O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
 
 3. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.
Merkantilizm, uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, shuningdek 
ham negativ elementlar nuqtai nazardan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o’chmas iz 
qoldirdi. 
Birinchidan, merkantilistlar kontseptsiyasi deyarli butunlay muomala 
sohasidagi xo’jalik hayot amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo’lsada, bu ularga 
ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy oborotga kiritish, savdo sohasi, ssuda 
43 


operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini 
beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan 
bir xil bo’lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul 
muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo’lsada 
milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan 
tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan; «ixtiyoriy 
ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki 
«yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan. 
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining o’ziga xos 
xususiyatlarini keltirib chiqardi, ayniqsa uning o’rnini klassik siyosiy iqtisod olgan 
rivojlangan Evropa mamlakatlarida, eng avvalo, Angliya va Frantsiyada. 
Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol 
protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura 
tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni 
man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer 
xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Frantsiya ichki 
bozori, uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan, «torligi» oqibatda aynan shu 
vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada frantsuz merkantilizmi kolbertizm deb atala 
boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa 
fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi. 
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Frantsiyaga nisbatan 
ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning 
protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda Ost-Indiya kompaniyasi 
rahbarlaridan biri – Tomas Men nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham 
ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida 
eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, 
J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX 
asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora 
tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira 
boshladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə