O`zbekiston respublikasining oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#133906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li.



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
Ijtimoiy –Iqtisodiyot Fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqlash va sohalash ) kafedrasi 
Iqtisodda Axborot Kommunikatsion va Texnologiyalari fanidan 
 
 
1-MUSTAQIL ISHI 
MAVZU:
.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li.
.Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili.
.Zamonaviy operatsion tizimlar taxlili. 
.Iqtisodiy axborotlarni matn redaktorlari vositalaridan foydalangan holda 
qayta ishlash dasturlari. 
TOPSHIRDI:96-20 GURUH TALABASI ABDURAIMOV SARDOR 
TEKSHIRDI: O’NG’OROV DIYOR 
 
 
 
GULISTON 2021 


1
.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li.
2.Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili.
3.Zamonaviy operatsion tizimlar taxlili. 
4.Iqtisodiy axborotlarni matn redaktorlari vositalaridan 
foydalangan holda qayta ishlash dasturlari. 
 
 
1
.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li. 
 
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta 
qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy 
ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat 
hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. 
Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una "Raqamli 
iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli 
iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga 
javob izlashga harakat qilamiz. 
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin 
bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga 
keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish 
kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish 
fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz 
kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi 
kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik 
guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma 
berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi 
muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini 
ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz 
sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik 
yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik 
mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va 
mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz 


hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy
mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U 
yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina 
charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak. 
Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga 
Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo'l olasiz, 
mashina vokzalda qoldiriladi... 
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili 
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan 
aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv 
rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday 
o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. 
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish 
va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, 
katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz 
qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, 
texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi 
tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, 
raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga 
oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli 
kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. 
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron 
tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, 
internet o'yinlari ko'riladi. 
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik 
hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik 
ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, 
internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn 
buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda 
atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil 
bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, 
smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə