O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


   Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

28 


 Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. 
 
Yusuf Balosog’uniy Ettisuv o’lkasidagi Ko’zo’rda (Balosog’un) shahrida 
1016-1018 yillar orasida dunyoga keldi. 
Shoir haqida ma’lumotlar ko’p emas. “Qutadg’u bilig” asarini 50 yoshlarda 
hijriy 462 yili (1069/70) yozib tugatgan Yusuf o’zi haqida asar muqaddimasida 
shunday ma’lumot beradi. Bu kitobni tartib beruvchi Balasog’unda tug’ilgan, par qiz 
sohibi (sabr-qanoatli) kishidir. Ammo bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq 
maliki Tavg’achxon darohiga keltiribdir. Malik uni yorqlab, ulug’lab o’z (saroyida) 
Xos Xojiblik (lavozimini) beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug’ Xos xojib deb 
mashhur nomi tarqalibdi. 
“Qutadg’u bilig” biz uchun g’oyat muhim iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan asar 
sifatida ilmiy ahamiyati kasb etadi. Asardagi mohiyatga to’g’ri haq to’lash, boshqalar 
mehnatini to’g’ri taqdirlash, qadriga etish, moddiy manfaatdorlik, kasb-xunar 
egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o’rin berilgan.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan XI asrda yashab 
ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib Bolasag’uniy hisoblanadi. U 
jamiyatning rivojlanishida mehnatning rolini qayd qilib o’tgach, shunday deydi: 
«Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas, balki 
sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan
cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratdi. 
U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda yaratiladigan moddiy 
boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi, aynan dehqon mehnati odamlarni 
boqadi va kiyintiradi, chorvador esa eyish, kiyish va minish uchun foydalanadigan 
otlarni, tuyalarni va boshqa hayvonlarni ko’paytiradi deb qayd qilib o’tadi. Shular 
bilan birga hunarmandlar turmush uchun kerak bo’lgan buyumlarni yaratadilar. 
Olimlarning mehnatiga yuqori baho beriladi. 
Yusuf Xos Hojib pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish 
vositasi funktsiyalarini aytib o’tadi. Uning fikriga ko’ra, davlatning qudrati nafaqat 
armiyada, balki xazina mablag’larida hamdir. Lekin davlat qimmatbaho buyumlarni 
jamg’arish bilan qiziqib ketmasligi, davlat mablag’larining bir qismini xalq 
manfaatlari yo’lida sarflashi lozim. Yusuf Xos Hojibning bu fikrlari to’g’ri 
ekanligini hag’tning o’zi tasdiqladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə