bo’lganda obligatsiyalarga bo’lgan
talab oshadi, negaki kishilar ularni kursi oshishiga
o’ynashni xohlaydilar. Natijada naqd obligatsiyaga bo’lgan talab pasayadi.
Bundan «likvidlik ustunligi» tushunchasi yoki zamonaviy iqtisodiy fan tili
bilan aytganda pulga bo’lgan talab o’z-o’zidan kelib chiqadi. Likvidlikka bo’lgan
talab bilan foiz stavkasi o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha
yuqori bo’lsa, odamlarda o’z aktivlarni naqd shaklda saqlashga bo’lgan
xohish
shuncha kam bo’ladi va aksincha.
Shunday qilib, pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-
sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b)
chayqovchilik uchun talab (foiz stavka funktsiyasi):
D=f(Y,R)
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri
hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning
uchun odamlarga aktivlari daxlsiz hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos
sug’urta fondi zarur.
Dostları ilə paylaş: