O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Misrning nomlarga bo’linib ketishi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

6.Misrning nomlarga bo’linib ketishi.
Qadimgi I podsholik davrining oxirlariga kelib, ayrim nomlarda hukmdor nomarxlar butun hokimiyatni qo’llariga olib, mustaqil siyosag yurita boshladilar. Nomarxlar fir’avn hokimiyati vasiylygidan chika boshladilar. Bularning bari fir’avn hokimiyatining zaiflashishi va markazlashgan tizimning yo’qola borishiga sabab bo’lgan.
Markaz kuchsizlanishi va nomarxlarning kuchayishi, pirovard natijada, Misrning nomlarga bo’linib ketishiga olib keldi. Nomlarda kohinlar juda katta kuch- e’giborga ega bo’lgan. Har bir nomning o’z xudolari bo’lib. shu yo’l bilan kohinlar fir’avnga qarshi siyosat yurittanlar. Joylarda firьavnni ilohiylashtirishga qarshi chikib, ular mahalliy xudolar obrazini iloji boricha yuksaltirishgan. Bu intilishga mahalliy nomarxlar ham qarshilik kilmaganlar, chunki markaziy hokimiyatning zaiflashuvi ularning manfaatlariga xizmat qilar edi. Kohinlar katta hukuklarga ega bo’lib, mablag’larni markazga yubormay qo’yish bilan markaziy hokimiyatga iqtisodiy jihatdan ham satbiy ta’sir ko’rsatganlar.
Qadimgi Podsholik davrining oxirlarida markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi va yagona Misr davlatining yemirilishi keskin sinfiy kurash ostida kechdi. Mamlakatda birin-ketin g’alayonlar boshlandi. Iktisodiy va siyosiy sohada markaziy hokimiyatning inkirozi natijasida Qadimgi Misr podsholigi parchalanib ketdi..
Mavzu: 2. O’rta pоdshоlik davridagi Misr.
Rеja:
1.Geraklеоpоl va Fiva o’rtasidagi kurash
2.Хo’jalik taraqqiyoti.
3.Savdоning rivоjlanishi.
4.Harbiy yurishlar.
5.Nоmarхlar хоkimiyatining kuchayishi.
6.Kambag’allar va qullarning qo’zg’оlоnlari.
7.Giksоslarning Misrni istilо qilishi.


1.Geraklеоpоl va Fiva o’rtasidagi kurash
O’rta podsholik davridagi misr Misrning aloxida nomlarga bo’linib ketishi Misr davlatining xalok bo’lish xavfini tug’dirgan. Markazlashtirilgan kuchli harbiy xokimiyatning yo’q bo’lib ketganligi nati­jasida istilochilik siyosati va tashqi savdo ham tuxtab qolgan, ammo quldorlik xo’jaligi bundan boshqa rivojlana olmas edi. Yagona davlat tushkunlikka yuz tutgan sharoitda sug’orish sistemasi ham sekin-asta buzilib, ishdan chiqa bor­gan, bu xol esa qishloq xo’jaligining rivojlanishiga g’ov bo’lib qolgan. Keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar xalq qo’zg’olonlariga sabab bo’lgan. Shuning uchun quldorlik ekonomikasining rivojlanish protsessi mamlakatning siyosiy ji­xatdan qaytadan birlashtirilishini taxozo qilgan, shu bi­lan birga, Misrning kuchli viloyatlari o’rtasida davlatning birligini tiklash uchun kurash boshlangan. Bunda birlash- tiruvchi ikkita eng katta markaz sifatida shimolda Gerakleopol, janubda Fiva maydonga chikadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə