69
beradi, yaqinlarga nisbatan xayrixoh boʻlishni, bir-biriga yordam berishni,
yomonlik bilan kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, zoʻravonlik,
oʻzboshimchalik, hasad, tuhmatni qoralaydi, gʻazab va shahvatga
berilmaslikni targʻib etadi, berilgan va‘daga vafo qilmaslikni, oʻgʻrilikni
ta‘qiqlaydi, tuzilgan shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgoʻy boʻlishni,
qarzni oʻz vaqtida toʻlashni ta‘kidlaydi. Muhim
axloqiy me‘yorlarga
quyidagilar kirar edi: homiladorlik va koʻz yorish davrida ayol toʻgʻrisida
gʻamxoʻrlik qilish, yerni ishlash, daraxtlar oʻtkazish, suv va oziq-ovqat
manbalarini toza saqlash, chorva boqish, muhtojlarga oʻzidagi ortiqcha
narsalar bilan yordam koʻrsatish, foydali hayvonlar haqida gʻamxoʻrlik
qilish. Zaratushtra ta‘limoti Markaziy Osiyo va Erondan boshlab Qora dengiz
va Misrgacha yoyilgan edi. Ushbu ta‘limotga koʻra, oliy xudo- Xoliq va unga
qarshi turgan va unga boʻysunmaydigan yovuz kuchlar mavjuddirlar. Xoliq
dunyoni muayyan maqsadda yaratgan, ammo hozirgi holatda bu dunyoning
intihosi boʻlib, bu haqda dunyoning najotkori kelib, undan xabar beradi.
Jannat va doʻzax mavjud boʻlib, har bir ruh kishi vafotidan soʻng sudga
tortiladi. Zamonlar oxirida oʻlganlar tirilib, Qiyomat qoyim boʻladiki,
oʻsha‘nda barcha gunohkorlar yakson qilinadilar. Soʻngra Yer yuzida
Xudoning saltanati barqaror boʻladi va taqvodor kishilar bu saltanatga
kiradilar. Xristianlik, gnostik mazhablar va Shimoliy buddaviylikda
Zaratushtra oʻz ta‘limoti bilan Axmoniylar imperiyasining barcha
viloyatlarida qoldirgan chuqur ta‘sirini oʻtkazdi. Zardushtning narigi dunyo
haqidagi ta‘limoti avval yahudiylar, soʻngra xristian va islom diniga oʻtdi va
bu dinlar ta‘limotiga binoan qayta-qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: