Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi 
Yangi davr
(XVI

XVII asrlar) falsafasida
materiya tushunchasi fizikada 
qabul qilingan muayyan oʻzgarmas xossalar yigʻindisi sifatidagi «modda» 
tushunchasi bilan ayniylashtirilgan.
Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon 
va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga koʻlamlilik, shakl, ogʻirlik va 
hoka‘zolarni kiritgan. Ba‘zan materiya tushunchasi bitta muayyan 
«birlamchi» xossa, masalan koʻlamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan 
(
R.Dekart, I.Nyuton
). 
Yangi davrning mexanistik materializmida materiya ta‘rifi zamirida 
«material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy 
boʻlgan asosiy va oʻzgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari 
antik davrda amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga koʻtardilar. 
Ular materiyaga birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida 
yondashdilar. Qadimgi faylasuflardan farqli oʻlaroq, ular suv, olov yoki 
havoni butun borliqning birinchi asosi va birinchi sababi deb,e‘lon qilganlari 
yoʻq. Barcha fanlar tajriba asosida rivojlangan ushbu davrda hamma narsa 
1
Аристотель. Cоч. в 4-х т.Т.1. - М.: 1975. - С.68. 


170 
zamirida ayrim mexanik xossalar: koʻlamga egalik, oʻzidan hech narsani 
oʻtkazmaslik, ogʻirlik, shakldorlik yotadi, degan qarash shakllandi.
Materiya‘ni tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr 
oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid boʻlmagan. Buning negizida 
materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u 
fizikaning nazariy ma‘lumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy 
izlanishlarning dunyoqarashga doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiya‘ning antik va mexanistik talqiniga xos boʻlgan bir 
qancha umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi 
modda yoki birinchi belgini topish yoʻli bilan aniqlanadi. 
Ikkinchidan – materiya‘ni aniqlash zamirida obyektivlik mezoni, ya‘ni 
bizdan tashqa‘rida va bizga bogʻliq boʻlmagan holdagi mavjudlik qobiliyati 
yotadi.
Uchinchidan – materiya oʻzgarmas boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchi 
sifatidagi ayrim narsalarga qarsxilik koʻrsatadi. Toʻrtinchidan – «materiya» 
tushunchasini ta‘riflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik 
qoidaga amal qilinadi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə