Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

XX asrda borliqqa munosabat

XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, 
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bogʻlab, uning talqinini 
kengaytirdi. 
Neopozitivizm falsafiy yoʻnalishi esa, avvalgi ontologiya 
falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi 
borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning oʻzagini 
insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni 
sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib 
borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash koʻpincha texnokratik 
dunyoqarash deb ataladi.
Noklassik borliq. 
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, 
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar 
umuman ontologiya‘ni yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm 
va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson 
tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida 
tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz. 
Borliqning 
irratsionalistik 
konsepsiyasi.
Falsafiy 
irratsionalizm 
asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga 
shubha koʻzi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning oʻzi emas, balki 


150 
bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson 
aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa 
dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. SHopengauer oʻzining «Dunyo 
intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida dunyoning borligʻini ikki 
tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri 
sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy 
borliqdir. Yashashga intilish koʻr-koʻrona va nooqilonadir, zero uning asosiy 
niyati – oʻz-oʻzini asrashdir. Oʻz-oʻzini asrash instinkti – butun tiriklikning 
tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga 
intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning oʻziga xosdir, 
deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana 
ta‘riflar va tushunchalar tilida ifodalab boʻlmaydigan oʻziga xos tabiiy 
stixiya‘ni koʻrish imkoniyatini beradi.
Fridrix Nitsshe (1844

1900 ) 
borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy 
asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy 
madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb 
hisoblagan. Evropa madaniyati mazkur idealni roʻyobga chiqara olmadi va 
inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni 
tushunib, oʻz mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. 
Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon 
boʻladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning 
hukmronligi, oʻz yaqiniga muhabbatni targʻib qiluvchi axloq va tenglikni 
e‘lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini 
tashkil etadi. Toʻralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar oʻrtasidagi 
tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo 
oʻldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish 
zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yoʻnalishlari: 
hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta‘sir koʻrsatdi. 
Borliqning tarixiy konsepsiyasi. 
XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi 
ta‘limot shakllandi. Unga koʻra, ijtimoiy borliq individning borligʻiga 
nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu 
davrda jamiyatga fizik borliqqa oʻxshash borliq sifatida qaralgan. aynii shu 
sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga oʻxshash aniq va shubhasiz 
qonunlarga boʻysunishiga bu davr mutafakkirlarining ishonchi komil boʻlgan. 
Ijtimoiy borliq – bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik 
faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish 
jarayonida namoyon boʻladi. Jamiyat tarixi bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy 
va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga koʻra, har bir tuzum 
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini oʻz ichiga olgan 
tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.


151 
Ishlab chiqarish kuchlari (ba‘zis) – bu oʻzini oʻzi rivojlantirish va oʻz-
oʻzidan murakkablashishga qodir boʻlgan oʻziga xos borliq. Evolyusionizm 
ta‘limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil 
rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning 
eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu 
jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga oʻxshatiladi va unga 
hayot a‘lomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (ba‘zisning ustqurmasi) formal borliq 
sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat 
oʻzgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli 
ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida 
kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham 
(bu hol formatsion oʻsish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga 
toʻsqinlik qilishi ham mumkin. Soʻnggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish 
munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi 
yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yoʻl bilan oʻtilishiga olib keladi. 
Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil oʻsib etiladi. 
Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil oʻsib 
etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan toʻqnashib, burjua 
inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega 
boʻlgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish 
vositalariga boʻlgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi 
yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni oʻz ichiga 
oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi tarixiy voqelikda oʻzini oqlamadi. 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə