Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Xulosalar.
Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga 
munosabatlari, undagi oʻrni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy 
qarashlari tizimi. 
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan boʻlib, 
unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na oʻz urugʻidan 
ajralmagan holda namoyon boʻladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u 


60 
dunyo va gʻayri tabiiy dunyoga boʻlish xos. Dinning asosi gʻayritabiiy 
kuchlarga ishonch bilan yoʻgʻrilgan. 
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan oʻzining atrof-muhitga 
tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi
gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar 
chiqaradi. 
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, 
insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan 
nazariy munosabati . 
Falsafaning ahamiyati, uning insonni oʻz-oʻzini, olamni anglashga
ijodiy barkamollikka yoʻnaltira olishidadir.
 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Qanday muammolar falsafiy muammolar deb ataladi? 
2. Mifologik dunyoqarashning oʻziga xos jihatlarini ayting.
3. Dinning asosiy funksiyalari qaysilar?
4. Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy 
farqi nimada? 
5. Falsafa nimani oʻrgatadi? 
6. Falsafa va fanning oʻzaro nisbati qanday? 
7. Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta‘riflang.
8. Falsafa tarixini oʻrganish qanday maqsadni koʻzlaydi? 
9. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi me‘yor 
hisoblanadi? 
10. Ayrim insonning yaxlit falsafiy dunyoqarashi falsafiy plyuralizm 
asosida qanday shakllanadi? 
11. Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga ta‘rif berish 
qanday amalga oshirilgan? 
12. Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda? 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə