13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi: foydalilik va uni maksimallashtirish reja



Yüklə 51,23 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü51,23 Kb.
#143051
  1   2   3   4
13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi foydalilik va uni maksima


13-MAVZU. ISTEMOLCHI XULQI NAZARIYASI: FOYDALILIK VA UNI MAKSIMALLASHTIRISH


Reja:
1. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi.
2. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi


1. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi
nisbatning o‘zgarishi.



Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi1. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu erda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
R – narxlarning foizli o‘zgarishi.

Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:


1. O‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Masalan, qishda sovuqdan saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan foydalanish mumkin. YOki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o‘rinda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning o‘rinbosar tovarlari hisoblanadi.
2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog‘i. Iste’molchi daromadida tovar qiymati qanchalik katta o‘rinni egallasa, unga talab shunchalik yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. SHu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi bir necha million so‘mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.

Yüklə 51,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə