Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
. Islom dini 
yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi oʻrinda turadi. Islom 
dini Yaqin va Oʻrta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo
Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim oʻrin tutadi va ayni vaqtda 
ularning ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotiga katta ta‘sir oʻtkazib 
kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida 
vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi Gʻarb va Sharq 
davlatlarini bogʻlovchi karvon yoʻllari oʻtgan va uchta qit‘ani tutashtirib 
turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. 
Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha 
boʻlgan. Uning bepoyon choʻllarida yashagan koʻchmanchi arablar 
chorvachilik bilan shugʻullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya 
va Mesopatamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta‘siri kuchli 


72 
boʻlgan. Milodiy I asrda Arabistonning janubi – gʻarbiy qismida shahar – 
davlatlar vujudga kelib, IV–VI asrlarda bu erda Makka, yasrib, Toif kabi 
yirik shaharlar vujudga keladi. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida 
koʻchmanchi chorvador qabilalarda urugʻ–qabilaviy munosabatlarning 
yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo boʻlish jarayoni kuchaydi. Islom 
dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqdi. 
―Islom‖ arabcha soʻz boʻlib, tangriga oʻzini topshirish, itoat, 
boʻysunish, tinchlik kabi ma‘nolarni anglatadi. Islom dini ta‘limoti Qur‘on va 
hadislarda bayon etilgan. Qur‘on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy 
qonun-qoidalar, iymon-e‘tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me‘yorlar oʻz 
ifodasini topgan. Sunna hadislar majmui boʻlib, Qur‘ondan keyin keladigan 
muqaddas manbadir. Islom dinining ontologik asosi tavhid gʻoyasiga, ya‘ni 
yagona Alloh tomondan butun borliqning yaratilishi haqidagi ta‘limotga 
asoslanadi. Gnoseologik asosi esa, insonni ollohni anglash yoʻlidagi 
jismoniy, ruhiy, ma‘naviy holat jarayonlarini va oxir-oqibatda ollohni bilish 
va unga birlashib ketish gʻoyasini ilgari suradi. Islom dinining ontologik va 
gnoseologik masalalarini talqin qilishda, ularga teologik va aqidaviy 
yondashuvlar, shuningdek siyosiy masalalarda islomga e‘tiqod qiluvchilar bir 
necha oqim va yoʻnalishlarga boʻlinib ketganlar.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə