Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy 
birlamchi asosi tushuniladi.
Turli narsalar va hodisalar vujudga kelishi va 
yoʻq boʻlishi mumkin boʻlsa, substansiya‘ni yaratish ham, yoʻq qilish ham 
mumkin emas, u faqat oʻz borligʻining shaklini oʻzgartiradi, bir holatdan 
boshqa holatga oʻtadi. Substansiya – oʻz-oʻzining sababi va barcha 
oʻzgarishlar asosi, borliqning eng fundamental va barqaror qatlami. 
Modomiki, substansiya hamma narsani oʻz ichiga oluvchi va oʻzi 
uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi 
sabab ekan, u oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud har qanday narsaning 
1
Юм Д. Сочинения. В 2 т. Т.1.-М.: 1965. – С. 167-168 


162 
mavjud boʻlish imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh gʻoya, oʻzlik, ruh 
yoki ekzistensiya boʻlsin – substansiya yagonadir! «Substansiya» tushunchasi 
koʻplikda qoʻllanilishi mumkin emas. Uning koʻpligi gʻoyasi mazkur 
tushunchaning ta‘rifiga ziddir, chunki mazkur maqomga da‘vogar ikki yoki 
bir necha narsa mavjud boʻlgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya 
hisoblanmaydi. Substansiyalilik paradoksi ana shundan iborat. 
Substansiya‘ning oʻz-oʻzidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, 
uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – 
moduslarda sodir boʻladi. 
Substansiya gʻoyasidan turli falsafiy ta‘limotlar dunyoning birligi va 
uning kelib chiqishi haqidagi masalaga oʻzlari qanday javob berishiga qarab 
har xil foydalanadilar. 
Substansiyaga oid turli yondashuvlar shakllangan. 
 Dunyodagi narsalar 
va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta‘limot 
«monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi
. Substansiya tabiatini 
tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va 
idealistik monizmni qayd etish lozim.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə