O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

37 


 
Tayanch iboralari: 
- zaruriy 
buyumlar; 
- «zarur bo’lmagan buyumlar»; 
- ehtiyojlar; 
- «ideal 
shahar»; 
- «ideal 
davlat»; 
- raiyat, mehnat xususiyatlari. 
 
 
Asosiy adabiyotlar: 
1,2,3,5,6,7,9,10,11,12,13,14.15,16,17,18. 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
2,4,6,7,8.11,12. 
38 


3-MAVZU. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI. 
 
Reja: 
1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy – iqtisodiy asoslari – birinchi 
iqtisodiy maktab ekanligi. 
2. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mazmuni. 
3. Iqtisodiy g’oyalarining rivojlanishida merkantilizmning roli. 
 
 
Muammoli savollar: 
Natural xo’jalik munosabatlarining siqib chiqarilishining asl sababi nimadag’ 
Bozor iqtisodiyotiga bo’lgan birinchi ilmiy qarash tizimi nima deb ataladig’ Boylik 
manbai muomala deb talqin qilish sababi nimadag’ Merkantilizm ta’limotidan 
hozirigi davrda foydalanish mumkinmig’ Pul balansi bilan savdo balansining farqi 
nimadag’ 
1. Merkantilizmning nazariy va metodologik xususiyatlari 
Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan 
siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. 
Bu davr iqtisodiy adabiyotda odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm 
(italiyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan - savdogar ma’nosini anglatadi), bu 
bozor (kapitalistik) iqtisodiyotga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir. 
Merkantilizm tarafdorlari boylikning kelib chiqish manbai savdoda
mamlakatning boyligi to’plangan pul bilan o’lchanadi degan fikrni ilgari suradilar. 
Merkantilizmni ikki oqimga: dastlabki va so’nggi merkantilizmga ajratiladi. 
Dastlabki merkantilizm vakillari davlatning kuch-qudrati pulda, shunga qarab 
a.olining turmush tarzi shakllanadi deb ko’rsatishadi. Demak, pulni qonuniy yo’l 
bilan ko’paytirish kerak. Davlat esa qimmatbaho metallarni chetga chiqarmaslikka, 
importni cheklashga harakat qilishi, chetdan pul kirib kelishini rag’batlantirish kerak 
degan g’oyani ilgari suradilar, so’nggi merkantilistlar esa aktiv savdo balansiga 
erishish, ya’ni ko’proq sotib, olishni targ’ib etadilar. Bu oqimning namoyandalari Vil 
Staffird, Tomos Men, Antuan Minkreten, Jon Lou, Gaspor Skaruffi va boshqalarning 
nomlari tarixda qolgan.
1
Merkantilizm eng avvalo davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning 
amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining 
maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy 
maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini 
qo’llab quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
1
D.Tojiboeva, Iqtisodiyot nazariyasi. T., «O’qituvchi» nashriyoti, 2002. 9-10 betlar. 
39 


Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash printsiplari quyidagilar bilan 
xarakterlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; 
mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni 
tartiblash; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; 
import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni
ayniqsa tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini 
ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi 
aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz merkantilizmning asosi hisoblanadi. 
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, halq 
farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb 
kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin 
o’zgardi. Avvalo natural-xo’jalik tuzumining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining 
o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa yangi erlarning ochilishi, buyuk 
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi 
navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli 
metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib 
jamiyatning boyishida savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantilizm 
qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga 
muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-
quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek «qo’shningni quritsang» 
go’yoki millat boy bo’ladi kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantilizm 
bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy 
tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy – metodologik xususiyatlarga ega. 
Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantilistlar: 
- tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal 
ko’rdilar, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda; 
- tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi 
ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini 
sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan 
ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar; 
- pulning paydo bo’lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, 
pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar; 
- pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy 
xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog’lab talqin qildilar; 
- mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi 
zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar; 
- iqtisodiy o’sishni davlatning tashqi savdoni tartiblashi va savdo balansida ijobiy 
saldoga erishish tufayli mamlakat pul boyligining ko’payishi natijasi sifatida 
qaradilar. 
Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy 
adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivojlanishidagi ikki bosqich - dastlabki va 
rivojlangan bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga 
bo’linish dastlabki va keyingi merkantilistlarning aktiv savdo balansiga erishish 
yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə