O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Institutsionalizmdagi rahnamolar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Institutsionalizmdagi rahnamolar. 
Institutsionalizm yo’nalishiga yangi hayot bag’ishlagan Amerika iqtisodchilari 
Jon Kommons (1862-1945) va Uesli Mitchell (1874-1948) hisoblanadi. 
J.Kommons o’zining «institutsional iqtisodiyot» kitobida xo’jalik jarayonlarga 
ta’sir etuvchi har xil noiqtisodiy (avvalo huquqiy) omillarni tadqiqot qildi. U 
Amerika ishchilar harakati, kasaba uyushmalarining va tadbirkorlar ittifoqining 
tashkil topishi tarixini o’rgandi, mehnat huquqini tahlil qildi. J.Kommons fikriga 
ko’ra, jamiyatning huquqiy tizimi xo’jalik hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Uningcha, bitim (sdelka) iqtisodiy tizimning bosh bo’g’ini hisoblanadi. Bitim 
ishtirokchilari sifatida ko’proq individlar emas, balki kasaba uyushmalari va 
tadbirkorlar ittifoqlari qatnashadilar. Bitim o’z tabiatiga ko’ra uning ishtirokchilari 
manfaatlari ixtilofli bo’lishini taqozo etadi. Bunda xakamlik vazifasini davlat o’z 
zimmasiga oladi. U vujudga keladigan qarama-qarshiliklarni echib berish uchun 
huquqiy mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Masalan, yollanma ishchilar bilan 
tadbirkorlar o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar kasaba 
uyushmalari va tadbirkorlarning maqsadga muvofiq o’zaro ta’siri, samarali mehnat 
huquqi va maxsus hukumat hay’ati faoliyati tufayli echilishi mumkin. 
J.Kommons o’zining ijtimoiy hayotga bo’lgan qarashlarini tajribada 
realizatsiya qilish maqsadida Amerika mehnat federatsiyasi bilan faol hamkorlikda 
ish yuritdi. 1935 yili uning ta’sirida AQShda pensiya ta’minotiga asos solgan «Sotsial 
himoya to’g’risida akt» qabul qilindi. 
U.Mitchell fikriga ko’ra kishilar faoliyatida asosiy harakatlantiruvchi kuch pul 
hisoblanadi. Aynan moliyaviy institutlar inson hatti harakatining xarakterini aniqlab 
beradi. U.Mitchell o’z asarlarida axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va 
matematik uslublardan keng qo’llandi. Mazkur uslub bozor kon’yukturasi 
dinamikasini empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqot qilishga, kapitalistik 
xo’jalikning bir qator tsiklli tebranish qonuniyatlarini ochib berishga imkon berdi. 
Uningcha, har bir tsikl o’ziga xosligi bilan ajiralib turiladi, ularning asosida juda ko’p 
sabablar yotadi, ular betakrordir. Shuning uchun bitta universal tsikllar nazariyasi 
bo’lishi mumkin emas.
U.Mitchell o’z tadqiqodlariga asoslangan holda davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi yordamida inqirozsiz tsikl kontseptsiyasini asoslab berishga harakat qildi. 
Maxsus davlat rejalashtiruvchi organlarini tuzish, uning fikriga ko’ra, tsiklli 
tebranishni yumshatish va qulay iqtisodiy kon’yukturaga erishish vositasi bo’lishi 
kerak. Bunda rejalashtirish majburiy xarakterda emas, balki tavsiyali xarakterda 
161 


bo’lib, u real, erishish mumkin bo’lgan pirovard maqsadlar ko’zda tutilgan ilmiy 
prognozlashtirishga asoslangan. 
U. Mitchellni AQShda iqtisodiy tadqiqodlar milliy byurosi asoschisi va 
iqtisodiyotdagi tsiklli hodisalarni birinchilardan bo’lib tadqiqot qilgan iqtisodchi deb 
tan olinishi unga katta shuhrat keltirdi. U psixologik tahlilni hisobga olgan holda, 
sotsial-madaniy muammolar bilan birgalikda pul, moliya va kredit omillari sohasidagi 
iqtisodiyotga davlatning ta’sir ko’rsatishi mumkin va zarur deb hisobladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə