O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Asosiy adabiyotlar: 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,15,16,17. 
 
 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
1,2,3,4,5,7,9,10. 
158 


 
10-MAVZU. INSTITUTSIONALIZM. 
 
Reja: 
1. Institutsionalizmning umumiy tavsifi. T.Veblen institutsionalizm asoschisi. 
2. J.K.Gelbreytning “Yangi industral jamiyat kontseptsiyasi”. 
3. Institutsionalizmning asosiy muammosi va masalalari. “Klivergentsiya 
kontseptsiyasi”. “Xalq kapitalizmi”, “Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat”, 
“Iqtisodiy o’sish bosqichlari”. 
 
 
Muammoli savollar: 
Anti monopol chora-tadbirlarni qo’llanishiga nima sabab bo’ladig’ Anti 
monopol tadbirlarga nimalar kiradig’

Bekorchilar sinfi” vakillari deb nimalarni 
aytish mumking’
Institutsionalizm ta’limotini ilgari suruvchilar qanday vosita va 
dastaklarga asoslanadilarg’
“Yangi industrial jamiyat kontseptsiyasi”ning mohiyati 
nimadag’
Qanday nazariya kapitalizm va sotsializm afzalliklariga asoslanadig’
1. Institutsionalizmning umumiy tavsifi

T.Veblen institutsionalizm 
asoschisi. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret-tarixiy sharoit 
ta’sirida AQSh sotsial-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga 
aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo’lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning 
monopolistik iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ancha keskin 
shaklda namoyon bo’la boshladi. Bu AQShda ilk bor antimonopol chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda 
qo’llanishilshiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha 
rivojlangan mamlakatlar bunday chora-tadbirlardan keng qo’llana boshladi.
XX asrning boshida AQSh iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib 
borayotgan monopolistik tendentsiyalarni tahlil qilgach va o’z mamlakatining 
«antitrest» siyosatiga ta’sir ko’rsatgach, iqtisoiyot ustidan sotsial nazorat qilish 
kontseptsiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda sotsial 
institutsional yoki oddiy qilib aytganda institutsionalizm deb ataluvchi yangi 
yo’nalishni boshlab berdi
«Institutsionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi, u 
institutsionalistlar tomonidan iqtisodiyotda va undan tashqaridagi rivojlanishda 
asosiy kuch sifatida ko’riladi. Institutsionalizm tarafdorlari «institut»larga xar hil 
kategoriya va tushunchalarni (masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, 
xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, din, ahloq va shu kabilar), mamlakatdagi 
an’ana, urf-odat, etika, huquqiy qoidalar, ijtimoiy psixologiya va asosiysi - 
iqtisodiyot evolyutsiyasini kiritadilar. 
159 


Institutsionalizm – bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariyadagi yangi klassik 
yo’nalishga muqobildir. Agar yangi klassiklar A.Smitning bozor xo’jaligi 
mexanizimining takomilashganligi va iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblashi 
to’g’risidagi tezisiga va «sof iqtisodiy fan» ga amal qilsalar, institutsionalistlar esa 
moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruxiy, 
ma’naviy, huquqiy va boshq omillarni hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, 
institutsionalizm o’zi tahlil qiladigan predmet sifatida sotsial-iqtisodiy 
rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolarni ilgari surdi. Bunda 
tadqiqot ob’ekti institutlar-birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir-
birlariga qarshi qo’yilmaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə