Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


- mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

 
2- mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: 
Sharq falsafasi 
 
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo 
boʻlishi.
«Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI–IV ming 
yilliklarda Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni oʻz 
ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol oʻynadi 
hamda Sharqning oʻziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon 
sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. Oʻzbek xalqining milliy, 
falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bogʻliq 
ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi boʻlgan asotiriy qarashlarni 
atroflicha oʻrganishga asos yaratadi. ―Qadimgi madaniyat makoni boʻlgan 


61 
Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta‘minladi va Sharq 
bilan Gʻarb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy 
va Hindiston bilan bogʻlovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini 
ta‘minlovchi xalqa vazifasini oʻtadi‖
1
, – deydi antik va qadimgi dunyo 
adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.
Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar
falsafaning tub ildizlari, ma‘naviy 
manba‘laridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq 
mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga 
keldi. Unda insonning uni oʻrab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-
muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda 
badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik harakteri namoyon boʻladi. 
Misol uchun, insoniyat ta‘maddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk 
asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud boʻlgan. Veda bilim, ta‘limot degan 
ma‘noni bildirib, toʻrt qismdan – Rigveda, Samoveda, Yajurveda, 
Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan 
oldingi II ming yillikka taalluqli boʻlib oʻzida asotiriy qarashlarni ifodalagan, 
tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar koʻrinishidagi qadimgi hind adabiy 
yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she‘rlar toʻplamidan iborat boʻlib,
ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo boʻlgan, u qanday va kim tomondan 
yaratilgan, degan savollarga javob izlangan.
Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan 
butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam 
Purusha‘ning tanasini boʻlib-boʻlib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va 
oʻzi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak 
boshlangʻich) material borliq – prakriti (ayol boshlangʻich)ning birikuvidan 
iboratdir.
Xitoy asotirlari ham oʻz tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming 
yillarga borib taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari oʻz shakllanish davrida 
qadimgi Xitoy, daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq ogʻzaki ijodi 
mifologik tizimlarini birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi 
asarlardan biri «Sha‘n xay szin» («Togʻlar va daryolar kitobi») boʻlib u 
eramizdan avvalgi IV–II asrlarda yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari 
voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga 
kelguncha tuman va qorongʻulik bilan toʻlgan tubsiz xaos mavjudligi, koinot 
kuchlari boʻlgan Yan va In vositasida tartibga keltirilganligi haqida 
tasavvurlar bor. Ba‘zilarida esa dunyo gʻayri tabiiy umumiy inson boʻlgan 
Pan-Gudan paydo boʻlganligi aytiladi. aynii shu afsonada Xitoy falsafasi 
uchun muhim boʻlgan, shaxsiyatga ega boʻlmagan dunyoviy qonun boʻlmish 
«dao» haqidagi gʻoya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek 
1
Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 9-бет.


62 
inson va tabiat birligi, mirokosmos-inson va makrokosmos-dunyoning birligi, 
chambarchas bogʻliqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bogʻliq 
barcha sohalar: san‘at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham 
insonga tabiat orqali yoʻl mavjudligini ta‘kidlaydi. Xitoy mifologik merosi 
uning geografik hududi va iqlimi bilan bogʻliqdir. Masalan, bu afsonalarda 
osmonni ulugʻlovchi, zamirida koʻproq shamanlik bilan bogʻliq boʻlgan 
asotirlar ham, shuningdek tabiiy-ilmiy fikr kurtaklari bilan bogʻliq 
ma‘lumotlarga ham duch kelamiz. Xususan, Shan davrida, eramizdan oldingi 
II ming yillik boshlarida xitoyliklar toʻrtinchi tartib hududida hisob 
yuritishni bilganlar, Xan sulolasi davrida esa algebraik tenglamalarning 
yechimi haqida ham ma‘lumotlar mavjud boʻlgan.
Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari Ikki daryo oraligʻi yoki 
Mesopatamiyada vujudga kelgan Gilgamish haqidagi dostonda ifodalangan. 
Bu dostonning qadimiyligi eramizdan avvalgi IV ming yillikka borib 
taqaladi. Gilgamish ikki qismi xudo, bir qismi odamdan iborat afsonaviy 
qahramon boʻlib, u Mesopatamiyaning qadimiy hududlarida istiqomat qilgan 
Shumer va Akkad mamlakatlari qahramoni boʻlgan. Gilgamish haqidagi 
dostonning turli variantlari mavjud. Bu afsonaviy qarashlarda Gilgamish 
xudolar yoki tabiat kuchlari bilan kurashuvchi qahramon emas, doʻsti 
Enkidaga sodiq inson, insoniy munosabatlarni qadrlovchi obraz sifatida 
tasvirlanadi. Bu afsona mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlariga berilgan 
imtiyoz sekin-asta inson omiliga qaratilganidan dalolat berar edi. 
Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar 
―Avesto‖da oʻz ifodasini topgan. Zardushtiylikning bu yozma manbai boy 
dunyoqarash mazmuniga ega boʻlib, uning bosh gʻoyasini Axuramazda va 
Axrimon obrazlari orqali ifodalangan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi qarama 
– qarshilik kurashi va bu kurashda ezgulikning gʻalaba qozonishi tashkil 
etadi. Shuningdek, unda olamning boshlangʻich asoslari va tuzilishi, 
yaxlitligi toʻgʻrisida muhim fikrlar mavjud. Zardushtiylik qadimgi Hindiston 
va Yaqin Sharq diniy mifologiyasi mitraizmning Markaziy Osiyo xususan 
qadimgi Turonzamin va Erondagi kechki koʻrinishi boʻlib, unda Quyosh 
xudosi va unga bogʻliq boʻlgan olovning muqaddaslashtirilishi e‘tiborlidir. 
Axuramazda timsolida gavdalangan dunyoviy Aql hamda suv, er, havo, olov 
biridan biriga oʻtuvchi yoki birlashuvchi-unifakatsiyalanuvchi elementlardir.
Bunday mifologik – falsafiy fikrlar keyinchalik Qadimgi Sharq va Gʻarb 
falsafasi, xususan, lokayata falsafiy ta‘limoti, Platon va Aristotel ontologik 
konsepsiyalarida olamning ibtidosi masalasining qoʻyilishi va hal etilishiga 
koʻrsatgan ta‘siri yaxshi ma‘lum. 
Sharq mifologik merosi oʻzining yuqori badiiy-falsafiy tuzilishi, 
gnoseologik va ontologik tizimiga ega. Mifologik-asotiriy qarashlar 
naturfalsafiy harakterga ega boʻlgani uchun ham Sharq sivilizatsiyalari 
tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida ulkan natijalarga erishdi va jahon fani 


63 
rivojlanishiga katta ta‘sir koʻrsatdi. Bizgacha yetib kelgan Papirus yozuvlari 
misrliklarning matematika va geometriya (turli shaklning xajmi va yuzasini 
oʻlchash), astronomiya (aniq quyosh taqvimining tuzilishi keyinchalik 
Evropada taqvimga asos boʻlgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon 
tomirlari haqidagi ta‘limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini 
oʻrganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi 
keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Mesopatamiya qoʻshni hududlarga 
matematika va astronomiya sohasidagi bilimlar bilan katta ta‘sir koʻrsatdi. 
Mesopatamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy 
fazalarini boʻlish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va 
sayyoralar roʻyxati, koʻplab harakat holatlarini aniqlash boʻyicha yangiliklar 
kiritdi. Ikki daryo oraligʻida astrologik bilimlar ham rivojlandi. 
Qadimgi dunyoning ma‘lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni 
alohida oʻziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. 
Eramizdan avvalgi VII–VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri 
boʻlib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari 
vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri 
shakllandi, hozirgacha mavjud boʻlgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab 
chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni 
ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardoʻshtiylik 
mifologik –falsafiy ta‘limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va 
qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta‘limotining yangi falsafiy maktablar 
yaratish davri boshlandi, Upanishadalar paydo boʻldi. Diniy-afsonaviy 
tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma‘naviy zamin tajribaviy bilimlar 
va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, Yer ishlari haqidagi 
bilimlar, metallurgiya, jugʻrofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan 
tahliliy tafakkur edi. Bunday burulish davriga ijtimoiy va u bilan mutanosib 
rivojlangan gnoseologik omillar sabab boʻldi. 
Chunki bu davrga qadar qadimgi hind va xitoy fani ham koʻplab 
yutuqlarni qoʻlga kiritgan edi. Hindistonda noldan foydalanib oʻnlik sanoq 
tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi («son», «tub son», «sinus» 
kabi ata‘malar Hindistonda paydo boʻldi). Oʻlim sababini aniqlash maqsadida 
murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fizologiya‘ni 
rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot 
taraqqiyoti haqida manbalarda jarrohlikning 300turi boʻlganligi va 120ta 
jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Barchaga ma‘lumki, Xitoy ipak, chinni 
va qogʻozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, 
shuningdek, Xitoyda porox, kompas (mil. av. III asr) Yer qimirlashini 
aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil. av. 613-yilga tegishli 
Xitoy qoʻlyozmalari topilib unda Galley kometasi haqidagi eng qadimgi 
ma‘lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining 
harakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning oʻrni 


64 
koʻrsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim joriy qilinib (mil. av. 
104 y.), unga koʻra bir yil 36524

kunga teng boʻlgan. Mil. av. 28 yilda Xan 
imperiyasining astronomlari quyoshda dogʻlar mavjudligini kuzatganlar. 
Xitoy matematiklari tarixda birinchi boʻlib hisobda manfiy sonni 
qoʻllaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab 
chiqqanlar.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə