Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari
. Fan taraqqiyoti ikki katta
davr va beshta bosqichda rivojlandi. Birinchi davr dastlabki fan va ikkinchi
davr haqiqiy fan deb nomlanadi. Dastlabki fan bir bosqichda, haqiqiy fan uch
bosqichda namoyon boʻladi.
Dastlabki fan davri va ilk fan bosqichi. Miloddan avvalgi I ming
yillikdan XVI asrgacha boʻlgan davr ilk fan bosqichidir. Bu bosqichda asrlar
mobaynida avloddan-avlodga oʻtib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati
jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega boʻlgan
tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela
boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari
sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni
echishda foydalaniladigan ma‘lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan
falsafada tegishli boʻlimlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin
shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va
hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan,
Aristotelning
falsafiy
asarlarida
fizika,
zoologiya,
embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch
kelish mumkin. Miloddan avvalgi III–II asrlarda falsafiy bilim tarkibida
statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, koʻzgular
haqidagi alohida fan – «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil
ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy
matematika, al-Fargʻoniy astranomiya, al-Beruniy mineralogiya va
50
geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulugʻbek astranomiya, Alisher Navoiy
adabiyot ilmi rivojiga hissa qoʻshdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda
ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy
kuzatishlar
va
amaliyot
ma‘lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin
eksperimental metodlar hali qoʻllanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa
asossiz va tekshirib boʻlmaydigan spekulyasiyalar mahsuli hisoblanadi.
Ammo koʻrib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr
mobanida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton oʻzining
fizika asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb
nomlangan asarini e‘lon qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat
sohasi sifatidagi fan hali mavjud boʻlmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy
bilimlarning boshqa manbai – hayot amaliyoti va hunarmandchilik san‘ati
bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ―Platon akademiyasi‖(201-
yilda Platon akademiyasiga 2400-yil toʻlishi bilan XXIII Jahon Falsafa
Kongressi Gretsiyaning Afina shahrida oʻtkazildi), Markaziy Osiyoda
―Ma‘mun akademiyasi‖ tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan
yutuqlarga erishilgan boʻlsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan
paydo boʻlishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
Haqiqiy fan davri fan taraqqiyotining birinchi bosqichi bilan
boshlanadi. XVI–XVII asrlar – 1-ilmiy inqilob davri boʻlib, u klassik fan
bosqichi deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va
Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va
matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan oʻz choʻqqisiga koʻtarilgan.
Fanning buyuk ijodkorlari Galiley va Nyuton yashagan davr –kashfiyotlar,
shuningdek sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib
borilgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan.
Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qoʻlga kiritilgan ayrim dalillar
tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat
qonunlarini matematik ta‘riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bogʻliq
boʻlgan yangi me‘yorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan oʻz
metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan
masalalarni yechishga tobora faolroq yoʻnaltirilgan.
Biroq fan oʻzining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan
sugʻorilgani sari – falsafadan uzoqlasha boshlaydi. Bu davrda fan falsafiy,
diniy, teologik aqidalardan qat‘i nazar rivojlanishi mumkin boʻlgan ilmiy
bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida,
mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo boʻladi, ularni
tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta‘limi tizimi rivojlanadi. Oʻz
51
faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va
qoidalariga ega boʻlgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.
Dostları ilə paylaş: |