Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Borliqning 
ekzistensial-germenevtik 
konsepsiyasi.
Ekzistensialistlar
mushohada yuritish orqali anglab etish mumkin boʻlgan mohiyat 
(essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qoʻyadilar. Ular 
borliqning mazmuni toʻgʻrisidagi masalaga qaytish lozimligini e‘tirof 
etadilar. Loʻnda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl 
mazmunini yoritib berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida, 
ya‘ni «shu erda-borliq» yoki mavjudlik orqali namoyon boʻladi. 
Germenevtika borliq sxemasi yoki formulasini aniqlashga emas, balki uning 
mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy muammo sifatidagi borliqning 
mazmuni insonni oʻz mavjudligining pirovardliligi va tasodifiyligini anglash 
natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir soʻz bilan aytganda, bu 
erda aristotelcha analitikaga xaydeggercha germenevtika qarshi qoʻyiladi.
Borliq germenevtikasi oqilona-sxematik yoki metafizik bilimga 
ishonchsizlik 
koʻzi 
bilan 
qarashga 
asoslanadi. 
Falsafa 
tarixida 
germenevtikaning ayrim tarafdorlari: a) mistik; b) estetik; v) intuitiv; g) 
irratsional narsalar va hodisalarga qarab moʻljal oladilar. Dunyoni anglab 
etish mazkur usulining aks sadolari Pifagor (osmon musiqasiga quloq solish), 
Platon (gʻoyalar xususida mushohada yuritish), Tertullian (absurd orqali 


152 
haqiqatning tagiga etish), Paskal (aql haqiqatlariga yurak haqiqat‘ini qarshi 
qoʻyish), romantiklar, Kerkegor, SHopengauer va Nitsshe metodida mavjud.
Borliq va mavjudlik konsepsiyasi M.
Xaydegger loyihasining tayanch 
nuqtasi hisoblanadi 
(1889

1976. Bu loyihani ishlab chiqish bilan u asosan 
«Borliq va vaqt», «Fenomenologiya‘ning asosiy muammolari» asarlarida 
shugʻullanadi)
. M.Xaydegger fikricha borliq, mavjudlikning borligʻi, lekin 
borliq mavjudlikdan kelib chiqadigan yoʻqlik emas, ya‘ni u mavjudlik 
hisoblanmaydi. Bu erda Xaydegger I.Kantning borliq predikat emas, degan 
fikriga qaytadi. Ammo bu holda borliq nima? Keng tarqalgan tasavvurga 
koʻra, mavjud narsalarning barchasi ayni bir borliq usuli – mavjudlik bilan 
tavsiflanadi. Shunga muvofiq tabiat va ruh (gʻoya va narsa, res cogitans va 
res extensia) farqlanadi. Ammo bu farqlash borliqning usullari oʻrtasidagi 
farqni ifodalashga qodir emas. U faqat mavjud narsaning mohiyatini 
belgilovchi unsurlar oʻrtasidagi farqni aks ettiradi.
M.Xaydegger fikriga koʻra, borliq usullarini ajratishning haqiqiy yoʻli 
borliqning mohiyati (essentia) va usulining bir-biriga mansubligini mohiyat 
va usulning borliq gʻoyasiga mansubligi nuqtayi nazaridan tahlil qilishga 
asoslanadi. Nemis mutafakkiri borliqning olti usuli: ekzistensiya, birgalikda 
mavjudlik, qoʻl ostidalik, hozirlik, hayot va barqarorlikni farqlaydi. Bu 
usullarning barchasi bir-biridan shu darajada farq qiladiki, «borliq» 
tushunchasining yagonaligini shubha ostida qoldiradi. Bu erda mavjudlik 
toʻgʻrisidagi masala Xaydegger qarshisida eng muhim masalalardan biri 
sifatida koʻndalang boʻladi.
Mavjudlik tushunchasining tahlili uning «hozirlik», «dunyo» va «qoʻl 
ostidalik» tushunchalari vositasida ifodalanuvchi fenomenlar bilan ontologik 
oʻzaro aloqasini qayd etishdan boshlanadi. Bunda mavjudlikni borliq 
turlaridan biri sifatida tushunish mumkin emasligi, mavjudlik muammosini, 
«uning shartlari va chegarasini» atroflicha oʻrganish zarurligi ta‘kidlanadi.
Faylasuflar hatto mavjudlik toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish usulida ham aniq 
bir toʻxta‘mga kelganlari yoʻq. Bu xususda Xaydegger «ongga nisbatan 
transsendent» boʻlgan narsa mavjudmi, tashqi dunyoning mavjudligini 
isbotlash, mavjudlikni anglab etish mumkinmi qabilidagi masalalarni va 
nihoyat, mavjudlikning mazmuni toʻgʻrisidagi masalani aralashtirish odat 
tusini olganini ta‘kidlaydi.
Yuqorida zikr etilgan har xil, lekin oʻzaro bogʻlangan masalalar 
xaydeggercha talqinida mavjudlik muammosi uch qismga ajratiladi: a) borliq 
hamda «tashqi dunyo»ni isbot qilish mumkinligi muammosi sifatidagi 
mavjudlik; b) ontologik muammo sifatidagi mavjudlik; c) mavjudlik va 
tavajjuh.
Birinchi muammoni tahlil qilar ekan, Xaydegger tashqi dunyoning 
mavjudligi yoki uni isbotlash toʻgʻrisidagi masala bir vaqtning oʻzida 
ma‘nosiz va ikki ma‘noli ekanligini qayd etadi. Masalaning ma‘nosizligi shu 


153 
bilan izohlanadiki, mazkur masala dunyoda borliq sifatida mavjudlik bilan 
qoʻyilgan. Masalaning ikki ma‘noliligi, Xaydegger fikriga koʻra, bir-biridan 
farq qiladigan ikki narsa: nimadadir borliq sifatidagi dunyo va ichki 
mavjudlik sifatidagi «dunyo»ning aralashuvi tufayli kelib chiqadi. Tashqi 
dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi masala bu erda dunyo fenomeniga 
oydinlik kiritmasdan qoʻyiladi. Buning oqibatida amalda isbotlanayotgan 
narsa yoki hodisaning isbotlash usuli va isbotlashning e‘lon qilinayotgan 
maqsadi bilan aralashuvi yuz beradi.
Shunday qilib, Kant falsafadagi janjal deb nomlagan masala – tashqi 
dunyo mavjudligining dalil-isbotlari yoʻqligi Xaydeggerga muammoni 
notoʻgʻri qoʻyish boʻlib tuyuladi. U bunday isbotlashni amalga oshirishni 
koʻzlagan shaxslarning shu erda hozirligining oʻziniyoq mavjudlikning isboti 
deb hisoblaydi. Xaydegger fikriga koʻra, hatto dunyoning mavjudligiga 
ishonish lozimligini ta‘kidlovchilar ham, adashadilar, zero ular bunday dalil-
isbotlar idealda mavjud boʻlishi lozimligini tasdiqlaydilar.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə