon bo'ladi:


  • o'quv faoliyatining muvoffaqiyati maktabda ishlash sur'atining


    har bir ta'lim oluvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga mos-
    lashtirilishiga bog'liq;
  • ta'lim faoliyati uchun ustun turadigan o'qishni an'anaviy tashkil


    etish ta'lim oluvchining mustaqil o'quv faoliyatining markazi hisob-
    lanishi;
  • ta'lim beruvchi o'z vazifasini odob bilan bajarishi;


  • sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, o'qi-


    tuvchining yangi materialni tushuntirmasligi, balki uni ta'lim oluvchi­
    ning o'zi laboratoriya yoki ustaxonalarda ta'lim beruvchidan olingan
    topshiriq asosida mustaqil shug'ullanishlari va zarur bo'lgan paytlar-
    da ta'lim beruvchidan yordam so'rashlari asosida o'zlashtirishi va shu
    kabilar. XX asrning 20-yillarida maktab ishlari ilmiy-tadqiqot instituti ta'limning loyihali tizimini targ'ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kelpatrik ishlab chiqqan. Ta'limning bu tizimining mazmuni ta'lim oluvchilarning o'zlari loyiha ishlari mazmunini tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog'langan bo'lishi va o'quv guruhi iqtisoslashlariga qarab (yo'nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo'jalik ishlab chiqarish yoki madaniy turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo'lgan. XX asrning 60-yillarida Trank rejasi juda mashhur bo'lib ketdi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Trank ishlab chiqqan. O'qitishning tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100-150 odam) umumiy mashg'ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda esa amaliy mashg'ulotlarni vata'lim oluvchilarning individual ishlarini ham bir-galikda olib borishni taklif etadi. Bunda turli xildagi texnik vositalar-dan foydalanib, umumiy ma'ruzalarni olib borishga o'quv vaqtining 40 foizi ajratiladi. Shuningdek, kichik guruhlardagi mashg'ulotlarga (amaliy mashg'ulotlar) esa o'quv vaqtining 20 foizini va kabinet yoki laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga o'quv vaqti­ning 40 foizi ajratiladi. XX asrning 70-yillarida o'qishni tashkil etishning noan'anaviy shakllarini izlash davom ettirildi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog'liq boigan. Izlanishlarning asosiy masalasi - o'qishni individuallashtirishdan iborat edi. Birinchi universitetlar paydo bo'lishi bilan ta'limning ma'ruza-seminar shakli yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli o'zgarmagan. Ma'ruza, seminar va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo'yicha amaliyot hozirgacha ma'ruza-seminar tizimi sifatida o'qishning asosiy shakllaridan biri bo'lib kelmoqda. Ma'ruza-seminar tizimi o'zining sof ko'rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida qo'llaniladi. O'zbekistonda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tadbiq etilishi bilan ma'ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham ulardan foydalana boshlandi. Oxirgi paytlarda ma'ruza-seminar tizimi elementlaridan o'rta maktablarning katta sinf-larida ham qo'llanila boshlandi. Demak, qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o'qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar.

Ta’lim tarixida turli ta’limni tashkil etish shakllardan fоydalangan. Markaziy Оsiyo hududida qadimdan shakllanib kelingan machitlar huzuridagi maktablarida o’quv mashg’ulоtlari asоsan ruhоniylar tоmоnidan tashkil etilib, ta’lim guruhli yoki yakka tartibda amalga оshirilgan. XVI asr оxiri va XVII asrning bоshlarida buyuk chex pedagоgi Yan Amоs Kоmenskiy (1592-1670) ta’lim tarixida birinchi bo’lib sinf-dars tizimini ishlab chiqdi. Ya.A.Kоmenskiyning yangi ta’lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta’limida o’rin оldi hоzirgi davrda sinf-dars shakli ta’limni tashkil etishning asоsiy shakli sifatida qo’llanmоqda.




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə