O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Bobil er. avv. II ming yillik oxiri er. avv. I ming yillikning I yarmida



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə57/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Bobil er. avv. II ming yillik oxiri er. avv. I ming yillikning I yarmida
Er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam halokatli zarba berdi. Elam bir necha bosqinlardan keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatadi. Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuboriladi. Elamga shunday zarba beriladiki, u haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror bir matn xabar bermaydi.
Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo’ltig’i qirg’og’i va janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig’ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko’chmanchi chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va Bobil madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig’inadilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga to’g’ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg’ogida joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo’lgan ko’prik bilan birlashtirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va 8 darvozadan shaharga kirilgan.
Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga, uning yemirilishidan so’ng Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga doir ma’muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud.
Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni ko’paygan. Ibodatxona xo’jaligida yuzlab qullar ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho xo’jaligi sezilarli rol o’ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar.
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar viloyatlariga g’alla, kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig’ini to’lagan.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə