O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
 
 
 
A.Navoiyning iqtisodiy g’oyalari. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida iqtisodiy g’oyalar muhim o’rin 
egallaydi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal g’ritilgan. 
Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma’qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilik 
qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak 
baho bergan. 
Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining 
sig’siy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini 
32 


barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik xis tuyg’usini uyg’otish zarurligini 
yaxshi tushingan. 
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» 
hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi roliga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy 
ahvoli mamlakat xukmdorining akl-idroki va qobiliyatiga bog’liq deb aytib beradi. 
Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodig’t, tarix, falsafa va sig’siy 
fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarag’tgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, 
agar teskari bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi, deydi Navoiy. Keyinchalik 
jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining roli katta 
ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi. 
Navoiy mamlakat iqtisodig’tini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq 
xo’jaligida etishtirilar edi. Uning fikricha Markaziy Osig’ sharoitida irrigatsiya 
inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim 
omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab 
chiqarish vositasi bo’lgan erni kengaytirishga uning unumdorligini oshirishga katta 
e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkin deydi. Birinchi yo’l - bu o’z 
mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u 
qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi 
qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtig’jlariga, 
uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. 
Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan 
qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li - bu o’g’irlik, ta’magarlik va zo’rlik 
hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirishga keskin qarshi chiqdi, 
qoraladi. 
Alisher Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500 y.) asarida jamiyatning 
boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o’ynashi haqidagi iqtisodiy g’oyani 
merkantilistlardan bir asr ilgariroq asoslab bergan ekan “Savdogar, -deb yozadi 
buyuk allomamiz, - yolg’iz foydani niyat qilmasligi”, “savdo qilib foyda topaman
deb ortiqcha kema surmasligi”, “mol va pul ko’paytiraman, deb jonsarak bo’lmasligi 
kerak”, “savdogar boj-xirmi berish o’rniga o’z molini yashirib, o’z obro’sini 
to’kmasa yoki topgan-tutganini merosxo’rlari sotib sovurishi uchun to’plab qo’ymasa 
yoki biror yomon hodisa qo’zg’ash uchun sarflamasa, jamg’armasi yaxshi bo’ladi”. 
Allomaning savdogarlar to’g’risidagi ushbu fikrlari xuddi bugun bizning 
savdogarlar va tijoratchilar uchun aytilayotgandek tuyuladi. Mamlakatdagi ijtimoiy 
guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning 
fikricha dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda 
moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda 
muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to’g’risida 
quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon erni g’rish bilan rizq yo’lini 
ochuvchidir». U yozadi, “Olamning obodonligi dehqondan, mehnat ahli shodon, ular 
shodon”. “Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat etkazar, 
33 


ham barakat”. Shu bilan birga u dehqon mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik 
yaratishdagi hatti harakatini quyidagicha tasvirlab berdi: 
«Har ne qilsalar harakat
Xalqqa ham etar ovqat ham barakat». 
Navoiy ijtimoiy hag’tga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. 
Uning fikriga ko’ra, kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron 
narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda 
bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non 
kerak, dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulollari 
zarur. Dehqon mehnatini mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi, 
mashshoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham 
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muxtoj. 
Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, dehqon mehnati bilan 
o’z ehtig’ji uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab chiqarib, 
jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy 
ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning qo’shimcha 
mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi degan fikriga mos tushadi. Navoiy 
qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb 
etadi, degan ilg’or fikrini ilgari suradi. Bu fikr o’sha davr, ya’ni feodalizm 
rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to’g’ri fikr bo’lib 
qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir. 
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy 
munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritag’tgan savdogarlar, ya’ni olib 
sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha, olib sotarlar «o’ziga 
foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya’ni xalqni zarari 
hisobiga foyda ko’ruvchilardir. 
Navoiy intelektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning 
mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas’uliyat va 
burchlarini sezishga chaqirdi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə