Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ilk oʻrta asr Sharq falsafasi va Uygʻonish davri



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Ilk oʻrta asr Sharq falsafasi va Uygʻonish davri.
Falsafa tarixi 
sohasida Ilk oʻrta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va 
madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri 
tushuniladi. Bu davrni ba‘zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining 
Uygʻonish davri yoki ―oltin davri‖ deb e‘tirof etadilar. Oʻsha davrda arab 
xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan 
madaniy-ma‘rifiy yuksalishni ta‘minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy 
kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda 
ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari 
boʻlgani bilan izohlanadi
1
. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining 
vujudga kelish omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur 
davrda Bagʻdod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi 
boʻlibgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, ilmiy 
markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754–776), Xorun ar-
Rashid (786–809) va Ma‘mun (813–833) davrida ilm-ma‘rifatga katta e‘tibor 
berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan ―Bayt ul-hikma‖ga asos solinib, bu 
joyda oʻz davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, 
me‘mor, muhandislari toʻplangan. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, 
forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, 
suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, 
1
Қаранг: Абдуҳалимов Б. А. ―Байт ал-ҳикма‖ ва Ўрта Осиѐ олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-
ХI асрларда аниқ ва табиий фанлар). – Тошкент: Тошкент ислом университети нашриѐт-матбаа бирлашмаси, 
2004. –Б.209-236. 


73 
alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar 
arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning 
―Almajistiy‖ (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va 
Arastuning qator asarlari arab tiliga oʻgirildi. ayniqsa, Arastuning mantiqqa 
oid asarlarining tarjima qilinishi Bagʻdod ziyolilari dunyoqarashining 
butunlay oʻzgarishiga olib kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida Oʻrta Osiyoni Toxiriylar (821–873), Safforiylar 
(873–904), Somoniylar (875–999), Gʻaznaviylar (977–1186), Qoraxoniylar 
(999–1212) va Xorazmshohlar (1077–1231) kabi sulolalar boshqargan. 
Saljuqiylar (1033–1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi Oʻrta Osiyo 
hududini butunlay oʻz na‘zorati ostiga oladilar
1
. Ma‘lumki, saljuqiylar 
sulolasi ilgarigi mavqei yoʻqolgan xalifalikni boshqarayotgan Bagʻdod 
xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan 
davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida 
uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid Gʻazzoliy 
va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qoʻllab-quvvatlagan. U 
Bagʻdodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni 
toʻplaydi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, 
Samarqand, Bagʻdod kabi shaharlarda ―Nizomiya‖ nomidagi madrasalar 
ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e‘tiborli tomoni shundaki, 
koʻpgina olimlar oʻz sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, 
birinchi boʻlib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr 
arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri boʻlgan. Umuman olganda, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda koʻplab oʻzgarishlar falsafa, tabiiy-
ilmiy bilimlar rivojida muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarni 
vujudga keltirgan. Oʻz navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan 
ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə