Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Materialistik monizm
deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv 
dunyo 
yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu 
moddiylik yotadi
, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan 
emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning oʻta 
rivojlangan koʻrinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari 
asarlarida duch kelamiz. Shuningdek, Zardoʻshtiylik dinining muqaddas 
kitobi boʻlmish ―Avesto‖ning ―Yushtlar‖ qismidagi koʻpxudolik aqidalariga 
zid oʻlaroq ―Gohlar‖ qismida yakkaxudolik gʻoyalari targʻib qilingan.
Idealistik monizm 
materiya‘ni har qanday borliqning boqiy mavjudligi, 
yoʻq boʻlmasligi va birinchi asosiga ega boʻlgan qandaydir ideal narsaning 
mahsuli
deb hisoblaydi. Bunda obyektiv-idealistik monizmni (masalan, 
Platonda – bu oʻlmas gʻoyalar, zardoʻshtiylikda olov, oʻrta asr falsafasida – 
Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va oʻz-oʻzidan rivojlanadigan «mutlaq 
gʻoya») va subyektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha 
jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir 
mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash 
mumkin.
Dualizm

Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy 
yondashuv dualizm
(lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi 
X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» ata‘masini falsafiy muomalaga kiritgan. 
X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, gʻoyalar va aql-
idrokning alohida oʻrnini aniqlash hamda ta‘kidlashga harakat qilgan. Uning 
zamondoshlari – ma‘rifatli absolyutizm gʻoyalarining tarafdorlariga ta‘siri 
juda katta boʻlgan. X.Volfning falsafaga oid qoʻllanmalari barcha oʻquv 
yurtlarida oʻqitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular 


163 
universitet ta‘limiining asosiy manba‘lari sifatida amal qila boshlagan. Rene 
Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida oʻrin oldi. 
R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiya‘ning butunlay ruhsizligi 
haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy 
substansiya oʻz atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik koʻlamigagina 
ega. U mutlaq boʻshliqni istisno etadi, harakatlanish, ya‘ni jismoniy 
zarralarni boʻlish, joydan-joyga koʻchirish va oʻzgartirish qobiliyatiga ega.
Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, oʻzining 
bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi oʻziga xos 
koʻrinishlarida namoyon boʻladi. U ruhiy substansiya‘ning butunlay 
jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan 
biri boʻlsa-da, uning gʻoyalarida oʻrta asr falsafasidan meros qolgan 
«substansiya» ata‘masining alohida narsani tushunish uchun qoʻllanilishiga, 
shuningdek, u ikki muhim - universal va Cheksiz substansiya – fikrlash va 
koʻlamni alohida erkin maqomga ega, deb e‘lon qilganiga duch kelish 
mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, 
mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi 
sifatida tan olganligidan da‘lolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiya‘ning 
uzviyligini va har bir «Men», ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, koʻlamli 
substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql) 
metafizikaning oʻrganish predmetini, ajraluvchi substansiya (koʻlam) esa 
fizika predmetini tashkil etadi. 
Biroq, ikki substansiya – ma‘naviy va moddiy substansiyalarni 
farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan notoʻgʻri va ratsional ma‘noda juda 
koʻp qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Fikrlash va koʻlamga ikki 
substansiya tarzida, ya‘ni bir-biriga bogʻliq boʻlmagan mustaqil asoslar 
sifatida yondasxilganida, «ruh» va «tana» oʻz harakatlarida qanday 
uygʻunlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi 
mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e‘tiboriga koʻra, substansiya butun 
mavjudot asosi, hamma narsani oʻz ichiga oluvchi va oʻzini namoyon qilish 
uchun hech narsaga muhtoj boʻlmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon 
boʻlgan. 
Fransuz faylasufi J.Lametri oʻzining «Ruhning tabiiy tarixi» deb 
nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U oʻzida tajriba oʻtkazgan – 
bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, 
insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bogʻliq, degan xulosaga 
kelgan. 
J.Lametri 
monistik-materializmni 
himoya 
qilib, 
Cheksiz
takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan gʻoya‘ni ilgari 
surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda 
mavjud boʻladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining oʻzi tashqi jismlarning 
miyaga ta‘siri bilan bogʻliq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya 


164 
ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga koʻra, «aql 
mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va 
zaruriyatning teng huquqliligi gʻoyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy 
nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə