Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Sharq panteizmi va peripatetizmi. 
Sharq panteizmi ―vahdatul vujud‖ 
– yagona vujud birligi ta‘limotidan vujudga kelgandir. Ya‘ni haqiqiy borliq – 
bu Mutlaq zot, ya‘ni olloh oʻzi yaratgan borliqda aks etadi, degan ma‘noni 
bildiradi. ―Parvardigorning yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa 
mavjudliklar shu vujudning ijodi, in‘ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real 
borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U Oʻzi yaratgan olam ashyolarida 
(olami shahodat, olamul xalq) Oʻzini namoyon etib, zohirlanib turadi va shu 
orqali oʻzi-oʻzini idrok etadi. Bu Cheksiz va mavhum Mutlaq zotning 
shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb atalgan. Tajalliy 
barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning oʻzi 
yaratgan olamda doimo hozir boʻlishidir‖ – deb tahlil qiladi tasavvufshunos 
olim Najmiddin Komilov
2
. Bu ta‘limotning asoschisi Ibn Arabiy boʻlib, 
1
Қаранг: Бартольд В.В. История Туркестана // Бартольд В.В. Сочинения. Т.II (с. 1.). – М.: Наука, 1963. –
С.240-275.
2
Комилов Н. Тасаввуф. –Тошкент: Тошкент давлат шарқшунослик институти нашриѐти, 2006. 79-бет. 


74 
tasavvuf falsafasining shakllanishiga asos boʻldi. Keyinchalik Sharq 
panteizmi Farobiy ijodida oʻzining eng mukammal koʻrinishiga ega boʻldi. 
Falsafada odamni tabiiy taraqqiyotning oliy koʻrinishi, Parvardigor yaratgan 
eng mukammal va moʻtabar xilqat deb qarash mavjud. Farobiy va ibn Sino 
asarlarida bu tez-tez tilga olinadi. 
Sharq peripatetizmi IX-XI asr YAqin va oʻrta Sharq, Markaziy Osiyo 
falsafasining yirik oqimi boʻlgan. Asosiy vakillari sifatida – al-Kindiy (800–
879), al-Farobiy (870–950), Ibn Sino (Avitsenna 980–1037), Ibn Tufayl 
(1110–1185), Ibn Rushd (Averroes, 1126–1198) kabi faylasuflarni olish 
mumkin. Bu oqimning boshqacha nomi Sharq mashoyunchilaridir. 
Mashoyunchilar sifatida antik davr Yunon falsafasining yirik vakili Aristotel 
va neoplatonizm oqimi ta‘limotini Sharqdagi maktabi va bu ta‘limotni yangi 
zaminda rivojlantiruvchilar hisoblangan. Sharq mashoyunchilari Aristotel 
mantigʻini diniy, huquqiy, siyosiy, axloqiy va adabiy sohaga tatbiq etishga 
harakat qilganlar va shu orqali Sharqda mantiq ilmi rivojlangan. Shuningdek 
Sharqqa xos boʻlgan mantiq ilmi alohida yoʻnalish sifatida shakllangan. 
Sharq mashoyunchilarining ya‘ni bir muhim faoliyatlari qadimgi yunon-rim 
falsafasi merosini arab tiliga tarjima qilganliklaridadir. Butun dunyo ilmiy 
merosining tarjimalari orqali Ilk oʻrta asr Sharq olimlari Sharqda hind
yunon-rim musulmon dunyosi ilm-fanini birlashtirdilar, bu esa Ilk Oʻrta asr 
Sharqida ilm-fan taraqqiyotida uygʻonish davriga asos yaratdi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə