86
tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab idrok etadi. Shu
bois tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga
alohida e‘tibor beriladi.
Koʻrinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga
xizmat qilgan. Ta‘riqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi
qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va
Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya‘ni solih
kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zoʻrlik,
inqilob yoʻli bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish
mumkin, deb hisoblagan. Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va
poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam boʻldi. Bu ehtiyoj, orzu
kuchli zavq va ishtiyoqni, oʻzini unutish va bexudlikka olib borgan ishqni
keltirib chiqaradi.
Tasavvufdagi oʻzini-oʻzi takomillashtirish gʻoyasi, axloqiy yuksalish,
ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga
keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, soʻfiylar,
shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e‘tiqod
qoʻyish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda
odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol boʻlishga intilgan, nafsini tiygan.
Shuning uchun ham tasavvufga ta‘rif berganda, juda koʻp shayxlar uni
shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb
koʻrsatganlar. Agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik gʻoyasi,
xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng
tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan oʻrin olmasdi,
bu qadar qaynoq va jozibali bir she‘riyat yaratilishiga turtki boʻlmas edi.
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator
mutafakkir adiblar, orif soʻfiylar etishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa
bilan bogʻlovchilar deb ayta‘miz. CHunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid
Muhammad Gʻazzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo
Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud
Shabistariy, Ja‘loliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil
shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam
haqida oʻylar, qa‘zovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma‘no, aql va ruh, vaqt
va zamon, inson tiynati xususida koʻplab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu
zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pogʻonaga koʻtardilar. Ularning
asarlarida insoniy ma‘rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib
boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: