Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Foma Akvinskiy ta’limoti.
Oʻrta asr xristian aristotelizmining eng 
mashhur namoyandasi, shubhasiz, «Doktor angelikus», (―Farishta doktor‖) 
nomini olgan Foma Akvinskiydir (1225–1274). Foma Neapol yaqinidagi 
Akvina shahridagi Rokkasekka qasrida dunyoga keldi. U oliynasab graflar 
avlodidan edi boʻlib, dastlab, Monte-Kaskinodagi Benidiktlar abbatligida 
ta‘lim oladi va 1239-yilda Neapoldagi mashhur universitetlardan birining 
―Erkin san‘at‖ fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi hamda 1243-yilda ushbu 
universitetni ta‘momlaydi. U Neapolda 1244-yilda Dominikanlar ordeniga 
qabul qilinadi. 1245-yilning kuzida u Parijga ketadi va ma‘lum muddat 
Buyuk Albert rahbarligida Parij universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida 
tahsil oladi, to magistr darajasiga ega boʻlmaguncha (1259-yil) Parijda 
qoladi. Keyinchalik Parijdan Italiyaga joʻnab ketgan Foma turli 
universitetlarda ilohiyotdan dars beradi. 1272-yilda yana Parijdan ketgach 
1273-yilda Neapol universitetlarida dars beradi. 1274-yilda u papa Grigoriy 
Xning taklifi bilan Lion saboriga yoʻl oladi va yoʻlda toʻsatdan salomatligi 
yomonlashib, vafot etadi. Uning asosiy asarlari: ―Sentensiya Petr 
Lambardskiyning toʻrt kitobiga sharhlar‖ (1254-1256), ―Majusiylarga qarshi 
dalillar‖ (1262–1264), ―Teologik jamlanma‖ (1-va 2-qismlar (1264–1265), 3-
qism 1272–1273 yillar yozilgan, biroq asar yakunlanmagan), ―Muqaddas 
uchlik haqida‖ va ―Sidmitsiyalar haqida‖ asarlari (asarlar Boesiy asarlariga 
sharhlar boʻlib, 1262-yilgacha yozilgan); ―Dionisiyning ―Ilohiy nomlar‖ 
asariga sharhlar‖ (1268-yilgacha), ―Sabablar haqidagi kitobga sharhlar‖ 
(1270-yilgacha), ―Haqiqat haqida savollar‖ (1256–1259), ―Kuch-qudrat 
haqida‖ (1259–1268), ―Ruh haqida‖ (1269–1270), ―Yovuzlik haqida‖ (1270–
1271) traktatlari; ―Ma‘no va mohiyat haqida‖ (1256), ―Averroistlarga qarshi 
intellektning yagonaligi haqida‖ (1270), ―Elementlarning qoʻsxilishi haqida‖ 


122 
(1270–1271), ―Varchunovga qarshi olamning abadiyligi haqida‖ (1271) 
kabilardan iborat.
Foma qarashlariga muvofiq ilohiyot va falsafa mohiyatan Aristotel 
tushunchasidagi fan hisoblanib, asosida birlamchi prinsip yotuvchi bilimning 
ayrim tizimlarida, zaruriy xulosalar faqatgina sillogistik yoʻl bilan 
chiqariladi.
Teologiya va falsafa mohiyatan mustaqil fan boʻlib, teologiya hamda 
tafakkur prinsiplari bir-biridan farq qiladi. Ilohiy vahiyning haqiqat qismi 
aqldan yuqori harakterga ega deb hisoblanadi (masalan, muqaddas uchlik 
aqidasi, birlamchi gunoh tushunchasi). Uning qolgan jihatlari esa ratsionaldir 
(masalan, xudoning borligi hamda ruhning abadiyligi aqidalari). Birinchi 
haqiqat oʻzida ―vahiy ilohiyoti‖ni yoki ―muqaddas doktrina‖ (lot. sakra 
doktrina) ni aks ettiradi, ikkinchisi esa spekulyativ falsafiy fanlarning yuqori 
qismi ―tabiiy ilohiyot‖ni namoyon qiladi. Foma fikriga koʻra, narsalar 
haqidagi ochiq va aqldan yuqori bilimlar tabiiy bilimlar bilan qarama-qarshi 
emas, chunki ularning har ikkisi ham haqiqatdir. Ilohiyot fanlarining maqsadi 
va vazifasi ilohiy kitoblardagi haqiqatni barchaga tushunarli, ayon, ishonarli 
boʻlishi uchun batafsil talqin hamda tizimli bayon qilib berishdan iborat. 
Fomaning ta‘kidlashicha, ilohiyot falsafaning xizmatidan foydalanishi 
mumkin. Xristian dinining asosiy maqsadi insonni xalosetish ekan, bu 
nuqtayi nazardan, ―falsafa ilohiyotning choʻrisi boʻlmogʻi kerak‖, deya 
ta‘kidlaydi Foma. Shuningdek, u inson tafakkuri va bilimi bevosita tarzda 
individual ruhni xalos etishga qodirdir, deya ta‘kidlarkan, Foma Oʻrta 
asrlardagi insonni tabiatan ojiz, gunohkor deya baholovchi salbiy jihatlarga 
qaramay, ratsional bilimning imkoniyatlarini past baholamaydi, aksincha, uni 
eng ijobiy tarzda qoʻllab, oqibatda uni oqlaydi.
Biroq bunda xudoning mavjudligini yaratilgan mavjudotlarga qarab 
qisman isbotlash mumkin. Foma Akvinskiy beshta shunday dalil keltiradi 
(lot. 
quinque viae
,ya‘ni ―beshta yoʻl‖ yoki ―beshta dalil‖ degan ma‘noni 
anglatadi): 1) 
ex motu
– ―harakat-sabab‖; 2) 
ex ratione effisientis
– ―keltirib 
chiqaruvchi sabab‖; 3) 
ex kontingente et nesessario
– ―zaruriy sabab‖; 4) 
ex 
gradibus perfektionis
– ―mukammalik darajasiga koʻra sabab‖; 5) 
ex 
gubernatione rerum
– ―ilohiylikning narsalar ustidan hukmronlik sababi‖.
Birinchi dalilda Foma, ―harakatlanib‖ (bir-biri bilan qorishadigan), 
sifatiy va miqdoriy jihatdan oʻzgarib, paydo boʻlib-yoʻqoladigan, 
shuningdek, ―har qanday potensiya va moddiylikdan xoli abadiy harakatsiz 
birlamchi turtkida‖ mavjud boʻlishga intilib, turli potensiyalarga oʻz-oʻzidan 
realizatsiya boʻluvchi narsalarni keltiradi. Falsafa tarixchisi Kopulston 
ta‘kidlaganidek: ―Akvinalik birinchi dalilda ―Harakatlanuvchi‖ narsalar 
mavjudligidan ―harakatlanmaydigan‖ yuqori dvigatelning mavjudligiga qarab 
boradi‖. U ikkinchi dalilda, azaldan hech qanday sababga ega boʻlmagan 
birlamchi sababdan vujudga kelgan, mavjud tartibot yoki borliq ierarxiyasini 


123 
koʻrsatadi. ―...ikkinchi dalilda akvinalik tartibot yoki harakatlanuvchi 
sabablar ierarxiyasi mavjudligidan, cheklangan deatamalanmagan sabablar 
mavjudligiga qarab boradi‖. Uchinchi dalil, mavjud boʻlmagan zaruriyatni 
mutlaq zaruriyatga aylantirish uchun, borliqqa ega yoki undan xalos 
boʻladigan mavjud narsalar keltiriladi. ―...uchinchi dalilda akvinalik borliqqa 
aylanishi va yoʻq boʻlishga qodir (imkoniy) narsalar‖ mavjudligidan, zaruriy 
mutlaq zaruriy mavjudga qarab boradi...‖ Toʻrtinchi dalilda tugal 
narsalarning mukammal darajasining mavjudligidan barcha chegaralangan 
mukammalikning sababi boʻlgan mohiyatning mavjudligi nazarda tutiladi; 
―...toʻrtinchi dalilda akvinalik eng soʻnggi narsalardagi takomillashuv 
darajalarning mavjudligidan, eng oxirgi komillikning sababi oʻlaroq 
namoyon boʻluvchi vujudning mavjudligiga qarab boradi...‖ beshinchi 
dalilda esa moddiy narsalarning maqsad sababidan olam tartiboti uchun javob 
beruvchi Aqlga intilish aytib oʻtiladi. ―...beshinchi dalilda akvinalik moddiy 
dunyodagi maqsadga muvofiq sababiylikdan, olamdagi maqsadga muvofiqlik 
va tartibotga javobgar aqlga qarab boradi.‖ Mazkur mulohazalarning 
umumiy jihati shundaki, narsalar va ularning xususiyatlarini harakat 
sifatidagi mavjudligi borliqni narsa va unga xos xususiyat sifatida shartlovchi 
sababning borligini anglatadi. Narsalarni vujudga keltiruvchi sabablar zanjiri 
va narsalarning xususiyati zarurat yuzasidan chegaralangan boʻlishi lozim, 
agarda bunday boʻlmasa, hech kim va hech narsa voqelik boʻla olmasdi. 
Demak, Foma xulosa qilib ta‘kidlaydiki, yaratilgan narsalarning mavjudligi 
shundan dalolat beradiki, olamda qandaydir mangu, cheksiz birlamchi sabab 
bor: bu – ilohiy kitoblar tili bilan aytganda, qudratli va bilish imkonsiz 
boʻlgan xudodir.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə