Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga 
kelgan 
boʻlib, bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning 
rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan 
belgilar bilan boyib bordi. 
Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida 
xossasi – massa aniqlandi. U materiya‘ning eng muhim belgisiga aylandi, 
materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi. Kimyoda analiz metodi 
kimyoviy elementning aniqlanishiga olib keldi va materiyaga ana shu belgi – 
vaznlilikka ega boʻlgan elementlar majmui sifatida qarala boshlandi. Mazkur 
yondashuvlarning kamchiligi shunda ediki, barcha moddiy narsalar alohida 
modda deb tushunildi, moddaning oʻzi sof mexanik koʻrinishda tasavvur 
qilinib, unga oʻlcham, massa, ogʻirlikka ega, deb qaraldi. SHu bilan birga, 
materiya‘ning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila 
boshlandi. Materiya‘ning falsafiy talqiniga sof induktiv yoʻl, oddiy 
umumlashtirish yoʻli bilan ayrim fanlarning gʻoya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuvnotoʻgʻri edi. Lekin, 1924-yilda B.Rassel, elektromagnit 
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, oʻzidan boshqa 
narsalarni oʻtkazmaslikni materiya‘ning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 
1964-yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va 
energiyaga bogʻlangan talqinini taklif qildi.
Materiya‘ni uning xossalaridan biriga bogʻlash uni ta‘riflashning ancha 
keng tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda 
mazkur usul elementarizm vujudga kelishiga sabab boʻldi. Bunda hodisani 
tushunish uchun murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bogʻlash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga 
asoslanib materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu 


171 
asosda materiyaga ta‘rif berib boʻlmasligi haqida Volter shunday deb yozgan 
edi: «Biz materiya‘ni oʻlchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajrata‘miz, lekin bu 
qoʻpol harakatlar doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham 
oʻzimizning ojizligimiz va jarlikni sezamiz»
1
. Materialist faylasuflar 
materiyaga uni hech narsaga bogʻlamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar. 
aynii vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq materiya haqida ancha keng tasavvur 
shakllandi. Bu yoʻnalishda F.Bekon, G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy 
muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi organlarimizga ta‘sir koʻrsatuvchi 
hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb yozadi G.Golbax
2
. Uning 
fikricha, materiya‘ni biron-bir yagona birinchi asosga oʻxshatib boʻlmaydi, 
dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi ham mumkin 
qadar keng boʻlishi kerak.
XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar 
metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi 
yarmida Faradey va Maksvell tadqiqotlari natijasida materiya‘ning moddaga 
qaraganda yangiroq shakli – elektromagnit maydonining oʻzgarish qonunlari 
aniqlandi. Tadqiqotlar elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika 
qonunlariga bogʻlanmasligini koʻrsatdi.
Radioaktivlikning 
kashf qilinishi atomning nooʻtkazuvchanligi 
haqidagi ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning boʻlinmasligi 
haqidagi tezisni kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan 
modda maydonga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining 
tezligiga qarab massaning oʻzgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon 
va vaqtga oid xossalari ularning harakat tezligiga bogʻliqligi tushunib etildi. 
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning 
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu 
darajada zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. Shu 
bois, fizikada materiya‘ning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik 
manzarasi inqirozga yuz tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va 
keyinchalik uning parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim 
fiziklar, shu jumladan, E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar») 
«materiya‘ning yoʻq boʻlishi (annigilyasiyasi)» toʻgʻrisidagi xulosaga 
keldilar. Bu xulosaning metodologik jihatdan asossizligi shunda ediki, unda 
falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot 
bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiya‘ning «gʻoyib 
boʻlishi», uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. 
Amalda materiya gʻoyib boʻlmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan 
edi. Yangi ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos 
boʻlgan sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon boʻldi.
1
Вольтер // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001 – С. 110 
2
Гольбах // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001. - С.110 


172 
Fanning rivojlanishida muhim rol oʻynagan materiya‘ning uchinchi 
konsepsiyasi efir gʻoyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni 
toʻldiruvchi uzluksiz muhit tushuniladi. 
Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi natijasida shakllangan 
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar koʻrinishida ham, efir koʻrinishida 
ham mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,degan fikr ilgari 
suriladi. Bu tasavvurlardan kelib chiquvchi obyektning modeli bilishning ikki 
yoqlama strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, 
kimyo yoki molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom 
tuzilishidan, ayrim (masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga 
izohni esa – efir muhitining holatidan qidirish lozim. 
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar 
materiya 
haqidagi 
atom-efir 
tasavvurlarning 
toʻgʻri 
ekanligiga 
zamondoshlarni ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat 
mustahkam zamin kasb etgandek va tabiatning barcha sirlari tagiga etish 
yoʻlida ishonch bilan harakatlanayotgandek boʻlib tuyuldi. Ammo XIX-XX 
asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam inqilob yasagan kashfiyotlar 
qilindi. Boʻlinmas va buzilmas deb hisoblangan atomlar parchalanishi 
mumkinligi, efir xossalari oʻta ziddiyatli boʻlib, uning mavjudligiga shubha 
bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiya‘ning atom-efir konsepsiyasi 
asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya tushunchasining oʻzi 
eskirgani haqida oʻylay boshladilar va materializmdan yuz oʻgirdilar. 
Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar 
tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan 
substrat sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz 
bergan oʻzgarishlarning falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular 
materiya‘ni tushunishga nisbatan oʻzgacha yondashuv zarurligini koʻrsatdi 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə