151
Ishlab chiqarish kuchlari (ba‘zis) – bu oʻzini oʻzi rivojlantirish va oʻz-
oʻzidan murakkablashishga qodir boʻlgan oʻziga xos borliq. Evolyusionizm
ta‘limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil
rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning
eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu
jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga oʻxshatiladi va unga
hayot a‘lomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (ba‘zisning ustqurmasi) formal borliq
sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat
oʻzgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli
ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida
kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham
(bu hol formatsion oʻsish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga
toʻsqinlik qilishi ham mumkin. Soʻnggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish
munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi
yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yoʻl bilan oʻtilishiga olib keladi.
Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil oʻsib etiladi.
Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil oʻsib
etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan toʻqnashib, burjua
inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega
boʻlgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish
vositalariga boʻlgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi
yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni oʻz ichiga
oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi tarixiy voqelikda oʻzini oqlamadi.
Dostları ilə paylaş: