Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Falsafaning fan sifatida mill. avv. VI asrda Yunonistonda 
shakllanishi va unda dunyoning asosi nimalardan iborat? 
2. Demokrit, Aflotun, Arastu falsafiy qarashlari haqida bayon eting. 
3. Oʻrta asrlardagi nominalizm va realizm oqimlarining ta‘limotlari 
haqida soʻzlang. 
4. Uygʻonish davridagi fan taraqqiyoti haqida nimalar deya olasiz? 
5. XVII asr Gʻarbiy Yevropa falsafasi haqida bayon eting. 
6. XVIII asr frantsuz faylasuflarining qarashlari haqida soʻzlang. 
7. Nemis klassik falsafasining yirik namoyondalari kimlar? Ularning 
falsafiy gʻoyalari nimalardan iborat? 
8. XX asr falsafasi, uning oqimlari, xususiyatlari haqida soʻzlab bering. 
 
 
4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi 
 
Borliq tushunchasining tahlili. 
Borliqfalsafiy bilimlarning alohida 
sohasi boʻlib, unda borliq va yoʻqlik, mavjudlik va nomavjudli k 
muammolariga 
doir 
masalalarning 
keng 
doirasi 
oʻrganiladi, 
shuningdek,mavjudlik sifatiga ega boʻlgan barcha narsalarning mohiyati 
aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u Ontologiya deb ham 
ishlatiladi. «Ontologiya» ata‘masi (yunoncha ontos – borliq, logos – soʻz, 
ta‘limot), borliq haqidagi ta‘limot degan ma‘noni anglatadi, ilmiy 


139 
kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qoʻllanilmoqda. Ontologiya 
har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa oʻz 
tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini koʻp jihatdan 
belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yoʻlidagi ilk 
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. 
Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy 
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan oʻrin oldi. 
Mifologiya‘ning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib 
berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo boʻlgani va qaerga 
yoʻqolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shugʻullanadi. Bunday tushuntirishga 
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob 
topish zaruriyati bilan toʻqnash kelganlar: 

falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 

bu ata‘ma nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 

unga qanday falsafiy ma‘no yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur 
tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq» 
falsafiy kategoriyasi dunyoning, ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir 
ma‘no – «boʻlish», «mavjud boʻlish», «hozirlik», «hozir boʻlish», 
«mavjudlik» ma‘nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida 
sanab oʻtilgan va ma‘no jihatidan unga yaqin fe‘llar negizini tashkil etadigan 
«boʻlmoq» fe‘li, oʻzining bevosita ma‘nosidan tashqari, yordamchi fe‘l 
sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud 
emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom 
ma‘noda universal fe‘l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: 
oʻzbek tilida – «boʻlmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k. 
Shunday qilib, «borliq» va «yoʻqlik» kategoriyalarining oʻziga xosligi, 
betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy 
ma‘nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular «boʻlmoq» fe‘lidan (yoki uning 
inkoridan) hosil boʻlgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning oʻzini emas, 
balki uning mavjudligi yoki yoʻqligini koʻrsatadi. Masalan, stol bor, yomgʻir 
yoʻq, oqlik bor, aks yoʻq, miya bor, gʻoyalar yoʻq va h.k.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə