Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

Материя ҳақидаги илк тасаввурлар
Сув 
Ҳаво 
Олов 
Сув, Ҳаво, Олов, Ер 
Анаксимен 
Фалес 
Гераклит 
Эмпидокл 
Материя 
Объектнинг атом модели
 
Объект атомлар бирикмаси 


168 
materiya‘ning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir ma‘noda bu asos, 
lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni oʻz ichiga olishi lozim boʻlgan asos 
oʻzi har qanday shakldan mahrum boʻlishi lozim boʻlganidek, uning vazifasi 
abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini oʻzida 
aniq va toʻliq mujassamlash-tirishdan iborat boʻlganligi uchun tabiatan har 
qanday shakldan mahrum boʻlmogʻi kerak. 
Platonning materiya – haqidagi mashhur ta‘limoti oʻzining borliqqa 
asoslangan mustahkam negizini yoʻqotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi 
aql (demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi 
sof materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq oʻrin egallaydi
1
. Platon doimo 
mavjud boʻlgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo 
shakllanuvchi va hech qachon mavjud boʻlmaydigan narsalarni farqlashga 
chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning ular ichida tugʻiluvchi va oʻlganidan 
keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki «bu» soʻz bilan ifodalash, shu 
tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh etish mumkin
2

Platon fikriga koʻra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida 
shakllanish mexanizmi shundan iboratki, gʻoya‘ning juda aniq ta‘riflangan 
birinchi andozasi moddiy borliqdan oʻrin oladi va materiyaga gʻoyalar 
etiladigan joy, ularning «doya»si va vazifasi boʻlish majburiyatini yuklaydi. 
Dunyodagi barcha jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur 
gʻoya va narsalarning oʻzaro bogʻlovchi aloqasi bilan asoslanadi. Gʻoya 
narsalarning Cheksiz hissiy koʻrinishlarining asosiy ma‘nosini belgilovchi 
asos sifatida va har qanday yakka narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol oʻynovchi 
materiya haqidagi ta‘limoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga 
bevosita turtki boʻlgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki 
«eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Garchi 
Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-
ravsha‘n sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida 
tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan 
koʻrinishda mavjud boʻladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan 
uygʻunlikda har qanday yuzaga kelish va oʻzgarishning zarur universal negizi 
hisoblanadi.
Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri oʻrta asr falsafasiga ancha 
oʻzgargan koʻrinishda oʻtdi. Oʻrta asr teologlari Aristotelning ilmiy 
merosidan foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi gʻoyasini 
oʻzlashtirdilar. Ushbu gʻoya boshqa qarashlardan ustun qoʻyildi, u ma‘naviy 
asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, 
chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning oʻlmas ruhlari 
mavjudligini e‘lon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo 
1
Платон // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001. - С. 204 
2
Платон // Всемирная энциклопедия. - М.: Современный литератор, 2001. – С. 204 


169 
yaralgunga qadar ham mavjud boʻlgan, degan gʻoya‘ni ilgari suruvchi 
«dahriylar» haqida ma‘lumotlar «cherkov rahnamolari» oʻrtasidagi 
munozaralar orqali bizgacha etib kelgan boʻlsa-da, dunyoning moddiyligini 
oʻrganish bilan bogʻliq muammolar bu davrda ham toʻla-toʻkis barham 
topmadi. Materiya‘ning tabiati haqidagi masalada ular bir toʻxta‘mga 
kelmagan boʻlsalar-da, uni echish fanning rivojlanishida muhim rol 
oʻynashiga, zero bilish qaysi yoʻldan rivojlanishi lozimligini belgilashiga 
ularning ishonchi komil boʻlgan. Ular avval barcha narsalarning asosi 
sanalgan materiya‘ning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga 
asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish 
lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb 
yozgan: «Avva‘lo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va 
ularga muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»
1

Uygʻonish davri faylasuflari izchil materialistlar boʻlmasalar-da, oʻrta 
asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik 
bilan inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl gʻoyasi chetga surib 
qoʻyildi, materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud boʻlgan narsa 
sifatida tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi 
eksperimentlar amaliyoti ta‘sirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv 
yuzaga keldi. Uygʻonish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, 
Jordano Bruno kabi faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha 
mazmun kasb etdi. Materiya‘ning yaralishi gʻoyasi inkor etildi, materiya 
boqiy deb e‘lon qilindi, harakat tabiiy kuchlar ta‘siri natijasi sifatida tushunila 
boshlandi.

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə