Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Borliqning ezoterik talqini. 
Ikki xil borliqning mavjudligi 
ezoterizmning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Ezoterik qarashlarga koʻra, bu 
borliqlarning biri mutlaqo ideal xususiyat kasb etadi (bu ezoterika 
ata‘malarida nozik darajalarda mavjudlikni anglatadi), ikkinchisi esa 
insonning kamolotga eltuvchi yoʻlni bosib oʻtish va oʻzini ham, kosmosni 
ham oʻzgartirishga boʻlgan intilishini aks ettiradi. Bundan ezoterizmning ikki 
aniq yoʻnalishi kelib chiqadi. Ularning biri teran ong va ulkan iste‘dodga 
ega boʻlgan komil inson gʻoyasiga, ikkinchisi – «Xudoning Erdagi saltanati» 
xoliazmik 
formulasi 
bilan 
moddiylashtirilgan 
gʻoyaga 
oʻxshab 
ketadiganhayotni oʻzgartirish gʻoyasiga ishora qiladi.
Ezoterik mulohazaga misol: «Yangi davr» gʻoyasining targʻibotchisi 
She‘rli Makleyn shunday deydi: «Men kosmik aqldan, ma‘naviy ziyodan 
olgan fikrlarning eng muhimi bu Xudo – bizning oʻzimiz, degan fikrdir. 
Borliqning biz anglab etgandan muhimroq qandaydir darajasi bor»
1
. Ba‘zan 
bu borliqdan uzoqlashishga, ba‘zan – mantiqqa zid boʻlgan noizchil hatti-
harakatlarga, ba‘zan – hamma narsani oʻzgartirish moʻljali bilan bogʻliq 
boʻlgan haddan tashqari soxta faollikka olib keladi.
Oqilona ilmiy bilim, odatda, noemotsional va shaxssiz obyektiv boʻlsa, 
ezoterik 
an‘anada 
emotsional 
kechinmalarning 
mexanizmlaridan 
foydalanmasdan, xususan oq afsungarlik bilan bogʻliq holda fikrlar, soʻzlar 
va hatti-harakatlarda ezgulik va ziyoga qarab, qora afsungarlik bilan bogʻliq 
holda esa – yomonlik va riyoga qarab moʻljal olmasdan yashirish bilimni 
oʻzlashtirish mumkin emas.
Ezoterik fanlar ikki asosiy maqsadni: avvalambor, odatdagi tajriba 
chegarasidan tashqa‘rida yotuvchi dalillarni bilishga qaratilgan ma‘rifiy 
1
Новая эра приглашает // Свет. 1977. №1. – c. 3-б.


154 
maqsadni va tashqi dunyo jarayonlarini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan 
boshqaruvga doir yoki kiber-maqsadni koʻzlaydi. Nazariyalar, ta‘limotlar va 
ilmiy konsepsiyalarning oʻzgarish intensivligiga teng boʻlgan davriylikka 
ezoterizmda duch kelish mumkin emas. U ichdan harakatchan; uning faolligi 
nyuanslar va shaxsiy xususiyat kasb etuvchi yondashuvlarning rang-
barangligida namoyon boʻladi. Ammo u oʻz tabiatiga koʻra ancha turgʻun, 
chunki poydevor sifatida qoʻyilgan qadimgi germetik ta‘limotga, qadimgi 
ajdodlarimizning xufyona donishmandligiga tayanadi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə