Dars- ta’limni tashkil etishning asosiy shakli


Bilim, ko’mikma va malakalarni tekshirish va tuzatish darsi



Yüklə 46,83 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü46,83 Kb.
#151424
1   2   3   4   5
2-maqola

Bilim, ko’mikma va malakalarni tekshirish va tuzatish darsi: tashkiliy yo’l-yo’riqlar;

  1. O’quvchilarning o’quv faoliyatini motivatsiyalash va darsning mavzusi, maqsadi, vazifalarini aytish;

  2. O’quvchilarning aniq materiallar va asosiy tushunchalar haqidagi bilimlarini, hodisa va jarayonlardagi ichki va tashqi aloqalarni ochish ko’nikmasini sinab ko’rish;

  3. Bilimlarni tushnish chuqurligi va ularni umumlashtirish darajasini tekshirish (yozma so’rov, mustaqil ish, umumlashtiruvchi jadvallar tuzish va to’ldirish);

  4. O’quchilarning standart sharoitda bilimlarni amalda qo’llashi;

  5. Bajarilgan topshiriqlarning natijalarini tekshirish tahlil qilish va baholash;

  6. Bajarilgan topshiriqlarning natijalarini tekshirish, taxlil qilish va baholash;

  7. Uyga vazifalarni tushuntirish.

Darsni yakunlash.
Hozirgi kunda pedagogik amaliyotda “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchasidan keng foydalanilmoqda. Bu tushuncha ta’lim jarayonida har bir ta’lim oluvchiga imkon qadar individual (yakka tartibda) yondoshishni, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olishni, ya’ni shaxsini tan olish, har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zaruriy muhit yaratishni va unda mustaqil, tanqidiy ijodiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni anglatadi.
Agar mazkur tushuncha mohiyati chuqur pedagogic tahlil etilsa, quyidagi savol tug’iladi: ta’lim aslida kimga kerak? Albatta, ta’lim oluvchining shaxsiga. Shunday ekan, ”nega shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” deb nomlanishi kerak? Vaholanki, har qanday ta’l;imning maqsadi, vazifalari, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari, biz istaymizmi-yo’qmi, odatda ta’lim oluvchiga, uning shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Gap shundaki, bu tushuncha ta’lim markaziga shaxsi qo’yilganligini anglatadi uni ustuvor mo’ljalga aylantiradi. Bu esa pedagoglar oldiga bajarilishi shart bo’lgan qator ananaviy va noananaviy talablar majmuyini qo’yadiki, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
1) har bir ta’lim oluvchini alohida, o’ziga xos shaxs sifatida ko’ra olishi;
2) ta’lim oluvchi shaxsini xurmat qilishi;
3) ta’lim oluvchining psixologik holatini to’g’ri baholashi;
4) ta’lim oluvchini xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;
5) har bir ta’lim oluvchiga tolerantlik (bag’rikenglik) munosabatini namoyon qilishi;
6) ta’lim oluvchining iqtidori, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
7) har bir ta’lim oluvchi uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
8) ta’lim oluvchilarning yakka tartibda mustaqil yoki kichik guruhlarda erkin ishlashi uchun imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishi;
9) ta’lim oluvchilarni o’z faoliyatini o’zi mustaqil nazorat qilishga, yutuqlari, omillari va yo’l qo’ygan xatolari oqibatini tahlil qilishga o’rgatishi;
10) ta’lim jarayonida hech bir ta’lim oluvchiga tazyiq o’tkazmasligi;
11) ta’lim oluvchining kamchiliklarini bo’rttirib ko’rsatmasligi;
12) ta’lim oluvchi tomonida bilimlarni o’zlashtira olmaslik yoki odobsiozlik holati qayd etilsa, tezda qatiy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlashi;
13) aniqlangan sabablar asosida ta’lim oluvchining shani, g’ururiga ziyon yetkazmasdan shu kabi salbiy holatlarni bartaraf etishi;
14) ta’lim jarayonida har bir ta’lim oluvchi uchun “muvaffaqiyat muhiti” ni yarata olishi
15) har bir ta’lim oluvchining muvaffaqiyatiga erisha olishiga amaliy yordam ko’rsatishi;
16) ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatini o’stirishi, uning shaxs sifatida shakllanishini to’g’ri boshqarishi.

Yüklə 46,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə