O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


A.Marshall va yangi klassik vaziyat. Qiymat (qimmat) va narxning



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

4. A.Marshall va yangi klassik vaziyat. Qiymat (qimmat) va narxning 
shakllanish nazariyasi. Talab va taklif. 
122 


 
Yangi klassiklar, marjinalizm metodologiyasiga suyangan holda, iqtisodiy 
fanning asosiy bo’limlarini o’z ichiga oluvchi bir butun nazariy sistema yaratdilar. 
Xususan, firma daromadlarni taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha 
takomillashtirildi, iste’mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun) muvozanat 
nazariyalari yaratildi. O’sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning 
atoqli vakillaridan biri, kembridj maktabining rahnomasi Alfred Marshallning (1842-
1924) «Ekonomiks printsiplari» (1890) kitobida ancha sistemalashtirilgan ko’rinishda 
ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik vazifasini o’tagan. Unda talab va 
taklif to’g’risidagi kontseptsiyalar birlashtirilgan va ayrim bozorlarni o’rganish uchun 
matematik dastaklardan keng qo’llanilgan. A.Marshall va uning hamfikrlari xizmati 
tufayli yangi klassik nazariya XX asrning 30 - yillarigacha iqtisodiy fanda etakchi 
o’rinni egallab keldi. 
A.Marshall marjinalizm g’oyalarini mustaqil (Jevonsga bog’liq bo’lmagan 
holda) va o’ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab (Smit, Rikardo, Mill) va 
marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha) yutuqlarini birlashtiruvchi bir butun nazariy 
sistema yaratdi. 
123 


Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi. 
 
Iqtisodiy fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri - qiymat 
muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar tovar qiymati 
muammosiga bo’lgan ikki xil yondashuv mavjud bo’lgan: qiymat yo ishlab chiqarish 
xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi 
yondashuvga muvofiq, boylikning o’sishi yo resurslar (mehnat, kapital va er)ning 
unumdorligi natijasi, yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida 
daromadlarni ko’paytirish maqsadida bugungi ne’matlardan voz kechishi oqibatidir. 
Ikkinchi yondashuvga (me’yorli foydalilik nazariyasi) ko’ra, qiymatning asosida 
bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga berilgan sub’ektiv baho 
yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari o’rtasidagi baxslar ko’pincha abstrakt, 
behuda, samarasiz va quruq safsatadan iborat bo’lgan. 
Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, A.Marshall bu baxslarga nuqta 
qo’ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi 
bo’yicha ba’zi kitoblarda esa, hatto fandagi «marshall inqilobi» to’g’risida ham gap 
yuritiladi). Uning xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini 
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o’zaro ta’sir ko’rsatish 
qonuniyatlarini o’rganishni tahlil qilishga o’tishning zarurligini asoslab berdi. 
Boshqacha so’z bilan aytganda, A.Marshall qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki 
bozor muvozanati nazariyasi)ga turlantirdi. 
A.Marshall marjinalistlar yutug’iga yuqori baho bergan holda, ularning klassik 
maktabni va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir tomonlama tanqid qilganini 
ko’rsatib o’tdi. Marjinalistlar qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’lab 
tushuntirishni rad etgach, tovar qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil 
etadi deb, mazkur muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat 
me’yorli foydalilik bilan tushintirdilar). A.Marshall me’yorli foydalilik nazariyasini 
talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan 
birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab chiqarish xarajatlari printsiplari va 
me’yorli foydalilik – talab va taklif qonunnining tarkibiy qismlaridir. Ularning har 
qaysisini «qaychining tig’laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig’ qo’zg’almas 
bo’lib va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga oshirilayotgan bo’lsa, biz 
beparvolik bilan lo’nda qilib ikkinchisi qirqayapti deb aytishimiz mumkin…». 
Marjinalistlarning xatosi talab va taklif simmetriyasiga etarlicha baho bermaslikdan 
iborat, yutug’i esa ulargacha mensilmasdan kelingan talab muammosiga e’tiborni 
qaratganligidadir. 
O’z mohiyatiga ko’ra, A.Marshall bo’yicha, real qiymat – bu talab va taklif 
ta’sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham, taklif ham teng huquqli 
omil sifatida amal qiladi. A.Marshall yo taklifni (klassik nazariya), yoki talabni 
(me’yorli foydalilik nazariyasi) hal qiluvchi omil sifatida ko’rsatishga bo’lgan 
urinishlarning har ikkalasi noto’g’ri ekanligi ko’rsatib berdi. Shu asosida A.Marshall 
oldingi qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va kontseptsiyalarni olib bir butun 
sistemaga birlashtirdi. Masalan, sarfli qiymat nazariyasi bozor taklifining shakllanish 
124 


qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun foydalanildi, me’yorli foydalilik nazariyasi 
esa bozor talabining shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun ishlatildi. 
A.Marshall tovar qiymati (qimmati)ni aniqlashda me’yorli foydalilik va ishlab 
chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. Uning fikriga ko’ra, tovar qimmati bir hilda 
foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə