Xulosa qilib aytganda difraksiya deb yorug’likni to’g’ri chiziqli tarqalishini
shaffof bo’lmagan to’siqlarga uchraganida og’ishiga aytiladi. Yorug’lik difraksiya
to’lqinini jism (qirrasi) bilan ta’sirlashish natijasidir.
Shuning uchun difraksiya
to’siqlarni shakli va o’lchamiga bosiqlik bo’ladi. Optikada difraksiya to’siqlarni
shakli va o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Optikada difraksiya hodisasini kuzatish va
o’rganishda difraksion panjaradan foydalaniladi.
Difraksion panjara-bir hil
shakldagi bir-biridan bir hil uzoqlikda joylashgan juda ko’p (1 mmda 1700
tagacha) parallel tirqishlar to’plamidan iborat bo’lgan optik asbob. Yorug‘lik
difraksiyasi deb, yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish qonunidan
chetlanishlar tufayli yuz beradigan hodisalarga aytiladi.
Tajribalarning
ko‘rsatishicha ma’lum sharoitlarda yorug‘lik soya sohasiga o‘tadi. Masalan,
noshaffof ekran olib, ekranning markazida o‘lchami kichik bo‘lgan
dumaloq
tirqishga nuqtaviy yorug‘lik manbaidan nur tushirsak orqadagi ekranda yorug‘ va
qorong‘i konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani kuzatish mumkin.
Tirqishning diametri qancha kichik bo‘lsa difraksion manzara shuncha yaqqolroq
kuzatiladi, ya’ni tirqish diametriga bog‘liq bo‘ladi. Agar to‘siq chiziqli xarakterga
ega bo‘lsa (tirqish, ip, ekran cheti), unda ekran markazida parallel difraksion
chiziqlar sistemasi kuzatiladi. Nyuton davrida ham
difraksiya hodisasi yaxshi
ma’lum bo‘lgan, lekin korpuskulyar nazariya asosida tushuntirish imkoni
bo‘lmagan. Birinchi marta difraksiya hodisasini to‘lqin
nuqtai nazaridan kelib
chiqib sifatli tushuntirishga T.Yung muvoffaq bo‘ldi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.V. Savelev. “Umumiy fizika kursi”. “O’qituvchi”,
Toshkent,1976y.
2. A.S. Jdanov. “Fizika”, maxsus o’quv yurtlari uchun darslik,
“O’qituvchi”, Toshkent , 1980y.
3. F.A. Korolev. “Fizika kursi” optika, atom va yadro fizikasi.
“O’qituvchi”, Toshkent, 1978y.
4. Fizika II qism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun.
“O’qituvchi”, Toshkent, 2007y.