Dars- ta’limni tashkil etishning asosiy shakli



Yüklə 46,83 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü46,83 Kb.
#151424
  1   2   3   4   5
2-maqola


Dars- ta’limni tashkil etishning asosiy shakli


Jumanova Fotima Uralovna
Nizomiy nomidagi TDPU kafedra mudiri
e-mail zumanovafatima@gmail.com
tel:+998006914
Annotatsiya: Ushbu maqolada dars va uni tashkil qilish, zamonaviy darsga qo’yilgan asosiy talablar, uning turlari, darsni eng yangi yutuqlari, ilg’or pedagogic texnologiyalar va pedagogik qonuniyatlar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim, o’yin texnologiyalari haqida so’z yuritiladi.
Tayanch so’z va iboralar: dars, ta’lim, o’quvchi, o’qituvchi, bilim, malaka, ko’nikma, kompetensiya, dunyoqarash, axloqiy, estetik, texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik qonuniyatlar, pedagogik vositalar, tafakkur, loyihalash, rejalashtirish, interfaol ta’lim, innovatsion ta’lim.
Dars – talim jarayonining yaxlitligi nuqtayi nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi.
Dars- o’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan materialni (bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni, dunyoqarashlik va axloqiy estetik g’oyalarni) ozlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta’lim shakli.

Zamonaviy darsga qo’yilgan asosiy talablar:

  1. Darsni fanning eng yangi yutuqlari, ilg’or pedagogic texnologiyalar va pedagogic qonuniyatlar asosida tashkil etish;

  2. Darsda didaktik tamoyillar va qoidalarning o’zaro uyg’un nisbatini ta’minlash;

  3. O’quvchilarning qiziqishi, layoqati va ehtiyojlari asosida ularning bilish faoliyati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish;

  4. O’quvchilar anglaydigan darajada fanlararo aloqadorlikni o’rnatish;

  5. O’quvchilarning rivojlanish darajasi va oldin o’rgangan bilimi va ko’nikmalariga tayanish;

  6. Shaxs kamolotini qo’llab-quvvatlash va faollashtirish;

  7. O’quv-tarbiyaviy faoliyat bosqichlarining mantiqiyligi va jo’shqinligini ta’minlash;

  8. Xilma-xil pedagogic vositalardan samarali foydalanish;

  9. O’quvchilarning shaxsiy tajribasiga, hayotiy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayanish;

  10. Zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarni, tafakkur va faoliyatning oqilona usullarini shakllantirish;

  11. O’qish va biliomlar hajmini doimiy ravishda ko’paytirib borishga ehtiyojni shakllantirish;

  12. Darsni puxta rejalash va loyihalashtirish.


Yüklə 46,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə