O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Yüklə 4,86 Mb.
səhifə3/157
tarix07.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#126203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
63222 2.01 majmua UMUMIY PSIXOLOGIYA

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

“Umumiy psixologiya” fani pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘qitiladigan, mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladigan fandir. “Umumiy psixologiya” fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanadi. O‘quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigiyena va h.k) blokidagi fanlar bilan aloqada o‘rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
“Umumiy psixologiya” fanining mazmuni va mohiyatini innovatsion ta’lim texnologiyalari orqali psixologiya fanini o’qitishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Fanining mohiyati psixikani rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlar, psixologik holatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.



O‘quv fanini prerekvizitlari

Talaba: psixologiyaga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Talabalar uchun talablar

- o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;
- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
- talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin


Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə