142
Gegel «sof borliq» kategoriyasidan foydalanishning boshqacha usulini
topgan. Uning ontologik konsepsiyasida bu kategoriya Mutlaq gʻoya
rivojlanish mantigʻining tayanch nuqtasi hisoblanadi. «Sof borliq» va «sof
yoʻqlik»ning ayniyligini qayd etgan holda, Gegel bu qarama-qarsxiliklar
sintezidan
iborat
boʻlgan
«shakllanish»
tushunchasini
kiritadi
(zero,shakllanish nimaningdir borligini anglatadi, chunki «shakllanmoqda»,
vujudga kelmoqda, lekin hali borliqqa ega emas, chunki «shakllanmagan»,
vujudga
kelmagan).
Shundan
soʻng
Gegel
shakllangan
nimadir
«shakllanish»ning natijasi boʻlishini qayd etadi. Bu natija, Gegel fikriga
koʻra, «mavjud borliq», ya‘ni «sof borliq»dan farqli oʻlaroq, aniq sifatga ega
boʻlgan borliqdir.
Albatta, Gegelning shakllanish gʻoyasi muayyan narsaning shunday bir
holatiki, unda shakllanayotgan narsa bir vaqtning oʻzida ham mavjud boʻladi,
ham mavjud boʻlmaydi, degan fikriga qoʻsxilish mumkin emas. Ammo har
qanday shakllanish – bu qandaydir predmetning «sof yoʻqlik»dan emas, balki
ilgari mavjud boʻlgan boshqa predmetlardan vujudga kelishidir. Har qanday
«mavjud borliq» «sof borliq»dan va «yoʻqlik»dan emas, balki boshqa bir
«mavjud borliq»dan vujudga keladi. Gegel fikriga zid oʻlaroq, «sof
borliq»ning «sof yoʻqlik»ka oʻtishi tushunchalar oʻyinidan boshqa narsa
boʻlmay, bundan amalda sifat jihatidan aniq biron-bir borliq vujudga
kelmaydi (buni XIX asrdayoq L.Feyerbax va tushunchalar Gegelcha
mantigʻining boshqa tanqidchilari qayd etgan). Ontologiya‘ni «sof borliq» va
«sof yoʻqlik» kategoriyalari yordamida tuzishga intilish XX asrning ayrim
faylasuflari ijodida ham kuzatiladi (M.Xaydegger, E.Fink va b.). Ammo,
fikrning mazmunini nima fikrlanayotganini koʻrsatmasdan yoritish mumkin
boʻlmaganidek, borliq kategoriyasining mazmunini borliqqa nima ega
ekanligini koʻrsatmasdan yoritish mumkin emas. Fikr hamisha nima haqdadir
fikr boʻlganidek,borliq har doim nimaningdir borligʻidir. «Sof borliq» ham
xuddi «sof yoʻqlik» kabi mazmunsizdir (bunda Gegel haq). «Sof borliq»
tushunchasi quruq mavhumlikdan boshqa narsa emas.
Dostları ilə paylaş: