Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Материя ҳақидаги тасаввур шаклланишининг босқичлари



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Материя ҳақидаги тасаввур шаклланишининг босқичлари 
I босқич. 
Антик фалсафа 
Материя бирламчи 
материал (сув, 
олов, атом ва ш.к.) 
сифатида 
II босқич. 
XVI-XVIIасрлар метафизик 
материализми
Материя муайян 
ўзгармас хоссалар 
йиғиндиси 
сифатида 
III босқич.XVIII-
XIXасрлар 
Материя инсон сезги 
аъзолари орқали идрок 
этишга қодир бўлган 
объектив борлиқ сифатида 
IV босқич. Ҳозирги замон фалсафаси
объектив борлиқни ифодалаш учун мўлжалланган фалсафий категория бўлиб, 
уни инсон ўз сезги аъзолари орқали идрок этади, уни тушуниши мумкин ва 
тушунишга ҳаракат қилади, лекин бунда материя инсондан қатъи назар 
мавжуддир 


167 
 
Demokrit
barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat
degan gʻoya‘ni ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan 
toʻqnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz koʻradigan 
narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil 
etuvchi atomlar shakli, kattaligi, oʻzaro joylashuvi va harakatiga bogʻliq. Bu 
barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy 
sxemani – bilish obyektining har qanday obyektni atomlar birikmasi sifatida 
aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar 
nuqtayi nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi 
donishmandlarning farazlari boʻlgan va ularning materializmi oʻta sodda 
xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi
tabiatni eksperimental oʻrganish mavjud emasligi mahsuli boʻlgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha 
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yigʻindisi koʻrinishida 
namoyon boʻladi. Ular shakli, katta-kichikligi, ogʻirligiga koʻra har xil, lekin 
boʻlinmas va yoʻq boʻlmasdir. Ob‘ektlarning rang-barangligi atomlar 
konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi.
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U 
hyle
ata‘masini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil 
jismlar paydo boʻlishiga asos boʻlib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum 
substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va 
nomuayyan boʻlib, har qanday geometrik shakl koʻrinishini kasb etishi 
mumkin boʻlgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi 
tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari (massa, energiya, koʻlam) bilan 
bogʻlangan va muayyan turlari (modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan 
tenglashtirilgan. 
Platonning «Timey» dia‘logi mazmunidan kelib chiquvchi materiya 
haqidagi ta‘limot qadimgi yunon falsafasida alohida oʻrin tutadi. Birinchidan, 
Platon «materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus ata‘ma 
qoʻllamagan, bu borada tushunish ancha mushkul boʻlgan «tur» ekani 
haqidagi ishoradan boshqa aniqroq tushuntirishlar ham bermagan. 
Ikkinchidan, u har qanday tugʻilishning «doya»si va «enaga»si boʻlish 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə