Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari. 
Misr tarixi Qadimgi, Oʻrta va Kichik hoqonlikka boʻlinadi. Qadimgi 
xoqonlik eramizgacha boʻlgan 2900–2200 yillarni oʻz ichiga oladi. Oʻrta 
xoqonlik IX–XVI dinastiyalaridan tashkil topib, 2200–1600 yillarni, yangi 
xoqonlik XVII–XX dinastiyalaridan tarkib topib, 1600–1100 yillarni qamrab 
oladi. Mustaqil Misr tarixi XXVI dinastiya (665–525) bilan tugaydi. Bu 
davrda Misr markazi Sais boʻlgan. Shuning uchun ham XXVI dinastiyadagi 
Misr Sais Misri deb ataladi. 
Qadimgi Misr fani rivoji piramidalar misolida koʻzga yaqqol 
tashlanadi. Ularning eng ulkani Xeops piramidasi boʻlib, uning balandligi 
146 metrdir. U 2,5 mln. oxak va granit toshlaridan (bloklaridan) qurilgan 
boʻlib, har biri 2,5 tonnadan 54 tonnagacha ogʻirlikka ega. Bu piramida 20 yil 
davomida 30 ming kishining mehnati bilan qurilgan. Piramidalar qurilishida 
misrliklarga 1000000 soni ma‘lum boʻlgan. 
Misrlik astronomlar osmonni kuzatishgan, u amaliy ahamiyatga ega 
boʻlgan. Masalan, Nil daryosining har yilda toshishi Misr osmonida eng 
yorqin yulduz-Siriusning paydo boʻlishiga toʻgʻri kelgan. Misrlik olimlar 
ekliptika–Quyoshning yulduzlar toʻplamidagi koʻrinishidan kelib chiqib, uni 
12 qismga boʻlishgan va ular yigʻindisi Zodiakni, ya‘ni ―xayvonlar doirasi‖ni 
hosil qiladi, deb hisoblashgan. Ekleptikadagi har bir yulduzlar turkumiga 
qandaydir bir hayvon nomi berilgan. 1,5 ming yil davomida Misr olimlari 
373 marta Quyosh, 832 marta Oy tutilishini kuzatishgan. 
Qadimgi Misr kalendari 12 oydan tashkil topgan boʻlib, ularning har 
birida 30 kun boʻlgan. Yil boshida hech bir oyga kirmaydigan beshta 


66 
muqaddas kun boʻlgan. Keyinchalik Quyosh-Oy kalendari yaratildi. Oy 
kalendarini Quyosh kalendariga moslashtirish uchun har 25 yilda 13-oy 
qoʻshilgan. Sutka vaqti Suv va Quyosh soatlari bilan oʻlchangan. 
Qadimgi Bobilda ham, Qadimgi Misrda ham ilm bilan shugʻullanish 
kohinlarning ishi deb sanalgan.
Qadimgi Misr lirikasi ham yaxshi rivoj topgan. Ammo bunda 
tamomila gʻayridiniy gʻoyalar ilgari surilgan qoʻshiqlar ham bor. Masalan, 
―Arfist qoʻshigʻi‖da olamning diniy-mifologik manzarasi shubha ostiga 
olinadi. Unda aytiladi: ―Hech kim hali u yoqdan kelib, unda nimalar borligi 
toʻgʻrisida, ularga nima kerakligi haqida hech nima demagan, qalblarimizni 
tinchlantirmagan‖
1
. Qoʻshiqda ―oʻlganlardan hech biri qaytib kelmagan‖
2
deyiladi. Tirik ekansan, qalbing xohishiga qarab ish koʻr, deb aytiladi. 
Lekin boshqa bir asar ―Oʻlim maqtovi‖da narigi dunyoning mavjudligi 
toʻgʻrisida mulohaza bor: ―Vaqt uyqu singari lip etib oʻtib ketadi va Quyosh 
botar maydonda ―xush kelibsiz‖ deb kutib olishadi‖
3
. Bu maydonni misrliklar 
Gʻarbda deb hisoblashgan. 
Geografik joylashuviga koʻra Bobil, ya‘ni Mesopatamiya yoki Ikki 
daryo (Tigr va Evfrat) oraligʻi ikki qismdan: shimoliy togʻoldi va janubiy 
past-tekislikdan tashkil topgan. Unda paleolit davridayoq axoli yashar edi. 
Eramizgacha boʻlgan toʻrtinchi ming yillikda Mesopatamiyaning tekislik 
qismiga shumerlar, oʻrta qismiga akkadlar kelib joylashadi. Eramizgacha 
uchinchi ming yillikda shumerlar janubda, akkadlar shimolda qator mustaqil 
shahar-davlatlar barpo etadilar. Eramizgacha boʻlgan uchinchi ming yillik 
oʻrtalarida Shumer shaharlari Lugalzagissi, Akkad shaharlari Sargon I 
tomonidan birlashtiriladi. Bu ikki birlashma oʻrtasidagi kurashda Akkad 
gʻolib chikadi. U oʻziga Mesopatamiya tekislik qismini boʻysundiradi. Biroq 
Shumer-Akkad davlati uzoq yashagani yoʻq. Mesopatamiya tabiiy 
chegaralar, toʻsiqlar bilan himoyalangan, xalqlarning koʻchuv markazida 
joylashgan edi. Kelgindi gutlar Akkad davlatini yakson qiladi. Keyinchalik 
paydo boʻlgan Shumer davlatining Ura III dinastiyasi amoritlar va elamitlar 
tomonidan yoʻq qilinadi, ularning oʻzaro kurashida esa amoritlar gʻolib 
chiqishadi.Ular markazi Bobil boʻlgan davlatni barpo etdilar. 
Qadimgi Bobil xoqonligi (1894–1595) oʻz yuqori choʻqqisiga 
Hammurapi (1792–1750) davrida erishdi. U ikkinchi ming yilning oʻrtalarida 
xettlar va kassitlar tomonidan yakson qilindi. Kassit dinastiyasi (1518–1202) 
tarixi 
toʻgʻrisida 
ma‘lumotlar 
kam. 
Eramizgacha 
VII-asrda 
Mesopatamiyaning togʻoldi qismida assuriyaliklar dastlabki yirik Yaqin 
Sharq davlatini barpo etib, uning hududi Erondan Misrgacha boʻlgan joylarni 
qamrab olgan edi.
1
Лирика Древнего Египта. –М., Художественная литература Москвы, 1965 –С. 84. 
2
Там же, с. 85. 
3
Там же, с. 86. 


67 
Bobilning ikkinchi gullab-yashnashi Yangi Bobil xoqonligiga toʻgʻri 
keladi (612–538). U forsiylar tomonidan yakson qilingan. Qadimgi Bobil-
―bronza davri‖ madaniyatining tipik namunasi. U toʻgʻrisidagi manbalar 
toshdagi va qotgan loydagi yozuvlar boʻlib, ular assuriya-bobil (akkad) tilida 
bitilgan. Assuriya hukmdori Ashshurbanipal kutubxonasida 30 mingdan 
koʻproq loy jadvallar mavjud boʻlgan. Matnlarda ish xujjatlari, qoidalar
tarixiy ma‘lumotlar, tibbiy retseptlar, lugʻatlar, matematik masalalar, xudolar 
sharafiga bagʻishlangan bitiklar qayd etilgan. Ularda qadimgi ilmiy va 
dunyoqarash mazmuniga ega ma‘lumotlar ham oʻz aksini topgan.
Qadimgi Bobil xoqonligi davriga oid koʻp matematik masalalar 
mavjud. Ular orasida koʻpaytirish jadvali, kvadrat va kub sonlar, hisoblash 
pozitsion sistemasi bor. Shumer va Akkad-Bobilda oltmishlik hisob sistemasi 
oʻylab topilgan. Eramizgacha ikkinchi ming yillikda Bobil olimlariga kvadrat 
diagonalining tomonlarga munosabati, aylananing radiusga munosabati 
ma‘lum boʻlgan. Ular kvadrat va kub tenglamalarga mos keluvchi 
masalalarni echishgan. 
Qadimgi Bobil astronomlari Aleksandr Makedonskiy davriga 
(eramizgacha IV asr) kelib, oy va quyosh tutilishi davriyligini aniqlashgan. 
Ikki 
minginchi 
yil 
boshida 
quyosh-oy 
kalendarini 
yaratishgan. 
Hammurapining qoʻshimcha oy toʻgʻrisidagi buyrugʻi hozirgacha saqlangan. 
Bu 12 oydan iborat oy yilini (354,36 sutka) quyosh yiliga (365,24 sutka) 
yaqinlashtirish maqsadida qoʻllangan. Keyinchalik 8 quyosh yilining 90 oyga 
(oy yilidagi) yaqin boʻlishi aniqlangan.
Ilmiy bilimlar bilan uzviy bogʻliq holda ratsional bilish, tafakkur 
koʻnikmalari hosil boʻla boradi, falsafiy dunyoqarash elementlari shakllana 
boshlaydi. Lekin Bobilda falsafa paydo boʻlgan emas. Hatto, Yangi Bobil 
hoqonligi davrida ham olamning tuzilishi mif, afsonalar asosida 
tushuntirilgan. Ilmiy bilim kurtaklari hali fanni hosil qilish darajasigacha 
rivojlanmagan . 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə