Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yoʻnalishlari



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yoʻnalishlari. 
XVI–
XVII asr Evropa hayotida ulkan oʻzgarishlar asri boʻldi. Insonlarning hayot 
tarzi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub oʻzgarishlar falsafada 
yangicha uslub va muammolarni keltirib chiqardi. Bu davrda falsafiy 
tafakkur yoʻnalishlarini belgilab bergan muhim hodisalardan biri bu – fan 
inqilobi edi. Ushbu inqilob N.Kopernik, I.Kepler, Tixo Brage, G.Galiley
kabi olimlarning kashfiyotlari bilan boshlanib, I.Nyutonning kashfiyotlari 
bilan yakunlandi. Endilikda falsafa kechayotgan oʻzgarishlarning mohiyati 
va koʻlamini qamrab olishi, hodisalar rivojini tushuntirib berishi, kishilarni 
yangicha olamga olib kirishi lozim edi. Bunda insonning tabiatga, jamiyatga, 
oʻz-oʻziga hamda xudoga boʻlgan munosabati mutlaqo oʻzgacha ma‘no kasb 
etdi.
Dunyoqarashning yangilanishi tabiyki turli ziddiyat va qarama- 
arsxiliklarga olib keldi. Eskicha an‘analarning hukmronligidan xalos boʻlish 
koʻp harakat va vaqt talab qilardi. Biroq, bunga qaramay, yangicha falsafiy 
yoʻnalishlarning vujudga kelishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Yangi davr
falsafasining yirik namoyondalaridan biri – Frensis Bekon (1561–1626 
yillar). Uning mashhur asarlari: ―Yangi organon‖ (1620), ―Falsafaga 
raddiyalar‖ (1608), ―Yangi Atlantida‖ (1620). Bekon an‘anaviy bilish 
usullarini samarasiz ekanligini tanqid qiladi va ularning sabablarini inson 
tafakkuridagi toʻrtta idollarda deb koʻrsatadi, bular: ―urugʻ idoli‖, ―gʻor 
idoli‖, ―bozor idoli‖, ―teatr idoli‖. Bekon inson tafakkurini turli nufuz va 
bid‘atlar ta‘siridan xalos qilishni ta‘kidlaydi hamda bilishda tajribaga 
asoslangan induktiv usulni ilgari suradi. Bu davrda Bekon empirizmiga 
muqobil tarzda fransuz faylasufi Rene Dekartning (1596–1650 yillar), 
ratsionalizmi yuzaga keldi. Uni haqli ravishda yangi davr Evropa 
falsafasining asoschilaridan biri sifatida koʻrsatishadi. Xuddi Bekon kabi 
Dekart falsafasining ham asosiy mohiyati, bu – bilimlarning xaqqoniyligi 
muammosi edi. Ammo Bekondan farqli tarzda Dekart, tajribaga emas, bilish 
jarayonining oʻziga urgʻu berdi. U matematik dalillash va analez metodiga
tayangan holda bilishning oʻziga xos toʻrtta qoidasini ajratib koʻrsatadi: 1) 
toʻla ishonch hosil qilmay turib, biror narsani haqiqat oʻrnida qabul 
qilmaslik; 2) oʻrganilayotgan muammoni talab qilingan darajada qismlarga 
boʻlib tahlil qilish; 3) fikrning bosqichma – bosqich tarzda oddiydan 


128 
murakkabga qarab yoʻnalganligi; 4) muammoni oʻrganish jarayoni qat‘iy va 
toʻla hisob-kitob asosida olib borilishi hamda hech bir elementni nazardan 
chetda qoldirmaslik. Dekart barcha mavjud narsalarning, bir-biridan mustaqil 
holda moddiy va nomoddiy substansiyalardan tashkil topganligini 
ta‘kidlaydi. Moddiy substansiya‘ning atributi koʻlam, nomoddiy 
substansiya‘ning atributi – aql. Bu substansiyalarni oʻz atributlari yordamida 
bilish mumkin. Dekartga koʻra moddiy tabiat mexanik harakterga ega, uning 
mohiyati koʻlam va harakat orqali namoyon boʻladi. Shu bois har qanday 
moddiy jism mexanik qonun asosida harakatlanadi va ruhiy ibtidoga 
boʻysunmaydi. Dekartning ushbu mulohazalari oʻsimlik va hayvonot 
olamiga taalluqli. Insondagi aql va jism oʻrtasidagi bogʻliqlikning 
murakkabligi shundaki, ularning har ikkisi ham alohida mustaqil 
substansiya: aql boʻlinmas va koʻlamga ega emas, jism esa, boʻlinuvchan, 
koʻlamga ega, murakkab.
Dekart falsafasining keyingi davr uchun ahamiyatli jihati, unda inson 
aqlining markaziy oʻringa koʻtarilishidir. Yangi davrdagi keyingi falsafiy 
qarashlar ratsionalizm va empirizmning oʻziga xos sintezi vujudga kelgunga 
qadar, ushbu ikki maktabning oʻzaro qarshi kurashi sifatida namoyon boʻldi
umuman olganda ratsionalizm ham, empirizm ham oʻz mohiyatiga koʻra, 
oʻrta asrlar Evropa madaniy hayotiga singib ketgan an‘analarga qarshi
kurashish natijasi oʻlaroq yuzaga keldi. Har ikkala maktab ham, insonning 
aql imkoniyatlarini baholash muammolariga yechim izlashni, tom ma‘nodagi 
ilm-ma‘rifatni yuzaga chiqarishni maqsad qildi. Faylasuflar nafaqat 
tabiatshunoslik fanlariga diqqat qaratdi, endilikda yangi davr Evropa 
kishisining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy oʻrni haqida ham yangicha qarashlar 
shakilandi.
Dekartdan soʻng ratsionalizm gʻoyalari Benedikt Spinoza va Gotfrid 
Leybnitslar tomonidan yanada rivojlantirildi. Benedikt (Baruh) Spinoza 
(1632–1677 yillar) Niderlandiyalik faylasuf. Spinoza oʻz qarashlarini
Dekart ratsionalizmning davomchisi sifatida koʻrsatadi. Uning eng yirik 
asarlaridan biri ―Etika‖ matematik dalilash metodi asosida yozilgan. 
―Etika‖ning har bir qismi keltirilgan aksiomalarni ta‘riflash va teoremalarni 
isbotlash bilan boshlanadi. Spinoza falsafasining asosiy tushunchalaridan biri
bu – yagona va cheksiz substansiya boʻlib, u ayni paytda xudo va tabiat 
sifatida namoyon boʻladi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza olamning ilk 
ibtidosini yagona mohiyatda deb biladi va falsafiy monizm prinsipini 
yoqlaydi. Substansiya koʻplab, cheksiz atributlarga ega, inson ulardan faqat 
―koʻlam‖ va ―aql‖nigina anglay oladi. Har bir atribut oʻzida substansiya 
mohiyatini aks ettiradi, biroq ular substansiyaga nisbatan chegaralangandir.
Oʻz navbatida har bir atribut koʻplab ―moduslarning‖ yigʻindisi sifatida 
namoyon boʻladi. Aynan moduslarning namoyon boʻlish shakli tufayli biz 
atributlarning alohida birligini bila olamiz. Spinozaga koʻra moddiylik va 


129 
nomoddiylik alohida substansiya boʻlmay, aksincha, bir mohiyatning ikki xil 
shakldagi koʻrinishidir. Shu bois insonning aqlni idrok etishi jismni, jismni 
idrok etishi esa aqlni bilishi deya baholanadi.
Ratsionalizmning yana bir vakillaridan biri, Olmon faylasufi, 
matematik fizik olim Gotfrid Leybnits (1646–1716-yillar). U. Leybsig 
universitetida matematika va fizikadan tashqari tilshunoslik, tarix hamda
huquqshunoslik fanlarini ham chuqur oʻzlashtirgan. Leybnits ham xuddi 
Spinoza kabi Dekart oʻrtaga tashlagan masalalar ustida bahs yuritadi. Uni 
Dekart ilgari surgan aql va jism oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik muammosi 
qanoatlantirmaydi Leybnits Dekart gʻoyalarini rivojlantirish bilan bir qatorda 
Spinoza va uning qarashlaridan farqli, oʻziga xos ratsionalizm tizimini 
yaratadi. U karteziancha dualizmni ham, Spinozaning, xudoni borliqqa 
aynanlashtirgan panteizmini ham qabul qilmaydi. ―Monadalar‖ Leybnits 
falsafasining markaziy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Monadalar 
boʻlinmas mohiyat boʻlib, butun borliq ularning yigʻindisidan tashkil topgan.
Monadalar alohida birlik boʻlib, oʻzaro ta‘sirga ega emas. Monadalar 
quyidan yuqoriga qarab, qat‘iy ierarxik tarzda tartiblangan. Ierarxiyning 
quyida joylashgan monadalar moddiy borliqni tashkil qiladi. Ierarxiyning 
yuqori qismida esa nomoddiy borliqni tashkil qiluvchi monadalar joylashadi. 
Natijada Leybnitsning monadalar olami xudoni ―oliy monada‖ sifatida aks 
etiradi. Uning ―bizning olam tasavvurdagi olamlarning eng yaxshisidir‖
degan soʻzlar bilan ifodalanuvchi falsafiy optemistik konsepsiyasi ham 
monadalarning tartiblanish gʻoyasiga asoslanadi.
Yangi davr falsafasida Bekondan keyingi empirizm maktabining
vakillari sifatida ingliz faylasuflari T.Gobs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum fransuz 
faylasuflaridan esa, E.Kondilyak, K.Gelvetsiy, P.Golbaxlar sanab oʻtiladi. 
Biz bu oʻrinda Lokk, Berkli va Yum qarashlariga toʻxtalib oʻtamiz.
Jon Lokk (1632–1704 yillar) ingliz faylasufi. Inson aql idrokining 
paydo boʻlishi, uning imkoniyatlari chegaralari haqidagi gʻoyalar Lokk 
falsafasining asosini tashkil etdi. Bekon kabi Lokk ham, har qanday bilim 
tajribaga asoslanishi kerakligini ta‘kidlaydi. Lokk empirizmni ―tugʻma 
gʻoyalar‖ konsepsiyasini ilgari suruvchi ratsionalizmga qarshi qoʻyadi. U 
bilish jarayonida ―tugʻma gʻoyalar‖ konsepsiyasining ahamiyatini butunlay 
inkor qiladi. ―Er yuzida butun boshli xalqlar biz bilgan xudo haqidagi 
tushunchalardan xabardor emas, bolalar, aqli zaiflar esa, mantiq qoidalarini 
deyarli bilmaydi. Xoʻsh, u holda tugʻma gʻoyalarning mavjudligini qanday 
isbotlash mumkin. Insonda tugʻma gʻoyalar emas, bilish imkoniyati mavjud, 
ammo bu konsepsiya‘ning paradoks jihati shundaki, inson oʻzidagi mavjud 
bu gʻoyalarni oʻzi bilmaydi‖ deya ta‘kidlaydi Lokk. Ratsionalizmga qarshi 
oʻlaroq Lokk, inson aqlini toza qogʻozga oʻxshatadi: undagi bilimlar faqat 
tajriba asosidagina toʻplanadi. Lokkk qarashlariga koʻra falsafaning asosiy 
metodi tajribaga taya‘nishi kerak.


130 
Ingliz empirizmining yana bir vakillaridan biri Djordj Berkli
empirizm gʻoyalarini Lokk qarashlaridan farqli, oʻziga xos tarzda talqin 
qiladi. Berkli Lokk taklif qilgan birlamchi va ikkilamchi sifatlarni empirik 
yoʻl bilan ajratib boʻlmasligini ta‘kidlaydi. Bizning sezgilarimizdan 
tashqaridagi moddiy jismlarni bilish empirizmning imkoniyati doirasida 
emas, biz faqat kombinatsiyaga kirisha oladigan mavjud narsalarni, ya‘ni 
sezgilarimizniing kompleksinigina bila olamiz. Berklining ushbu qarashlari
faqat seziladigan narsalargina mavjud degan xulosani keltirib chiqaradi.
Unga koʻra olam hissiz, ta‘msiz, hidsiz, rangsiz substansiyalardangina 
iborat, ularni hissiy sezgilarimiz yordamida bilamiz. Berklining bu qarashlari 
keyinchalik mexanik materializm gʻoyalarining vujudga kelishiga imkon 
yaratdi.
Ingliz empirizmining yana bir yirik namoyondalaridan biri, David 
Yum. Uning nomi mumtoz falsafada empirizmning mantiqiy imkoniyatlarini 
tugatilishi bilan bogʻliq. Yum oʻz e‘tiborini Lokk taklif qilgan 
empirizmning chuqur tahlil qilishga qaratadi. Keyinchalik Yumning 
izdoshlari uni tanqid qilarkanlar oʻzlari, tajribada oʻrnatilgan qat‘iy 
chegaraga amal qilmadilar. Ular ilgari surgan empirizm metafizikaga, yoki 
Berkli nazarda tutgan materialistik spiritualizmga aylanib ketdi. Yumga 
koʻra ayni shu jihat Lokk empirizmining asosiy kamchiligi edi. Yum Lokk 
empirizmining metafizikaga aylanib ketishiga sabab qilib, tajribada 
oʻrganilishga imkoni boʻlmagan ikki tushunchani, ya‘ni sababiylik va 
substansiya tushunchalarini keltiradi.
Sababiylikni empirizmning prinsiplariga asoslangan holda, moddiy va 
ruhiy olam hodisalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni keltirib chiqaruvchi
tushuncha sifatida tadqiqot doirasidan olib tashlash lozim. Sababiylikka 
bogʻliq tajriba – muayyan vaqtdagi biror hodisalarning ketma-ketliginigina 
oʻrganadi, u aynan bir hodisa ikkinchisini yaratishini toʻla isbotlab bera 
olmaydi. Shu bois sababiylik obyektiv emas, sof subyektiv holat boʻlib,
tafakkur yuritishning odatlanib qolgan shaklidir. Aynan shu odatlanish shakli 
narsa va hodisalar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik zarurati haqidagi yolgʻon 
illyuziyalarni keltirib chiqaradi, tajribada esa, bu bogʻliqlikni isbotlab 
boʻlmaydi. Yumning inson aqlining imkoniyatlariga nisbatan skeptitsizmi, 
asosan, metofizik qarashlarga qaratilgan edi. U Nyuton fizikasini yoqlarkan, 
faqat tajriba natijasida egallangan bilimlargina qadr-qiymatga ega ekanligini
ta‘kidlaydi.
XVIII asrda Evropada yuzaga kelgan ijtimoiy-falsafiy qarashlar
ma‘rifatparvarlik falsafasi sifatida keng tarqaldi. Fransiyada ma‘rifatparvarlik 
keng ijtimoiy, madaniy, siyosiy harakat sifatida XVIII asrning oʻrtalarida 
vujudga keldi, hamda mutlaq manarxiya oqibatida yuzaga kelgan inqirozlar 
bois 
1774–1789-yillarda 
burjua 
inqilobi 
va 
1793–1794-yildagi 
yakonbinchilarning diktaturasi oqibatida oʻzining eng yuqori choʻqqisiga 


131 
koʻtarildi. Bu davr faylasuflarining gʻoyalaridagi xilma-xillikka qaramay, 
ularni insoniyat taraqqiyoti markaziga ilm- ma‘rifatni qoʻyish, ratsionalizm 
kabi tendensiyalar birlashtirib turardi. Fransuz faylasuflaridan biri Gelvetsiy 
aytadi: ―insoniyatning barcha musibatlarining asosiy sababchisi bu 
joxillikdir‖ (sm 23, 278).
Inson ofat va musibatlardan faqat ilm-ma‘rifat yordami bilangina xalos 
boʻla oladi. insonning mayogʻi boʻlgan aqlda ham ―yashirin, uzluksiz 
inqiloblar‖ yuz beradi hamda joxillik barham topa boshlaydi. 
Ma‘rifatparvarlik dunyoqarashining asosiy xususiyatlaridan biri bu 
ratsionalizm boʻlib, unga koʻra tabiyat va tafakkur qonuniyatlari oʻzaro
aynanlashtiriladi. Ushbu tamoyil qisman Dekart ratsionalizmiga asoslangan, 
hamda u keyinchalik Gegel panlogizmida ham oʻz aksini topadi. Ammo 
Dekart, Gegel va ma‘rifatparvarlarning ratsionalizmining umumiy jihati 
shundaki, unga koʻra mexanikaning sodda, mantiqiy qonuniyatlari borliqning 
umumiy, yaxlit qonuniyatlariga muvofiq keladi. Oldingi asrlardanoq etakchi 
fanga aylanib ulgurgan mexanika astranomiya, matematika bilan qoʻsxilgan 
holda oʻsha davrdagi ilgʻor faylasuflarning asosiy mashgʻulotiga aylandi. 
Mexanika, matematika va mantiq uchligi XVIII asr ratsionalizmining asosi 
sifatida e‘tirof etildi.
Gobbsga koʻra jamiyat mexanika qonuniyatlarining ijtimoiy hayotdagi 
mahsuli sifatida baholanadi. Golbax esa tabiat qonunlarini insoniyat 
tafakkurining muallimi va mezoni deya talqin qiladi. Joxillik, omilik nafaqat 
illat sifatida, balki tabiat, jamiyat taraqiyotiga gʻov, toʻsiq deya qoralanadi. 
Biroq deistlar ham materialistlar ham bu borada turlicha yondashuvga ega. 
Ularning biri uchun olam tartiboti yaratuvchining irodasi bilan boʻlsa, 
ikkinchi tomon uchun esa, borliqdagi tartibot tabiat qonunlariga muvofiq 
amalga oshiriladi.
Ushbu konsepsiya: birinchidan inson oliy tafakkur in‘om etgan aqlga
koʻra borliqni anglaydi, degan qarashni oʻzida aks etiradi. Spinoza bu 
konsepsiya‘ni moddiy substansiya sifatida talqin qilgandi. XVIII asr
ma‘rifatparvarlarining xulosalariga muvofiq esa, olam oqilona strukturaga
koʻra yaralgan boʻlib, tabiat va tafakkur qonunlari aynandir. Tabiat va 
jamiyatdagi kauzal, tasodifiy hodisalar ham mantiqiy asosga ega. Demak 
olamni nafaqat aql yordamida mutlaq bilish, balki uni intuitiv his qilish ham 
tan olinadi.
XVII asr ratsionalistlaridan farqli oʻlaroq fransuz ma‘rifatpar-
varlarining qarashlarida tafakkurdan tabiatga qarab emas, aksincha tabiatdan 
tafakkurga qarab rivojlanish kuzatiladi. Bu borada Didro va Gelvetsiyning 
qarashlari sensualizmni inkor qilmaydi. Inson tabiat tomonidan unga berilgan 
sezgi organlari yordamida borliqni anglaydi. Shu bois u tabiatdan oʻrnak 
olmogʻi kerak. Bu harakat esa tom ma‘nodagi donishmandlik sanaladi.
Tabiatning oʻzi aqlli emas, biroq u aqlli mavjudotlarni yaratadi. ―Falsafiy 


132 
qarashlarga qoʻshimchalar‖ asarida Didro diniy e‘tiqod va tabiat oqilonaligi 
bir-biriga muvofiq kelmaydi, chunki tabiat jonli emas, biroq u oqilona 
tartibotga ega: insonning baxtli boʻlishga intilishi tabiat qonunlariga muvofiq 
keladi deya ta‘kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni kuzatish mumkinki, tabiat qonunlarini 
huquqiy darajasigacha koʻtarish tendensiyasi kuzatiladi. Boshqacha qilib 
aytganda, ma‘rifatparvarlar tabiiy, adolatli, ratsional qonunlarni yaratish 
gʻoyasini ilgari surishadi. Bu gʻoyalar oʻzida naturalistik orientatsiyaga 
tayangan, gnoseologik optimizmni ifoda etadi. Hatto Volter hamda 
Russoning ilm-m‘arifatni sof nazariy aql mahsuli ekanini ta‘kidlovchi deistik 
qarashlari ham, ma‘rifatparvarlik gʻoyalarining yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Tanqidiy ruhdagi ma‘rifatparvarlik gʻoyalari garchand XVIII asr 
oʻrtalarida 
Fransiyadagi 
inqilobiy 
hayotga 
muvofiq 
kelmasada, 
ma‘rifatparvarlar ratsionallikka asoslangan oʻz qarashlarini kun kelib, 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida yuzaga chiqishiga ishonganlar. 
Mohiyatan olib qaraganda ma‘rifatparvarlik falsafasi, asosan,siyosiy 
gʻoyalarni oʻzida aks ettirib, oʻz davrining ijtimoiy hodisalariga tanqidiy 
nuqtayi nazardan baho berarkan, ushbu inqirozlardan faqat ilm-ma‘rifat yoʻli 
bilangina xalos boʻlish mumkinligini ta‘kidlashadi.Avvalambor ushbu 
qarashlar tasavvurda qotib qolgan spekulyativ,dogmatik metofizikaga ham 
qaratilgan edi. Xususan, Didro, Volter, Gelvetsiyning antispekulyativ 
sensualizmi oʻzidan oldingi davrdagi ratsionalistik qarashlardan birmuncha 
farq qiladi. ayniiqsa, bu borada Lokk, shuningdek Nyuton mexanikasining 
ta‘siri ancha sezilarli. Oʻsha davrda ijtimoiy hayot hamda tafakkurda yuz 
bergan inqiloblar falsafiy dunyoqarashni mutloq boshqa oʻzanga burib 
yubordi. Xususan bu davrda diniy mutaassiblikka qarshi oʻlaroq, falsafada 
materialistik yondashuvlar etakchi oʻringa koʻtarildi. ayniiqsa Didro, Golbax 
kabi faylasuflarning qarashlari oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
Golbax: ―materiya va harakatning yaxlitligi olamning paydo boʻlishidan 
koʻra, kishilik jamiyatining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan…‖, – deb 
yozadi. Bir soʻz bilan aytganda ma‘rifatparvarlar kishilik jamiyati va ilm-fan 
taraqqiyotini yoqlaydilar, biroq bu taraqqiyot ayrim biologik elementlarni 
hisobga olmaganda sof mexanik ahamiyat kasb etadi. Ular Nyuton 
mexanikasini olamning hamma hududiga mutlaq, birdek ta‘sir oʻtkazadigan 
tabiiy va ijtimoiy borliqning fundamental asosi haqidagi yakuni-xulosa 
sifatida talqin qiladilar. Masalan, ma‘rifatparvar faylasuflardan biri Lametri: 
―ijtimoiy munosabatlar bu axloqiy munosabatlardir, axloq esa, Nyuton 
mexanikasining uzviy davomi. U organizmlar munosabatidan koʻra, ijtimoiy 
munosabatlarga koʻproq muvofiq keladi‖, deya uqtiradi.
XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlari Germaniyada dastlab 
adabiyot san‘at, keyinchalik esa ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan bir 
qatorda falsafiy qarashlar keng taraqqiy etdi. Ijtimoiy boshboshdoqlikka 


133 
barham berish istagi hamda oʻzgarishlarga moyillik Germaniya jamiyatida
oʻziga xos yangicha madaniyatni taraqqiy ettirishga imkon beruvchi 
barqaror ma‘naviy muhitni yaratdi. an‘analar, diniy qadriyatlarga sodiqlik
ruhiga qaramay , xurfikrlilik, ma‘rifatparvarlik kabi gʻoyalar olmon 
jamiyatining ijtimoiy hayotiga kirib bordi. Madaniy gʻoyaviy oʻzgarishlar 
Gete, Sxiller, Lessing, Kant kabi shoir va faylasuflarning ijodida aks etdi. Bu 
ma‘noda olmon mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kantning
(1724–1804-yillar), gʻoyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kant falsafasi ma‘rifatparvarlik gʻoyalarining tanqidi va yakuni 
sifatida baholanadi. Kantning falsafa tarixidagi oʻrni XIX–XX asrlardagi
falsafiy qarashlar aynan uning gʻoyalari asosida rivojlanganligi bilan ham 
ahamiyatli sanaladi. Kantning ijodi shartli ravishda ikki bosqichga: 
tanqidgacha va tanqidiy davrlarga boʻlib oʻrganiladi. Tanqidiy davrgacha 
boʻlgan bosqichda Kant ijodi tabiiy ilmiy va naturfalsafiy harakterga ega.
Aynan shu bosqichda uning ―Osmonning umumiy, tabiiy tarixi va nazariyasi‖ 
nomli traktati yoziladi. Ushbu traktatda bayon qilingan nazariyalar 
keyinchalik Kant va Laplas nazariyasi sifatida shuhrat qozonadi. Kant 
ijodining ikkinchi bosqichini tanqidiy deya nomlanishi, uning, falsafaning 
vazifasiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishi bilan izohlanadi. 
Faylasuf har qanday dogmatik qarashni tanqidiy baholashi lozimligini 
ta‘kidlaydi. Kant oʻzidan oldin qarama- qarshi pozitsiyada boʻlgan 
ratsionalizm va empirizm gʻoyalarini oʻziga xos tarzda sintez qildi. U har 
ikkala yoʻnalishning oʻzi ijobiy deb bilgan tomonlarini birlashtirib, keraksiz 
jihatlarini rad etdi. U empiriklarning aql tajribaga tayanishi kerak, degan 
mulohazalarini yoqlaydi, lekin ularning inson aqli dastavval oq qogʻozga 
oʻxshatilishini inkor qiladi. Kant ratsionalistlarning ―tugʻma gʻoyalar‖ 
haqidagi qarashlarini ham tanqid qiladi. U tugʻma gʻoyalar oʻrniga, aprior 
bilimlar tushunchasini qoʻllaydi. Aprior bilimlar oʻziga xos tafakkur va 
mushohada shakli boʻlib, ular obyektga emas, subyektga tegishli. Ular 
hissiy idrok va aqliy bilish strukturasiga mos harakterga ega. Aprior bilimlar 
hech qachon ―narsa oʻzida‖da mavjud emas. Shu sabab ham ular ―tugʻma 
gʻoyalar‖ boʻla olmaydi.
Kantning qarashlari oʻzidan keyingi Evropa, ayniqsa Olmon falsafasiga
katta ta‘sir koʻrsatdi. Kantning izdoshlari u koʻtargan muammolarni yanada 
aniqroq bayon qilishga uning kamchiliklarini izohlashga harakat qildilar. 
Bunga misol tariqasida I. Fixtening (1762– 1814-yillar) qarashlarini keltirib
oʻta‘miz. Uning 1792-yilda e‘lon qilingan ―Har qanday vahiyning tanqidi‖ 
ocherki Kantning ―Sof aqlning tanqidi‖ nomli asaridan ta‘sirlanib yozildi. 
Fixtening mazkur ocherkini Kantning oʻzi e‘tirof etadi.
Kantning aprior bilimlar shakliga ega boʻlgan transsendental subyekt 
gʻoyasi falsafaning borliq haqidagi nazariyalarini ong ontologiyasi sifatida
baholashga imkon yaratdi Fixte Kant falsafasining aynan shu tomoniga 


134 
e‘tibor qaratdi. U Kant metafizikasida uchraydigan dualistik elementlarni
tanqid qiladi va ―narsa oʻzida‖ gʻoyasini qabul qilmaydi. Fixte Kant 
metofizikasini dialektik yoʻl bilan tahlil qilishga urunadi. Keyinchalik bu 
urunish Shelling va Gegel tomonidan tanqidga uchraydi.
Fridrix Shelling (1775–1854-yilllar) olmon idealistik maktabi 
vakillaridan biri. Leybsik universitetida tabiiy fanlar va falsafadan ta‘lim 
oladi. 1800 yilda e‘lon qilingan ―transsendental idealizmning tizimi‖ nomli 
asari unga katta shuhrat keltiradi. Shelling tabiat va ruh aynanligi prinsipiga 
tayanadi. Unga koʻra tabiat ham, ruh ham mutloqlik, yoki xudoning turlicha 
namoyon boʻlish shaklidir. Shelling falsafasi Kantning transsendentlik 
haqidagi qarashlari bilan sugʻorilgan, Bruno va Spinoza panteizmining qayta 
ishlangan shakli edi. Tabiat va ruhning aynanligi azaldan mavjud boʻlib, u 
bizning sezgilarimizga koʻra farqlidir. Bizga namoyon boʻlayotgan reallik va 
ideallik bir xil mohiyatga ega. Shelling falsafasidagi tabiat va san‘at, 
naturfalsafa va falsafaning gʻoyat yaqinligi zamondoshlari, ayniqsa F.Gegel 
tomonidan adabiyot va fan funksiyalarini chalkashtirilishi sifatida tanqid 
qilindi.
Georg 
Vilgelm 
Fridrix 
Gegel 
(1770–1831-yillar) 
Tyubingen
universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida ta‘lim olgan. U Shelling bayon 
etishga urungan mutloq ruhning san‘atda namoyon boʻlishi gʻoyasiga 
tayangan real va ideallikning aynanlik prinsipini tanqid qilib, san‘at 
modelining oʻrniga fan modelini qoʻllaydi hamda mutloq ruhning namoyon 
boʻlishini mantiqiy jarayon sifatida koʻrsatadi. Haqiqat mavjud boʻlgan 
haqiqiy shakl faqat fandagina namoyon boʻladi. Ushbu qarashlar Gegelga
inson ongining barcha sohalarini qamrab oladigan ulkan falsafiy tizim 
yaratishga imkon berdi. Klassik e‘tiqod shakllarini falsafaning ta‘riflash
predmetiga ajratarkan Gegel, uning mantiqiy harakatini mutloq ruhga
muvofiqligini koʻrsatadi. Narsalar oʻz asosiga koʻra fikrdir, ya‘ni barcha 
mavjid narsalar aqlga muvofiqdir, barcha aqlga muvofiq narsalar mavjuddir, 
yoki boshqaa qilib aytganda gʻoya bu haqiqatdir, barcha haqiqatlar esa, 
gʻoyadir. Mutloq ruh namoyon boʻlishining har bir bosqichi oʻziga xos 
mazmunga ega, san‘at ham, din ham uni toʻla aks ettira olmaydi, faqat sof 
aqldagina u toʻla namoyon boʻladi.
Insoniyat tarixini katta koʻlamda tizimli talqin etilishi Evropa
madaniy hayotiga beqiyos ta‘sir koʻrsatdi. Shuning bilan bir qatorda , 
oʻzida ratsionalizm prinsiplari, subyekt va obyektning oʻzaro qarama-qarshi 
konsepsiyalarini mujassamlashtirgan Gegel ta‘limoti Evropa mumtoz 
falsafasining yakunlovchi bosqichi ham edi. Gegel qarashlarining tanqidi 
Evropada oʻziga xos noklassik falsafiy yoʻnalishlarni yuzaga chiqardi.
Gegel gʻoyalari katta mavqeyga ega boʻlgan davrlardayoq unga 
tarafdor boʻlmagan, qarashlarini keskin tanqid qilgan faylasuflar paydo 
boʻldi. Bular olmon faylasufi Artur Shopengauer va Daniyalik faylasuf 


135 
Seren Kerkigor edi. Ularning ilgari surgan gʻoyalari mumtoz falsafaning 
prinsiplaridan tubdan farq qilib, unda inson borligʻining mohiyati, uning 
olamdagi oʻrni, oʻlim va hayot, inson hayotining ma‘nosi kabi muammolar 
oʻrtaga tashlandi va Evropada keyinchalik bu yoʻnalish postklassik falsafa
nomi bilan keng tarqaldi.
Shopengauer (1788–1860-yillar) olmon faylasufi. Shopengauer 
Evropada keng yoyilgan zamonaviy falsafaning asoschilaridan biri sanaladi. 
1818-yilda uning mashhur asari ―Olam iroda va tasavvur sifatida‖ nomli 
asari yoziladi. Shopengauerning nuqtayi nazaricha olam insonga iroda va 
tasavvur sifatida namoyon boʻladi. Iroda bu – Kant nazarda tutgan ―narsa 
oʻzida boʻlib‖, u borliqning azaliy ibtidosidir. Oʻz tabiatiga koʻra qandaydir 
kosmik, biologik kuch tasavvur sifatida olam insonning ongida aks etadi, 
oqibatda zamon, makon, subyekt obyekt alohida narsalarning turfa xiligi 
hamda ular oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishlar vujudga keladi. Bularning bari
inson aqli, idroki oʻz aprior shakliga koʻra shunday yaratilgan. Bu olamda 
inson mutloq irodaning ixtiyoridadir, u borliq qonunlarini anglashi, unga 
moslashib yashashi uchun insonga intelekt bergan. Insoning hayoti, 
mavjudligi qanchalik bema‘no boʻlmasin, mutloq iroda uni yashashga 
majbur qiladi. Shopengauer yangi davr falsafasiga birinchilardan boʻlib
pessimizm ruhini olib kiradi, biroq, XIX asrning birinchi yarmida avj olgan 
iqtisodiy, madaniy, ta‘lim sohalaridagi taraqiyot bois uning gʻoyalariga 
etarlicha e‘tibor berilmaydi.
Seren 
Kerkigor 
(1813–1855-yillar) 
daniyalik 
faylasuf, 
xuddi 
Shopengauer kabi uning qarashlari ham oʻz davrida e‘tirof etilmagan. U 
oʻzining ―Yoki yoki‖ asarida inson shaxsiyati bosib oʻtishi lozim boʻlgan 
uch bosqich: estetik, axloqiy va diniy bosqichlarni koʻrsatadi. Estetik 
bosqichda inson hissiy va jismoniy lazzat va farogʻat uchun yashaydi. Bu 
ma‘noda u hayvonga, yana ham aniqroq qilib qaytganda aldov va yolgʻonlar 
bilan ovunadigan bolaga oʻxshaydi. Kerkegorning fikricha aksariyat kishilar 
hayotlari davomida bu bosqichdan chiqib ketolmaydilar. Axloqiy bosqichda 
inson oʻzining nafaqat jismdan, balki ruhdan ham iborat ekanligini anglaydi. 
Bu bosqichda u umidsizlik va a‘zob chekadi, zotan umidsizlik, inson 
mohiyatini anglashda zaruratdir. Inson kamoloti uchun axloqiy bosqichning 
oʻzi etarli emas, u e‘tiqod bosqichida umidsizlikni keltirib chiqargan zarurat 
bilan kurashadi va oʻzi uchun imkoniyat topadi. Kerkegorga koʻra faqat chin 
ma‘nodagi e‘tiqodgina insonni umidsizlik va a‘zob uqubatdan qutqaradi.
Shopengauer qarashlari ta‘sirida shakllangan yana bir yirik
faylasuflardan biri Fridrix Nitsshe (1844–1900-yillar) uning asosiy asarlari: 
―Fojianing 
musiqa 
ruhidan 
yaralishi‖, 
―Quvnoq 
fan‖, 
―Axloq 
gnoseologiyasi‖, ―Zardusht shunday degandi‖.
U oʻzining ―Fojianing musiqa ruhidan yaralishi ― asarida qadimgi 
Yunon madaniyatini tahlil qilarkan, unda ikki ma‘bud, Apollon va Dionis 


136 
kulti oʻzaro qarama-qarsxilikda boʻlganligini aytadi. U ratsional, tizimli 
tartiblangan bilim ramzi sifatida Apollonni, irratsional, mistik bilimlar ramzi 
sifatida Dionisni koʻrsatadi. Nitsshining fikricha,fojiaviylik Dionis ruhidan 
yaraladi. Fojiaviylik, irratsionallik har qanday san‘atning oʻzagi hisoblanadi. 
Nitsshe Evropa madaniyati inqirozini ratsionallikni hayoti instinktlar, 
irotsionallik, mistika ustidan qozongan gʻalabasi natijasida deb biladi.
Nitsshe falsafasida koʻtarilgan yana bir muammolardan biri, inson mohiyati 
muammosidir. U xristianlik dinining gʻoyalarini, shuningdek sotsializm va 
demokratiya‘ni ham keskin tanqid qiladi. Nitsshening fikricha aynan shu 
gʻoyalar hech narsaga qodir boʻlmagan, shaxsiz olomonning manfatlariga 
xizmat qiladi. Insoniyat hali ham hayvonlik holatidan yuqoriga 
koʻtarilmagan, undan faqat ayrim faylasuflar, avliyolar va ijodkorlar xalos 
boʻlganlar. Buning uchun insoniyat ming yillardan buyon oʻrnatilgan 
qadriyatlar tizimini oʻzgartirishi, ularni qayta baholashi lozim, deya 
ta‘kidlaydi Nitsshe.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida tabiatshunoslik fanlarining 
nazariy taraqqiyoti natijasida, Spinoza va Feyerbaxning spekulyativ 
materializmi hamda Gegel, Fixte, Shellingning idealizmi jamiyat rivoji va 
fan sohalaridagi oʻzgarishlarni toʻla tushuntirib bera olmadi.
XVI–XVII asr Evropa hayotida ulkan oʻzgarishlar asri boʻldi.
Insonlarning hayot tarzi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashidagi tub 
oʻzgarishlar falsafada yangicha uslub va muammolarni keltirib chiqardi.
Bu davrda falsafiy tafakkur yoʻnalishlarini belgilab bergan muhim 
hodisalardan biri, bu - fan inqilobi edi. Ushbu inqilob N. Kopernik, I. 
Kepler, Tixo Brage, G. Galiley kabi olimlarning kashfiyotlari bilan 
boshlanib, I. Nyutoning kashfiyotlari bilan yakunlandi. Endilikda falsafa
kechayotgan oʻzgarishlarning mohiyati va koʻlamini qamrab olishi, 
hodisalar rivojini tushuntirib berishi, kishilarni yangicha olamga olib kirishi 
lozim edi. Bunda insoning tabiatga, jamiyatga, oʻz oʻziga hamda xudoga 
boʻlgan munosabati mutlaqo oʻzgacha ma‘no kasb etdi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə