Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Sharqning buyuk mutafakkiri Farobiy



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Sharqning buyuk mutafakkiri Farobiy
―Fuqarolik siyosati‖ va ―Fozil 
shahar odamlari‖ asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr 
yuritadi. Farobiy borliq muammosini hal qilishda ―vujudi vojib‖ va ―vujudi 
mumkin‖ning oʻzaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha ―vujudi vojib‖ 
barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsalarning birinchi 
sababi. Birinchi sabab sifatida u oʻzga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq 
va donishmandlik ifodasi. ―Vujudi mumkin‖ esa doimo oʻzgarishda, 
ziddiyatli munosabatlarda boʻlib, unda barcha narsalar oddiydan 
murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. ―vujudi vojib― 
yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U ―Fuqarolik siyosati‖ 
asarida borliqni olti darajaga boʻladi: 
1. Birinchi holatdagi sabab. 
2. Ikkinchi holatdagi sabab. 
3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 
4. Toʻrtinchi holatdagi instinkt. 
5. Beshinchi holatdagi shakl. 
6. Oltinchi holatdagi materiya. Farobiy bu darajalarning har biriga ta‘rif 
beradi. Keyin u ―uchinchi aql‖ – aqli faolni ta‘riflaydi. Unga koʻra, aynan 
―aqli faol‖ga koʻra, insonning tabiiy, ma‘naviy va ruhiy hayoti shakllanadi. 
Farobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning 
shakl va materiya haqidagi ta‘limotidan foydalangan. Farobiy borliqning 
birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan 
boʻlsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini 
echishga intilish bilan tavsiflanadi. aynii shu sababli faylasuf borliqning 
holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; 
shuningdek minerallar, oʻsimliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini 
sinchiklab oʻrganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga 
urgʻu beradi. 
Farobiyning 
falsafiy 
qarashlari 
Sharq 
falsafasining 
rivojlanishiga kuchli ta‘sir koʻrsatdi.
Ibn Sino 
fikricha ham borliqning asosi ―vujudi vojib‖ ya‘ni Ollohdir. 
Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa 


147 
narsalardan qidirish nooʻrin. Chunki birinchi sabab uning natijasi boʻlgan 
xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bogʻliq boʻla olmaydi
1
. Zero, vujudi 
vojibning mavjudligi uning oʻziga bogʻliq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda 
kamchilik va qusurlar boʻlishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda 
toliqish sustlik boʻlishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning 
yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bogʻliq. Ibn 
Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy ta‘sir 
koʻrsatdi. 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə