Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Borliq shakllari.
Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan 
notirik tabiat oʻrin oladigan oʻziga xos piramida hosil boʻladi. B
orliqning 
shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borligʻi va virtual 
borliq,energik borliq kabilardir
. Borliqning bu umumiy shakllari oʻziga xos 
xususiyatga, oʻzining betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini 
jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq koʻrib chiqamiz, zero u hozirgi zamon 
fani nuqtayi nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.
Tabiat borligʻibirlamchi (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar 
mavjud boʻlgan narsalar va jarayonlar borligʻi) va ikkilamchi (yoki odamlar 
tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borligʻi) tabiat borligʻiga 
boʻlinadi
. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borligʻi 
– butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va 
hodisalari (
yulduzlar, sa‘yyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks 
sado, kamalak, koʻzgudagi aks va sh.k.)
dir. Birlamchi tabiat borligʻi ikki 
darajani oʻz ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni 
koʻpayish qobiliyatiga ega boʻlgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya 
almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega boʻlmagan barcha 
narsalar, ya‘ni sa‘yyoramiz hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻz ichiga 
olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson ongining 
borligʻi boʻlib, bu odamzod yaratgan yoki oʻzgartirgan tabiatdir.Tabiat 
makon va vaqtda Cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson 
tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bogʻliq. Bir tomondan, 
ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obyektiv 
birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning 
mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi oʻz ifodasini topgan. Ikkilamchi 
tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining 
ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi 
barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borligʻi uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini
va alohida inson borligʻini farqlash oʻrinli boʻladi. 
Inson tabiatning bir qismi 
hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga boʻysunadi. Tananing 
mavjudligi inson oʻlimga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va 
yoʻqlik dialektikasi bilan bogʻlanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga 
kelish, shakllanish va ha‘lok boʻlish holatlaridan oʻtadi. Barcha tabiat jismlari 


155 
kabi, inson tanasiga ham modda va energiya‘ning saqlanish qonunlari oʻz 
ta‘sirini koʻrsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa 
holatlariga oʻtadi. Inson tanasi mavjud boʻlishi uchun uni muttasil quvvatlash 
(ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. 
Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni 
saqlash, insonning oʻz-oʻzini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini 
ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-
kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega boʻlish ehtiyojida oʻz ifodasini 
topadi; 
Ma‘naviy borliqsubyektiv individuallashgan va obyektiv (noindividual) 
ma‘naviy borliq sifatida mavjud
. Individuallashgan ma‘naviy borliq – bu 
insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday 
yondashuvga koʻra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda 
esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borligʻini izchil aks 
ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, 
sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek gʻoyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, 
moʻljallar, andozalarning koʻrinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez 
oqadigan va bir xil boʻlmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. 
Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, 
barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning oʻz-oʻzini anglashi, ya‘ni oʻz tanasi, 
fikrlari va tuygʻularini, oʻzining boshqa odamlarga boʻlgan munosabatini va 
oʻzining jamiyatdagi oʻrnini anglab etishi, ya‘ni oʻzini oʻzi bilishdir. Oʻzlikni 
anglash – bu ongimizning oʻziga xos asosidir.
Individual ong oʻzining oʻlimga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin 
uning ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, 
shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Hatti-harakatlarda inson 
ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari
moʻljallari, maqsadlari, gʻoyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual 
ma‘naviy borliqning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari 
saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi; 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə