O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Aristotelning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Aristotelning iqtisodiy qarashlari. 
 
Antik dung’dagi iqtisodiy fikrlarning yirik namog’ndalaridan biri Aristotel (m. 
o. 384-322 y.) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik 
munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga 
qaraganda iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. 
Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» 
va «Sig’sat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat 
loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda 
xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari ( mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan 
boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin, g’ki er egalari, chorvador, xunarmandlar, 
16 


savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi 
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtig’jlarni 
qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, iqtisodig’t (ekonomika) va xrematistika 
tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. 
Ekonomika, Aristotel tushunchasi bo’yicha - bu eng avvalo dehqonchilikdagi 
kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lganlarning 
asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi - insonning eng muhim ehtig’jlarini 
qondirish hisoblanadi, va shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. 
Xrematistika - bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. 
Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik ortirish maqsadiga erishishning 
cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning 
chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va 
tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiqqan holda, Aristotelning 
xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor», xrematistika esa - «tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bo’lgan bunday 
munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi doirasida quldorik 
davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik xag’tining eng muhim elementlarini sun’iy 
ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha «haqiqatdan ham 
narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga 
ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go’yoki 
pul tufayli amalga oshirilishi «Kundalik hag’tdagi» ancha qulay tovar sifatidagi 
pulning o’zi esa olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o’rtasidagi 
kelishuv natijasida kelib chiqqan, va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish 
«bizning ixtig’rimizda». 
Aristotelning ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi «kamchiligiga» 
ayirboshlashning ikki g’qlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu erda gap shundan 
iboratki, bir joyda ayirboshlash ehtig’jni qondirishda asosiy akt sifatida ko’riladi va 
tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish 
imkonini beradi, ikkinchi bir joyda - aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida 
qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi 
deyishga asos bo’la oladi.
Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari 
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini bir g’qlama tahlil qilib, o’zining yirik 
savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namog’n etdi. 
Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar 
ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, 
savdo kapitalining harakatini esa, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki 
avanslangan pulni ko’payishini, xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga 
o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiqot qiladi va pulning qiymat 
o’lchovi va muomala vositasini aks ettirishini - ekonomika sohasiga, pulning foydani 
ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə