Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Borliq va yoʻqlik dialektikasi.
Falsafa tarixida birinchi boʻlib
Parmenid «Borliq bor, yoʻqlik esa – yoʻq»,degan fikrni ilgari surgan. 
Binobarin, yaxshi, yomon, toʻgʻri, notoʻgʻri, quvnoq, shoʻr, oq, qora, katta, 
kichkina kabi va shunga oʻxshash sifatlar borliqqa nisbatan qoʻllanilishi 
mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib 
boʻlmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, 
borliqni har qanday voqelik ega boʻladigan umumiy, universal va betakror 
mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud 


140 
narsagina borliqqa ega boʻlishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini 
beradi.
«Yoʻqlik» har qanday tilda amalda mavjud boʻlmagan narsa bilan 
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha 
aytganda, yoʻqlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya‘ni 
amalda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar) oʻzligini yoʻqotgan holda 
«yoʻqlik» ata‘masi ayni shu ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular 
«yoʻqlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma‘noda bu 
fikrni toʻgʻri deb boʻlmaydi. Borliq va yoʻqlik oʻrtasida dialektik oʻzaro 
aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga koʻra, biz 
yashayotgan Olam boʻshliqdan bino boʻlgan. Boʻshliq materiya‘ning alohida 
holati. Boʻshliq fizik borliqning eng boy tipi, oʻziga xos potensial borliq 
sifatida namoyon boʻladi, zero unda mumkin boʻlgan barcha zarralar va 
holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yoʻq
1
.
Yana shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va 
boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona 
emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli 
Olamlarning Cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma‘noda borliq va 
yoʻqlikning oʻzaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi 
mifologiyada olamning xilma-xilligi gʻoyasi bilan uygʻun). 
Ikkinchidan, amalda mavjud boʻlgan narsaning obyektiv borligʻi 
yoʻqlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u 
muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan boʻlsa, bu narsa ongda mavjud boʻladi 
va oʻzining «ikkinchi» borligʻini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obyektning 
nusxasi, ideal obrazi boʻlib qoladi.
Shunday qilib, 
oʻtgan zamondagi borliq yoʻqlikdir
, deb aytish mumkin. 
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud boʻladi, u faqat hozirgi zamonda oʻzini 
namoyon etadi,
basharti u dolzarb va amalda namoyon boʻlish imkoniyatiga 
ega boʻlsa, agar u potensial, ya‘ni axborot manba‘larida mavjud yoki uning 
paydo boʻlishi obyektiv rivojlanish mantigʻi bilan belgilangan boʻlsa. 
Amalda yoʻq boʻlgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. 
Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-
shamoyilini berish mumkin. Oʻtmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu 
ma‘noda soʻz yuritishimiz mumkin.
Aynii shu ma‘noda 
biz gʻoyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar 
yoki oʻzimizga yaqin odamlar toʻgʻrisida soʻz yurita‘miz, bunda ular 
yoʻqlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi oʻzgacha 
borliq kasb etganini nazarda tuta‘miz.
1
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, 
логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93. 


141 
Shunday qilib, 
borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-
barangligi va turli-tuman namoyon boʻlish shakllari bilan yaxlit aks ettirish 
imkonini beradi.
Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar oʻz xususiyatlari, 
xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi 
boʻlmish insonni bilish yoʻlidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va 
mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, koʻrsatkichlari, ramz-
a‘lomatlari, shakllari va hoka‘zolar haqidagi mulohazalarning asosiy 
koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, 
materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar 
muomalaga kiritiladi.
Inson oʻzi va umuman dunyo haqida oʻylar ekan, odatda muayyan 
narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish koʻradi. aynii vaqtda u oʻzini 
qurshagan dunyoni sinchiklab oʻrganish va uning butun rang-barangligini 
tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladigan 
qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan 
biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon 
faylasuflarida tabiat elementlari, oʻrta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: 
«Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini 
koʻramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida toʻxtab qolmagan va 
oʻzini qurshagan borliqning koʻp sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan 
barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning 
ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq 
qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning koʻp 
sonli turli-tuman shakllaridan ularning,ayniqsa,aniq boʻlgan bir nechtasini 
farqlash imkonini beradigan tajriba va bilim toʻpladi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə